qarzni ta’minlash
(collateralization) prinsipidan keng
foydala-niladi. Shunday yondashuv tufayli, kreditorning qarz oluvchining faoliyati
ustidan nazorat bo‘yicha xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. Bu holatda unga
faqat, qarzni ta’minlash sifatida taqdim qilingan aktiv-larning bozor qiymati
qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lashga yetarli bo‘lishining tashvishini
qilish qoladi, xolos.
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari qarzning ta’minlanishi uchun xizmat
qiladigan turli xil ish aktivlari (masalan, qarz oluvchining tovar-moddiy zahirasiga
kiruvchi tovarlar)ni baholashga, shuningdek, ular ustidan nazoratga ketadigan
xarajatlar doimiy ravishda kamayib bormoqda. Buning natijasida bu kabi
kelishuvlardan foydalanish sohasi kengay-moqda.
Yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy tizim tufayli komitent va komissioner o‘rtasidagi
muammolarni ham yumshatish mumkin. Jumladan, agar perso-nal
103
ni boshqarish
ishi uchun mukofotlash firma aksiyalarining bozor bahosi ko‘rsatkichiga bog‘liq
bo‘lsa, menejerlar va aksionerlar manfa-atlarini aniqroq muvofiqlikka keltirish
mumkin. Shuningdek, masalan, kredit shartnomasiga kreditorning huquqini
qo‘shimcha sug‘urtalovchi ("equity kicker") alohida bandni kiritish imkoniyatini
ham ko‘rib chiqamiz. Bu esa korporatsiya aksiyadorlari va kreditorlari manfaatlari
o‘rtasida zid-diyatlar kelib chiqishi riskini kamaytirish imkonini beradi. Bu
maqsadga erishishga kreditorga aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash uchun hisob-
lanadigan foydalarda ishtirok etishiga yo‘l beradigan kredit keli-shuvining har
103
“Personal” lotincha “personalis” – shaxsiy. Korxona, muassasa xodimlari yoki ularning ixtisosiga ko‘ra bir
guruhi. Qarang: o‘sha manba. J.III. - B.247.
360
qanday tartibi (alohida band) yordam beradi. Mazkur turdagi kengroq qo‘llaniladigan
uslublardan biri, qarz to‘lanmagan holatda kreditorlar o‘rtasida foydadan ma’lum bir
foizning taqsimlanishini o‘z ichiga oladi; boshqasi – kreditor o‘zining qarz
summasini korporatsiya aksiyalarining oldindan kelishib olingan soniga
konvertatsiya qilish huquqiga egaligidir.
Boshqaruv personali firmaning aksiyadorlari tomonidan saylani-shini hisobga
olish kerak. Bu shunga olib keladiki, aksiyadorlar va kreditorlar manfaatlarining
ziddiyatlari yuzaga kelgan holatda mene-jerlar odatda, aksiyadorlar manfaatlarini
qondirish uchun mumkin bo‘lguncha harakat qiladilar, va ko‘pincha buni firma
kreditorlari hisobidan amalga oshiradilar. Bunday holatlarda yuzaga keladigan
ma’naviy risk muammosi boshqa sharoitlarda ikki tomonlama foyda keltiradigan
qarz kelishuvining tuzilishiga xalaqit berishi mumkin. Kelishuvga qo‘shimcha qilib,
"equity kicker" bandini kiritib, bu muammoni yumshatish yoki hatto butkul hal qilish
mumkin. Buning natijasida firmaning aksiya-dorlari ham, uning kreditorlari ham
yutadilar, xolos. Axir o‘zbeklarda “Qars” ikki qo‘ldan chiqadi”, “Sizdan – ugina,
bizdan – bugina”, “Six ham kuymasin, kabob ham”, deb bekordan-bekorga
aytilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |