1.2. О ‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini
shakllantirishning huquqiy bazasi
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda-
noq, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berila
boshlandi va bu soha bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.
2003-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Axborotlashtirish to'g'-
risida“gi Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashti-
14
rishning iqtisodiy, huquqiy va lashkiliv asoslari aniqlandi va axborotlash
tirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.
1995-yil fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
„UzPAK" ma’lumotlar uzatish milliy tarmog'ini yartish (MUMT) va
xalqaro tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish to'g'risidagi qarori
qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmat-
larini ko'rsatish bo'yicha „Milliy operator va provayder" maqomini oldi va
xo'jalik hisobidagi „UzNET" informatsion-kompyuter xizmati uning
tarkibiga kiritildi.
Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa
va tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tash-
kilotlarning axborot tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy
tarmog'iga birlashtirish yo'li bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda.
1991—2008-yillarda 400 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chi-
qarildi.
Axborotlashtirish faoliyati sohasida qonunchilik yaratish yo'lidagi
muhim qadam sifatida 1995-yil 25-yanvarda qabul qilingan „Axborot,
axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to'g'risida“gi O'zbekiston
Respublikasi Qonunining qabul qilinishini va kuchga kiritilishini ko'rsatish
lozim. Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o'rtasidagi mu
nosabatlami quyidagicha tartibga soldi:
— axborot resurslarini yaratish, yig'ish, qayta ishlash, to'plash asosida
shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish;
— axborot texnologiyalarini va ularni ta ’minlash vositalarini yaratish
va undan foydalanish;
— axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi
subyektlar, huquqlarini himoya qilish.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo'nalishi
quyidagilardan iborat:
1) davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;
2) elektron ma’lumotlar bazasi;
3) fan-texnika axborot (FTA) tarmog'i;
4) ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza
va sog'liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;
5) ma’lumotlami uzatish va aloqa tizimlari;
6) favqulotda holatlaming oldini olish va xabar berishning axborot
tizimlarini yaratish.
Mazkur dasturda Vazirlik va Mahkamalaming axborot tarmoqlari,
Milliy axborotni hisoblash tarmog'ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash
texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot
15
Do'stlaringiz bilan baham: |