3
KIRISH
Ehtimollar nazariyasi “Oliy matematika”ning alohida bir bо‘limidan iborat
bо‘lib, unda tasodifiy voqea-hodisalarning ehtimoliy qonuniyatlari о‘rganiladi.
Ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalari
shakllana boshlagan
dastlabki ishlar qimor о‘yinlari nazariyasini yaratish yо‘lidagi urinishlar edi.
XVII asrda olimlar qimor о‘yinlarida kuzatilayotgan hodisalar ma’lum bir
qonuniyatlarga
bо‘ysunishini
aniqlaganlar.Ehtimolliklar
nazariyasining
rivojlanishi davri Ya.Bernulli nomi bilan bog‘liq (XVIIasr oxiri). Uning “Katta
sonlar qonuni” teoremasi birinchi nazariy asoslardan bо‘lib hisoblanadi.
Ehtimolliklar nazariyasining keyingi rivojlanishi (XVII-XIXasr)A.Muavr,
P.Laplas, K.Gaus, S.Puasson nomlari bilan bog‘liq.XIX asrga kelib ehtimolliklar
nazariyasi matematik fan bо‘lib uyg‘unlashdi.
Ehtimolliklar nazariyasi ommaviy bir jinsli jarayonlarni о‘rganuvchi fan
bolib, ommaviy tasodifiy hodisalar bо‘ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash esa
statistik ma’lumotlarni kuzatish natijalarini о‘rganishga asoslanadi.
Ehtimolliklar nazariyasi metodlari tabiatshunoslik va texnikaning turli
sohalarida, jumladan, ishonchlilik nazariyasi, ommaviy xizmat kо‘rsatish
nazariyasi,
nazariy fizika, geodeziya, otish nazariyasi, avtomatik boshqarish
nazariyasi va boshqa kо‘p nazariy va tadbiqiy fanlarda qо‘llaniladi.
Ehtimolliklar nazariyasi shuningdek, matematik
va amaliy statistikani
asoslash uchun xizmat qiladi. О‘z navbatida ishlab chiqarishni rejalashtirish va
tashkil etishda, texnologik jarayonlarni tahlil qilishda, mahsulot sifatini
ogohlantirish va qabul qilish nazoratida va boshqa kо‘p maqsadlarda tadbiq
qilinadi.
Matematik statistika ehtimolliklar nazariyasi bilan birga yuzaga keldi va
birgalikda yaratila boshlandi (XVII).
XX asrga kelib, matematik statistikaning
rivojiga
ingliz olimlari St’yudent, R.Fisher, E.Pirson, rus olimlari
V.I.Romanovskiy, Ye.Ye.Sluskiy, A.N. Kolmagorovlar juda kо‘p hissa
qо‘shdilar.
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fani hozirgi zamon
matematikasining muhim tarmoqlaridan biridir.
Bu fanning dastlabki paydo
bо‘lishidan boshlab hozirgi eng rivojlangan davrida ham amaliy masalalarni
yechish asosiy vazifasi bо‘lib kelmoqda.
Bugungi kunda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika usullari
iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, rejalashtirish,
muqobil
boshqaruv va demografik muammolarni yechishda ham keng qо‘llanilmoqda.
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fanining keyingi rivojida
о‘zbek olimlari, akademiklar T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, T.Azlarovlarning
ham xizmatlari ahamiyatli.
Ushbu о‘quv qо‘llanma Davlat ta’lim standarti talablariga mos
“Iqtisodchilar uchun matematika” namunaviy dasturi asosida yozilgan.
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikadan qо‘llanmani yozishdan
4
maqsad - talabalarda amaliy iqtisodiyotga yо‘naltiriishni
kuchaytirish bilan,
ularning fundamental matematik tayyorgarlik darajasini oshirish nazarda
tutilgan. Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaga ajratilgan о‘quv
soatlaridan kelib chiqib, ayrim teorema va tasdiqlar isbotsiz keltirldi.
Zamonaviy kadrlarni yetishtirish borasida respublikamiz oliy ta‘limi
tizimida tub о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bundan shunday xulosa
chiqarish kerakki, hozirgi zamonda fundamental fanlar bilan bir qatorda
ularning tatbiqiga bag’ishlangan maxsus kurslarni kо‘proq о‘qitish dolzarb
masalalardan biri bо‘lib bormoqda. Еhtimollar
nazariyasi va matematik
statistika fanining mavjud qonuniyatlarini ma’lum darajada bilish, tasodifiy
holatlarni hisobga olgan holda mantiqiy xulosalar chiqarish va mavjud vaziyat
uchun optimal yechimlarni topa olishga imkon yaratadi. О‘quv materiallarni
talabalar о‘zlashnirishi qiyin bо‘lmasligi uchun mavzularga doir misollar yechib
kо‘rsatilgan.Har bir paragraf oxirida о‘z-о‘zini
teksirish savollari hamda
mustaqil yechish uchun mashqlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: