O ' z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o r t a m a X s u s t a ' L i m V a z I r L i g I r. X. Alimov, G. T. Yulchiyeva, O. Q. Rixsimboyev



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/178
Sana04.06.2022
Hajmi4,18 Mb.
#635746
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
referat

M a’lumotlar bazasi 
— ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Umumiy holda m a’lumotlar bazalariga keyingi 
tushunchani keltirish mumkin. Ma’lumotlar bazasi — zaruriy axborotni 
tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy 
dasturlarga bog'liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish im- 
koniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari 
bilan tavsiflanuvchi o'zaro bog'liq ma’lumotlar yig'indisidir. 
Ma’lumotlar bazasini qo'llash ushbu imkoniyatlami beradi:
— so'rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish;
— saqlanilayotgan ma’lumotlaming ortiqchaligini kamaytirish;
— axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
— ma’lumotlar dolbzarligini ta ’minlash;
— amaliy dasturlarni o'zgartirmasdan m a’lumotlami o'zgartirish;
— ma’lumotlar tuzilmasining qat’iyligini saqlash.
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu — ma’lumotlar
bazasida mantiqan o'zaro bog'langan massivlarni tashkil etishdir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda 
ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita — m a’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimidan foydalaniladi.
133


M a’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan m a’lumotlarning yaxlitlangan 
jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal 
etiladi. M a’lumotlar bazasida ko‘p qirrali kirish va aynan bir xil m a’lu­
motlardan turli foydalanuvchilaming foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuzilmasi muammo sohasi 
ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. M a’lu­
motlar bazasidagi mantiqiy o'zaro bog'liqlik m a’lumotlar modeli turiga 
muvofiq tashkil etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo'yicha 
alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlami yuzaga keltirish va yuritish 
texnologiyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar 
bazasining boshlang'ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’Iumotlari m a’lumotlar bazasiga vazi­
falami yechish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar m a’lum 
davrda to'planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, ombor- 
xonada qolgan tovarlami hisob-kitob qilish), to'plangan tezkor hisobot 
ma’Iumotlari yo'q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
M a’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida 
monopol joylashgan bo'lishi mumkin. Bunday holatda u faqat m a’lum 
ShK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir 
necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog'i mavjud bo'lgan holda ko'pchilik foydalaniladigan 
rejimda ishlash, ,,mashina-server“da joylashadigan markazlashgan m a’lu­
motlar bazasidan foydalanish imkoniyati tug'iladi. Bunday holatda har 
bir foydalanuvchi o'z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar 
uchun umumiy bo'lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat 
oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o'z ShKda lokal 
ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi 
faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo'lgan axborotni 
saqlaydi. Kompyuter tarmog'ida m a’lumotlar bazasini tashkil etish va 
jamoa bo'lib foydalanish banklar, biija, investitsiya jamg'armalari va boshqa 
bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot tizimlari samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog'liq 
holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. M a’lumotlarni 
tarmoqli ishlab chiqishning turli konsepsiyalari mavjud, misol tariqasida 
,,fayl-server“ va „mijoz-server" ni keltirish mumkin.
,,Fayl-server“ kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda 
markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va „fayl-server" uchun 
ajratilgan kompyuterga mo'ljallangan. ,,Fayl-server“dagi ma’lumotlaming
134



Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish