Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
kutib o‘tirganini aytdi. Bobur bugun shariat ilmidan dars olishi kerakligini esladi va 
tengdoshlaridan istar-istamas ajralib, ko‘shkka yo‘naldi. 
Eshiklari nafis o‘ymakorliklar bilan bezangan, ichidagi oltin-kumush buyumlar ko‘zni 
qamashtiradigan ko‘shkda hozir Boburni faqat bitta xona o‘ziga tortar edi. Mudarrisning 
kutib o‘tirganiga qaramay, Bobur yaxshi ko‘rgan kitoblari qo‘yilgan shu xonaga burildi. 
Baxmal va charm muqovalar ichidan sahifalarga bitilgan satrlarda ulug‘ shoirlarning 
otash nafaslari sezilib turganday bo‘ladi. Bobur Firdavsiydan, Sa’diydan minglab 
baytlarni yod biladi. Hozir u kitoblari orasidan «Xamsa»ni olar ekan, uzoq Hirotda 
yashayotgan Alisher Navoiyni xayol ko‘zi bilan ko‘rib turganday bo‘ldi. Hirotda ta’lim olib 
kelgan andijonlik me’mor mulla Fazliddin mana shu ko‘shk va marmar hovuzli tillakori 
shiyponni qurgan paytlarida yosh Boburga Navoiy haqida juda ko‘p ajo-yib hikoyalar 
aytib bergan edi. Me’mor Hirotdan Alisher Navoiyning Behzod chizgan rasmidan yaxshi 
bir nusxa ko‘chirtirib kelgan edi. Bobur ham Navoiyga ixlosmand ekanini sezgan me’mor 
unga mana shu rasmni in’om qilgan edi. Bobur «Farhod va Shirin» dostoni qatidan shu 
rasmni oldi-yu, shariat ilmiga oid daftarining ichiga soldi. So‘ng mudarris o‘tirgan 
xonaga chiqdi. 
Oppoq soqoli ko‘kragini qoplab yotgan, katta oq salla o‘ragan qoshlari o‘siq keksa 
mudarris darsxona to‘rida, banoras ko‘rpacha ustida o‘ltirib, qur’ondan qiroat bilan 
suralar o‘qigach, fors tilida fiqh* ilmining qonunlarini tushuntirishga kirishdi. Bobur arab-
fors tillarini yaxshi o‘rgangan, qur’on suralarining ko‘pini yod bilar, ma’nosini ham 
tushunar edi, fiqh ilmining ba’zi nuqtalariga qiziqar ham edi-yu, ammo hozir shu 
daqiqalarda uning ko‘z oldidan Suhrob va Farhodlarning qahramonona ishlari suron solib 
o‘tmoqda edi. Chorbog‘dagi mashqlar paytida tanasiga sig‘may avjlanib ketgan sho‘x, 
bebosh bir kuch hali ham qalbini junbishga keltirib turibdi. 
Unga yod bo‘lib qolgan sevimli baytlar goh turkiy, goh forsiy ohanglarda mudarris 
qiroatini yorib o‘tib, xayolida jaranglab eshitila boshladi: 
«Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?» 
«Zi mardoni jahon mardi biyomuz!*» 
Yod bo‘lib qolgan bu satrlar xayolidan o‘tayotganda, Bobur daftari orasiga solingan 
suratni mudarrisga ko‘rsatmaslikka urinib sekin oldi. Ko‘zlaridan ilhom va mehr 
yog‘ilayotgan Navoiy uzun qora chakmon kiygan, ingichka hassaga suyangan. Uning 
butun qiyofasi yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila olishidan 
dalolat beradi. Bobur suratga qarab turib o‘zicha so‘radi: «Ulug‘ amir, nasib qilsa, 
huzuringizga borsam, yo‘limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini 
yengib o‘tsam. O‘shanda siz menga... she’riyat tilsimini ochg‘uvchi kalit berurmisiz?» 
Mudarris qiroat bilan uqtirayotgan darslari behuda ketayotganini birdan sezib qoldi, 
sekin o‘rnidan turdi-da, Boburning yoniga keldi. Bobur suratni yashirishga ulgurolmadi. 
— Odam surati? — shiddat bilan so‘radi mudarris. — Siz qur’oni sharifdan saboq eshitish 
o‘rniga, shariat qat’iyan man etgan suratkashlik bilan mashg‘ulmisiz. 
— Mudarris janoblari, bu suratni men chizgan emasmen. Buni menga Hirotdin 
keltirmishlar. Bu ulug‘ zot — Amir Alisher. 
Mudarris Navoiyni shoir deb eshitgan, asarlarini hali o‘qimagan edi. 
— Odam suratini tarqatmoq — shaytonu lainning ishi! Qani bu suratni menga bering, 
mirzom! Bering! 
Mudarrisning qahrli vajohati suratni yirtib tashlashdan ham toymasligini ko‘rsatar edi. 
Shuning uchun Bobur suratni bermay turib oldi. Mudarrisning g‘azabi keldi-yu, ammo 
taxt vorisiga qattiq gapirishdan qo‘rqdi. Boburdan xafa bo‘lib, Eson Davlat begimga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish