www.ziyouz.com kutubxonasi
26
— Ovoza tarqatishning eng afzal joyi bozor, — dedi.— Mening savdogar mijozlarim bor.
— Ammo ovoza bizdan chiqqanini hech kim bilmasligi zarur!
— Xotirjam bo‘lsinlar, janob Ahmadbek. Sir saqlashga qodirmiz...
_______________
* Bu yerda gap o‘zbeklashgan mo‘g‘ullar haqida boradi.
* * *
Andijon aholisi dushman qo‘shinlari yaqinlashib kelayotganini eshitib, shu kunlarda juda
xavfsirab yurar edi. Shuning ustiga: «Podshoh jardan yiqilib o‘lganmish, shaharni bugun
yog‘iy bosar emish, Bobur mirzo qo‘rqib qochganmish», degan ovoza tarqaldi. Andijon
rastalaridagi va timning tagidagi do‘konlar savdo eng qizib turgan paytda birin-ketin
yopila boshladi. Haligi ovozaning qayerdan chiqqanini hech kim aniq bilmas edi-yu, lekin
xaloyiq unga bir-biridan vahimali tafsilotlar qo‘shar edi. Nihoyat, «Axsini ham yog‘iy
bosganmish, yog‘iy podshoni jardan tashlab o‘ldirganmish», degan gaplar ham paydo
bo‘ldi. Xaloyiq orasida yuradigan xufiyalar dahshatli mishmishlarni shahar hokimi —
dorug‘aga yetkazish uchun arkka tomon shoshildilar.
Bu orada Qosimbek Bobur mirzoning ustozi Xo‘ja Abdullani uyidan qidirib topgan, ular
ikkovlashib arkdagi beklar oldiga chiqishgan edi. Xo‘ja Abdulla ham, beklar ham
podshohning o‘limidan mutlaqo bexabar edilar. Bu xabarni Qosimbekdan eshitganlaridan
keyin, urush xatari ko‘zlariga yanada tahlikali ko‘rindi, yomon o‘zgarishlar bo‘lishini
sezishib, sarosima bo‘lib qolishdi. Shuning ustiga bozorda dallol bo‘lib yuradigan
ishonch-li bir xufiya kelib, xunuk ovozalardan hammayoq to‘polon bo‘lib ketganini aytib
berdi-yu, Uzun Hasan nomli novcha dorug‘a esankirab qoldi.
— Bizdan omad ketdi, janoblar! — dedi yig‘lamsirab.— Tashqarida g‘anim. Ichkarida
to‘polon. Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay ketganlari bejiz emas!
— Biz ham jon saqlash uchun har qayonga tarqab qochsakmikin? — kinoya bilan so‘radi
Xo‘ja Abdulla.
O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora Xo‘ja Abdulla katta olim bo‘lishidan tashqari,
Andijon beklarining eng nufuzli piri hisoblanar edi. Bobur mirzo ham uni o‘ziga murshid
sanab qo‘l bergan edi. Shuning uchun Uzun Hasan Xo‘ja Abdullaning kinoyasiga qarshi
keskin javob bera olmadi.
— Pirim, Bobur mirzo uzoqlashmasdan qaytarish zarur! — dedi Qosimbek.
— Bobur mirzoning ko‘ngillari menga ayon, — dedi Xo‘ja Abdulla. — U oliy zot qo‘rqib
qochgan emaslar. Beklarning sadoqatini bilmoq uchun shunday qilganlar. Bozordagi
ovoza — fitnaning belgisi. Agar fitna bo‘lmasa, podshohning qazo qilganini bizdan oldin
bo-zordagilar qanday bilmishlar?
Uzun Hasan o‘zining aqli yetmagan bu mantiqli fikr-ga tan berdi. Boburning ko‘nglida
nima borligini Xo‘ja Abdulla shu yerda turib bilganiga qoyil bo‘ldi. Xo‘ja Abdulla uning
ko‘ziga chinakam avliyo bo‘lib ko‘rindi:
— Pirimga hammasi ayon bo‘lgan ekan! — dedi u chuqur e’tiqod bilan. — Endi pirim
nima desalar biz shunga shaymiz!
— Menga ayon bo‘lgani shuki, — dedi Xo‘ja Abdulla ovozini pasaytirib, — agar bir tan-bir
jon bo‘lib, Bobur mirzoga xizmat qilsak, hammamiz omon qolurmiz, hech qaysimizning
bir mo‘yimiz kam bo‘lmag‘ay!
Xo‘ja Abdullaning komil ishonch bilan aytgan bu so‘zlari Uzun Hasanni bir oz tahlikaga
soldi. Agar ish Xo‘ja Abdulla aytganday bo‘lib chiqsa-yu, Bobur mirzo podshoh bo‘lsa...
unda Uzun Hasanning bugungi ikkilanishlari qanday oqibatga olib keladi? Uning raqiblari
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |