3-mavzu: Vijdon erkinligining xalqaro me’yoriy-huquqiy asoslari Reja


Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga



Download 346,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana03.06.2022
Hajmi346,94 Kb.
#633561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-семинар мавзулари (3)

 
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga 
sodiqligini ifodasi sifatda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro 
munosabatda quyidagi pritsiplarga amal qilishini e’lon qildi: 

dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 

diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi 
deb tan olish; 

diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal 
qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni 
ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 

ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish 
ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular 
bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; 

dindan 
buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasligini e’tirof etish.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, xulosa qilish mumkinki, biz yuqorida 
tahlil etgan davlat va din o‘rtasidagi munosabatning uch modeli davlat va din 
o‘rtasidagi munosabatning turli-tuman qirralarini jihatlarini va xossalarini 
to‘laligicha qamrab ololmaydi. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatning bir 
modelida boshqa model elementlari ham uchrab qolishi mumkin. Shu jihatlarni 
hisobga olgan holda aytish mumkinki, davlat va din o‘rtasidagi munosabatning
qaysi modelda bo‘lishi shu davlatning taraqqiyoti, undagi aholining mentaliteti, 
dinning xususiyati, mamlakatdagi demokratik vaziyat, inson huquqlarining 
ta’minlanganligi, xalqaro ahvol, jamiyatning onggi kabi omillar ta’sir etishi 
shubhasizdir. 
Vijdon erkinligi tushunchasi. 
Vijdon erkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon erkinligi 
kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik 
xuquqidir. Shuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va 
murakkab masala bo’lib kelgan. Vijdon erkinligi xuquqi kishilarning dinga bo’lgan 
munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik 
kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. 
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va 
barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham bu masalaning 
ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, 
hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi 
o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson xuquqlari umumiy 
deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga 
ega. Bu xuquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki 


e’tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, 
ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga 
qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi. 
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta ma’lum 
ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy 
sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari 
“vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, 
madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak. 
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o’z e’tiqodlaridan qaytarib, 
dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo’yishning har qanday nazariy va amaliy 
ko’rinishlariga chek qo’yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, 
ya’ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 
kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun 
qilib qo’ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini 
vijdon erkinligining amalda namoyon bo’lish belgilaridan biri deb xisoblaydi. 

Download 346,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish