Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana04.06.2022
Hajmi1,21 Mb.
#636107
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Qisqarish davomiyligi.
Yurak muskullari qisqarishi HP boshlangandan bir necha millisekunddan keyin
boshlanib, HP yakunlangandan keyin bir necha millisekundda yakunlanadi.
Kardiomiotsitlar qisqarish uzunligi HP davomiyligiga bog`liq, plato fazasi davomiylikni
ta`minlaydi va bo`lmacha miokardida 0.2 sek, qorincha miokardida 0.3 sek bo`ladi.
Yurak muskullarining qisqaruvchanlik xususiyati.
Skelet muskullaridan bir qancha farq va o`ziga xosliklarga ega.
1)Skelet muskullaridan farqli ravishda kardiomiotsitlarda “hammasi yoki hech qaysi
qonuni” ishlaydi ya`ni HP barcha kardiomiotsitlarga tarqaladi va to`liq qisqarish sodir
bo`ladi, skelet muskullarida HP izoliatsiyalangan ya`ni lokal qisqarish kuzatiladi.
2)yurak muskullarida qisqarishning summatsiyasi kuzatilmaydi shuning uchun tetanik
qisqarish kuzatilmaydi. Bu uzoq muddatli refrakter davr bilan tushuntiriladi. Refrakter
davr davomiyligi HP davomiyligiga teng shuning uchun bir qo`zg`alishda bitta to`liq
qisqarish bo`ladi.
3)kardiomiotsitlarda qisqarishning uzoq davomliligi(qorinchalarda 300-350 ms).
4) hujayradan tashqari kaltsiy ionlari ahamiyati kardiomiotsitlar uchun muhim,
tashqaridan kiradigan kaltsiy HP uzoq davom etishi ta`minlaydi va sarkoplazmatik
retikulumdan(SPR) kaltsiyning chiqishini ta`minlaydi. Hujayra tashqarisidagi kaltsiy
qancha ko`p bo`lsa qisqarish kuchi shuncha oshadi(juda ko`p miqdori yurakni sistola
vaqtida to`xtatib qo`yadi). A hujayra tashqi suyuqligida kaltsiysiz holatda qisqarish
deyarli kuzatilmaydi. Skelet muskullari esa hujayra tashqarisida kaltsiysiz holatda ham
qisqarishi mumkin.
Miokardning energiya bilan ta`minlanishi.
Yurak uchun energiyaning asosiy manbasi bu uglevod bo`lmagan substratlarning aerob
oksidlanishi. Erkin yog` kislotalari va sut kislotasi bular energiyaning 60%ini, pirouzum
kislota, keton tanachalari, aminokislotalar esa 10% dan kamroqni tashkil qilishadi.
Intensiv muskul ishida qonda sut kislota to`planadi, anaerob glikoliz hisobidan.Laktat
yurak uchun qo`shimcha manba sifatida xizmat qiladi.Sarflanadigan energiyaning 30%
qismiglyukoza xisobiga qoplanadi.Oksidlanish jarayonlari uchun birinchi navbatda yurak
kislorod bilan normal ta`minlanishi kerak. Koronar yetishmovchilik natijasida turli
patologik jarayonlar vujudga keladi, xatto infarktgacha boradi. Yurakdagi
xemoretseptorlar ta`sirlanishi natijasida signal simpatik tolalarga uzatiladi, ishemiya va
infarktda og`riq kelib chiqish mexanizmi shu.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Skelet muskullari ma`lum vaqt kislorodsiz ham ishlashi mumkin, glikoliz hisobidan.
Butun organizm 1 minutda 4 ml kislorod sarf qilsa, yurak 100 ml ya`ni 25 marta ko`p.
Yurakda himoya vazifasini mioglobin o`taydi. Mioglobin yurak muskullarida 4 mg/g
bo`ladi. Kislorodni yuqori miqdorda to`playdi. Diastola vaqtida zahira qiladi va sistola
vaqtida ajratadi(qachonki chap qorincha qon bilan ta`minlanishi ya`ni oziqlanishi
kamayib ketganda).
Kislorod yetishmaganda ATF sintezi pasayib ketadi, bu o`z o`zidan Na-K ATFaza nasosi
ishlashi uchun zarur energiya yo`q degani. Shunday qilib natriy hujayra ichida, kaliy
tashqarida to`planib qoladi. Qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlik xususiyati keskin
pasayib ketadi.
-------------------------------------------------------------------------------------------------

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish