Kommunikativ ko’nikmalarning zamonaviy ta’lim
jarayonidagi ahamiyati .
Reja:
1
. Muloqot shakllari, bosqichlari va vositalari.
2
. O’zaro munosabatlarda til boyligi va nutq madaniyati.
3
. O’qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari.
Muloqot
odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o’rinni egallab, u
insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan
bog’liq ehtiyojini qondiradi. SHuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati
kattadir.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli
faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har
bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o’qish, o’yin, ijod qilish va
boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. CHunki har qanday
ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni,
fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. SHuning uchun ham har bir
shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha
olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jara
ѐ
n
bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan
murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko’p qirrali
jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Muloqot jarayoni o’ziga xos ravishda murakkab bo’lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. SHibutani
―
Ijtimoiy
psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o’z-o’ziga
ko’rsatmalar bera oladi»— deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida
uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi
bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa,
demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan
kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontьev o’zining
―
Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning
uchinchi shakli—avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yoadi:
«Agar barcha katta avlod o’lib ketganida, insoniyat turi yo’q bo’lib ketmasdi, lekin
jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ham ketishi mumkin
edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o’z
madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo’ladiki, buning ahamiyatini tushungan
insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda
ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonda uni avloddan-avlodga o’zatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning
hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko’rinishlari va
turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki
norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy
vazifalari va xulqatvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o’z qo’l ostida
ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy
muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha
suhbatdoshlarnnng fikr-o’ylari, niyatmaqsadlari va emotsional munosabatlari bilan
belgilanadi. Masalan, do’stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati,
tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari.
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning
hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki,
odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi,
ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi
va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
SHuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma
ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot
texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning:
•
ijtimoiy yo’naltirilgan
(keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
•
guruhdagi predmetga yo’naltirilgan
(o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga
oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayongi
ѐ
ki konkret
topshiriqni bajarish
jarayon guruh a’zolarining muloqoti);
•
shaxsiy muloqot
(bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish
maqsadida o’rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda
ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir
jarayoni) turlari farqlanadi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma -
yuz»
bo’lishi yoki u yoki bu
texnik vositalar
(telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali
amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayongi
amaliy
ѐ
ki
do’stona
bo’lishi;
sub’ekt - sub’ekt
tipli (dialogik, sheriklik) yoki
sub’ekt - ob’ektli
(monologik) bo’lishi mumkin.
Har bir muloqot turining o’z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo’l-yo’riqlari borki,
ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo’ladiganlarning
burchidir.
Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali
munosabatlar o’rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element
yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta’sir vositalari
Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari
turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham
foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to’xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig’i,
ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo’lib, ular
muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o’rnini
bosadi, bunday vositalarni
noverbal
vositalar deyiladi.
Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko’z
qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning
ѐ
zishicha, odam yuz ifodalari,
nigohlarning 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko’zlar
to’qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatishi maxsus
tadqiqotlar jarayonida o’rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy,
mazmundor bo’lishini ta’minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi.
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida
ta’kidlab o’tmoq lozim. Masalan, o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro
munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan
bog’liq. Bolalarning o’z yig’isi bilan onasiga o’z hiskechinmalari hamda xohishlarini
bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog’liq. Boshqa millatlar madaniyatiga
nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda
turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo’lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo’yicha
fikrni tasdiqlamoqchi bo’lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi
bo’lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa
millatlarda buning aksi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga
ega. Masalan, ayollar ko’proq hissiyotlarga boy bo’lganliklari sababli, suhbatlasha
ѐ
tganlarida
bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fazoviy masofa bo’ladi.
Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tqazib o’qitgandan ko’ra,
ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qurib o’qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda
o’quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani
uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga
munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.
Paralingvistik ta’sir
- bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi
ѐ
ki
susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalana
ѐ
tganligi,
artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan
harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da
berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq
yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga,
ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk
ѐ
shlik chog’laridanoq nutq madaniyatiga
o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur. Pedagog esa shunday nutq
madaniyatiga ega bo’lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashkil etishni ta’minlasin,
qolaversa, bolalarda nutqning o’sishiga imkoniyat bersin.
Muloqotning interaktiv tomoni
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayon birgalikdagi faoliyatda bir-
birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. SHu tufayli odamlar
hamkorlikda ishlash, birbirlariga
ѐ
rdam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar
muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. SHu tufayli
o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda,
har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo’lmasa, doimo
muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish
imkoniyatiga ega.
Jamiyat miq
ѐ
sida oladigan bo’lsak, odamlarning turli sharoitlarda o’zlarini tutishlari,
xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog’liqligini ko’rish mumkin.
Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. CHunki, o’zaro
muloqot va o’zaro ta’sir jarayonlarida shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga
singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o’smir bola,
umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o’rin bo’shatib berishlari kerakligi ham xulq-
atvorning bir normasi. SHu normaga amal qilish
ѐ
ki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali
boshqariladi. Ya’ni, yuqoridagi sharoitda agar o’smir bola avtobusda qariyaga joy bo’shatmasa,
jamoatchilik o’sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har bir shaxs turli
sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning
kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham
muloqotga kirishgan kishilar doimo o’z xulq-atvorlarini, qolaversa, o’zgalarning xulq-atvorini
nazorat qilib, harakatlarda birbirlariga moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko’p
bo’lishi rollarning ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o’qituvchisining o’zi
o’qitayotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi
mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota
ѐ
ki ona, ham o’qituvchi rolini bajarishga majbur
bo’ladi. Yoki xulqi
ѐ
mon o’quvchining uyiga kelgan o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi,
ham mehmon rollari o’rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali
boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o’qituvchidan ma’lum harakatlarni
kutishadiki, ular o’qituvchi roliga zid bo’lmasligi kerak. O’z rollariga mos harakat qilgan,
doimo me’yor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi.
Masalan, o’qituvchining odobi, o’z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi,
ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega
ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayon bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko’rsatadi.
Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi
ѐ
ki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz
nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa,
aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada
muhim muammodir. Har bir pedagogning o’z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi. O’qituvchi
shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang’ich sinf
o’quvchilariga anchagina o’yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil
ѐ
g’och
o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan.
Juda ko’p bolalar taqiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi
seriyasida esa endi barcha o’yinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning qopqog’ini
ochish mumkin emas, deb aytilgan. SHu quticha tepasiga esa shu bolalarning o’qituvchisi
surati ilib qo’yishgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda
―
ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin
kamaygan. Demak, bu narsa o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol
isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o’qituvchi obro’yining roli haqida ham aytish
lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan guruhida o’z mavqeiga va ta’siriga
ega bo’ladi. SHaxs obro’yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir ko’rsata
olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro’ amal
ѐ
ki ha
ѐ
tiy tajriba bilangina orttirilmay, uning
haqiqiy asosi — shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik hislatlarining,
boshqa ijobiy hislatlarining uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ — ta’sir ko’rsatishning eng
muhim mezonidir.
Muloqotning pertseptiv tomoni
Muloqot jarayon odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir
ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok
qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog’liqdir.
Birgalikdagi faoliyat jarayon shaxslarniig bir-birlarini to’g’ri tushunishlarini aniq idrok
qilishlari muloqotning samarali bo’lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev
boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator
psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga:
•
identifikatsiya;
•
refleksiya;
•
stereotipizatsiya kiradi.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to’g’riroq
idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni,
o’zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o’zini
birov bilan solishtirish (ongli
ѐ
ki ongsiz)
identifikatsiyadir.
Masalan, birinchi marta
uchrashuvga keta
ѐ
tgan yigitning ichki holatini uning o’rtog’i
ѐ
ki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya muloqot jarayon suhbatdoshning pozitsiyasidan, holatidan turib, o’zini
tasavvur qilishdir, ya’ni ref
leksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib o’ziga birovning
ko’zi bilan qarashga intilishdir.
CHunki, busiz odam muloqot jarayon o’zini aniq bilmasligi,
noto’g’ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.
Stereotipizatsiya
odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o’rnashib qolgan
ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir.
Ijtimoiy stereotiplar
har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va
uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to’g’ri yo’nalganligini ta’minlasa,
boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo’lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va
tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga
―
kauza" — sabab,
―
atrebutsio" — bermoq, qo’shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o’qituvchi
bilan hamsuhbat bo’lib qolgan odamda suhbat boshida
ѐ
q
―
hozir odob-ahloqdan dars berishni
boshlamasmikan" degan shubha paydo bo’lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari,
odamlar birinchi marta ko’rgan odam to’g’risida tasavvurga ega bo’lish maqsadida uning
tashqi qiyofasi bilan xarakteri o’rtasida bog’liqliklar o’rnatishga harakat qilarkan, shunday
bog’liqliklarni aniqlash maqsadida A.A. Bodalev talabalar guruhiga turlicha qi
ѐ
fali
shaxslarning fotosuratlarini ko’rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda
egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattik
odamlarning qaysarroq, qatьiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo’yli odamlar hokimiyatga
intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o’ta o’ziga bino
qo’ygan yoki nodon bo’lishligini aytishgan va hokazo.
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to’g’ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga
o’tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida
tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rolь o’ynaydi.
Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko’rsatib, birinchi guruhda bu odam
yirik olim, ikkinchisida esa, bu — davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-
psixologik xarakteristika berishlarini so’ragan. Ko’rsatmalar har xil bo’lganligi sababli berilgan
ta’riflar ham har xil bo’lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon,
shafqatli, g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak, deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat,
makkor, qatьiyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko’zlarni dono,
muloyim deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni
ѐ
vuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday qilib, ijtimoiy pertseptsiya yoki odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok etish
va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik
jihatdan murakkab bo’lib, unda muloqotga kirisha
ѐ
tgan tomonlarning har biri alohida ana
shu idrokning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo’lib faoliyat ko’rsatadilar. Idrokning ob’ekti sifatida
shaxs qaralganda, unda hosil bo’ladigan
―
boshqa odam obrazi" ning barcha sifatlari va
qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha
odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o’zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari,
yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida
suhbatdoshga eng ko’p ma’lumot beradigan ob’ektdir. SHuning uchun ham telefonda
suhbatlashgandan ko’ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok etishlari ularning pertseptiv, ya’ni hissiy bilish
(idrok sezish) sohasiga aloqador bo’lsa, birbirlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga
bevosita bog’liq murakkab jara
ѐ
ndir. Boshqa odamni to’g’ri tushungan shaxs uning hissiy
holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya — birovlarning his
kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Yuksak ongli, madaniyatli,
―
ko’pni
ko’rgan" shaxsgina boshqalarni to’g’ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Ta’lim orqali millatning ma’naviy va madaniy rivoji, uning intellektual salohiyatini
yuksalishi namoyon bo’ladi. Ma’naviy va madaniy yuksalishning muhim omili uzaro muloqotdir.
Muloqot bu muomala demakdir.
Kishilar bilan munosabat, so’zlashuv shuningdek, ish va xizmat bilan bog’liq aloqaga
muomala
deyiladi. Eng go’zal muomala
lutf-karamdir
. Hazrat Alisher Navoiy buni muomala-
pardoz deb ataganlar. Xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik
madaniyat, olijanoblik alomati hisoblanadi.
O’zaro muomala qilishlik, ya’ni muloqot madaniyatining asosiy omili so’z tanlayolishdadir.
So’z bu nima? Alisher Navoiyning “Mahbub-ul- qulub” asarida “Falak jismining joni – so’z”
deyiladi. So’zlash qobiliyati, nutqi borki, odamlar bir-birlari bilan muomala qiladilar, muloqotda
bo’ladilar, fikr bayon etadilar, bir birlarini tushunadilar yoki rad etadilar. So’z odamning
beshikdan to tobutga qadar bir umrlik yo’ldoshi. So’zsiz insoniy jamiyat, ma’naviy hayot yo’qdir.
SHu sababli ushbu malakaviy ish xalq ta’limi tizimi boshqaruvida muloqot madaniyatining
ahamiyatini o’rganishga bag’ishlanadi.
Muloqot turmush tarzimizning ajralmas qismidir, shu sabab har kungi faoliyatimiz
o’zaro muloqotdan boshlanadi. Muloqot o’ziga xos ijtimoiy voqiylik bo’lib, uning qanday sodir
bo’lishi har birimizning ruhiyatimizga, tafakkurimizga va madaniyatimizga bog’liq bo’lgan
hodisadir.
Muloqot va notiqlik madaniyatida amal qilinishi lozim bo’lgan
Q O I D A L A R:
1.
Kim erkin so’zlasa, u nutq oldida hayajonlanmaydi. Notiq, avvalo, jamoa bilan erkin gaplashish
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
2.
Yaxshi tayyorgarlik-a’lo muloqot garovi. Nutq muddati qancha qisqa bo’lsa, unga ko’proq
tayyorgarlik ko’rish lozim.
3.
Muloqot, notiqlik madaniyatida shunday qoida bor: nima haqida gapirsangiz gapiring, 20
minutdan oshmasin.
4.
Gapirib o’ylamang, balki o’ylab gapiring.
5.
So’z-kumush, sukut-lotin. Tinglay olish ham mahoratni talab qiladi.
6.
Mashq uchun har qanday imkoniyatdan foydalanish kerak. Birinchi navbatda o’zingizga yaqin
odamlar oldida nutq so’zlab ko’ring.
7.
Nutqdan oldin kamroq ovqat eng.
8.
Tajribali notiqgina o’zining ommabop nutqini o’z tajribasiga tayangan holda ko’pchilik oldida
dadil nomoyon etishi mumkinligi yodingizdan chiqmasin va ommabop nutq oldidan albatta
chuqur o’ylab, anglab, uni tinglaydigan auditoriya va gapiradigan gap o’zingizga bog’liq ekanini
his etib olmog’ingiz shart.
9.
Agar reglament belgilangan bo’lsa, nutq mazmunini qisqartiring: ko’p yomon gapirgandan
ko’ra, oz va soz so’zlang.
10.
Har bir nutqning boshlanishi o’rtasi va oxiri bo’ladi. Eng muhimi , muloqotni qanday tugatishni
esda saqlang.
11. Ko’pchilik, jumladan, tajribali notiqlar ham muloqotga kirishishdan oldin hayajonlanadi. Agar
hayajonlanmasa demak, notiq o’z nutqiga mas’uliyatsiz, auditoriyaga e’tiborsiz. Lekin juda qattiq
hayajonlanish ham zararli.
12. Ommaviy auditoriyada chiqish qilayotgan notiq o’ziga ishongan, jismoniy ko’rinishi dadil, jasur
va vazmin hamda tashqi ko’rinishi bilan ham jozibali bo’lmog’i lozim.
13. Nutq-muloqot yumshoq va ishonchli bo’lishi, lekin juda cho’zilib ketmasligi kerak.
14. Agar iloji bo’lsa,auditoriyaga tabassum bilan yuzlaning. Oz fursat jimlik saqlang. Agar shovqin
boshlansa jimlikni cho’zing. Nutqni kuchli zarb bilan boshlamang, yumshoq va yengil qilib boshlang,
bo’lmasa yakunlashga kuchingiz yetmay qoladi.
15. Iloji boricha adabiy tilda gapirishga odatlaning, chet el so’zlaridan kamroq foydalaning, ba’zi
notiqlar bir so’zni qayta-qayta takrorlaydi. Auditoriyadagi qochiriq gaplardan qo’rqmang,
disskusiyaga yo’l qo’ymang, nutq so’zlayotganda o’zingizni ko’z-ko’z qilishga harakat qilmang.
Odamlarning ma’lum guruhi sizni qo’llash-qo’llamasligini aniqlang.
O’qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari
O’qituvchi mantiqiyligini ta’minlaydigan to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik
soflik kabi qator sifatlar mavjud bo’lib, ularning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq
madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga
etkazish, shu yo’l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bo’lib, mazkur sifatlarning jami nutqning
ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning to’g’riligi
nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy
nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to’g’rilik mavjud bo’lgandagina yuzaga
keladi. Zotan, to’g’ri bo’lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida
gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to’g’riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi
bo’lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o’quvchilarda aynan to’g’ri nutq tuzish
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.To’g’rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining
amaldagi adabiy til me’yorlariga to’la mosligi asosida yuzaga keladi. Amaldagi adabiy til
me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to’g’ri nutq bo’la olmaydi.
Adabiy me’yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg’un, jamiyat taraqqiyotining
muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda
foydalanish qoidalaridir. Adabiy me’yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy
amaliyot va atoqli yozuvchilar, so’z ustalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xuddi shu amaliyotda
barqarorlashgan so’z qo’llash doimiy qoida shaklini oladi. Qizig’i shundaki, adabiy til me’yori
nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til me’yorlari
milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan hisoblanadi. Ayni shu me’yorlar ko’p shevali
o’zbek tili egalarining nutqiy muloqotini birlashtiradi.
Ayni paytda ta’kidlash joizki, adabiy me’yorlarni mutlaqo o’zgarmas, davrlar o’tishi bilan
hech bir o’zgarishga uchramaydi, deb bo’lmaydi. Adabiy til me’yorlari ayni paytda dinamik
hodisa hamdir. Til o’zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-baravar
takomillashib borar ekan, tilning me’yorlari ham o’zgarib, mukammallashib boradi.
O’zbek adabiy tilida asosan quyidagi me’yorlar farqlanadi:
1) leksik me’yorlar;
2) talaffuz me’yorlari;
3) so’z yasalish me’yorlari;
4) morfologik me’yorlar;
5) sintaktik me’yorlar;
6) uslubiy me’yorlar.
Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga
suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tarafidan
tasdiqlanadi.
Badiiy so’z ustalari so’zlarni boshqa uslubga ko’chirib qo’llar ekanlar, turli xil estetik
imkoniyatlarni yuzaga chiqaradilar. Badiiy nutqda adabiy tilning grammatik, uslubiy yoki boshqa
me’yorlardan badiiy-estetik maqsad bilan chekinilishi adabiy til me’yorlarining nainki buzilishi,
balki badiiy nutqning mutlaqo o’ziga xos me’yorlarini voqe bo’lishi tarzida baholanadi. Nutqning
to’g’riligi sifati badiiy uslubda ana shunday o’ziga xos bir tarzda namoyon bo’ladi. Badiiy nutqda
kuzatiladigan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari va buning oqibatida yuzaga keladigan
estetik ta’sirning qimmatini idrok etmoq uchun, albatta, adabiy til me’yorlarini puxta bilmoq
lozim.
Nutqning aniqligi
. Kishilar o’rtasidagi muloqotni ta’minlay oladigan nutq to’g’ri bo’lish
bilan birga aniqlik sifatiga ham ega bo’lishi shart. Agar nutq aniq bo’lmasa, so’zlovchi
yetkazdirmoqchi bo’lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to’laligicha va aynan anglanishi
mahol. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkin.
Real voqelik, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning nutqda to’g’ri va yaqqol
ifodalanishi aniq nutqning asosiy mohiyatidir. SHuning uchun ham aniqlik kommunikativ sifati
nutq va voqelik o’rtasidagi mutanosiblik zaminida belgilanadi. Bunda asosan, nutqdagi asosiy birlik
sanalmish so’zning to’g’ri qo’llanishi nazarda tutiladi.
Demak, nutqning aniqligi so’zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo’llanishi,
so’zning voqelikdagi o’zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan
kommunikativ sifatdir.
Ayni nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi so’z
ma’nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi
ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg’un va almashtirib bo’lmaydigan aniq
so’zni topish mumkin.
Aniq nutqda, avvalo, voqelikdagi narsa va uning nomi bo’lgan so’z bir –biriga mos bo’lishi
shart.Nutqni aniq tuza olish uchun, eng avvalo, so’zning leksik ma’nosini to’g’ri anglay bilish
lozim.
Nutq tuzuvchi nutq predmeti va tildagi ma’nolar sistemasini yaxshi bilsa hamda konkret
nutq jarayonida bu predmet va ma’nolarni to’g’ri aloqalantira bilish ko’nikmasiga ega bo’lsagina,
uning nutqi aniq bo’lishi mumkin. Aytish mumkinki, aniq nutq uchun nutq tuzuvchining so’z
qo’llash mahorati jiddiy ahamiyatga molik.
O’zbek tilida aniq nutq yaratishga ko’maklashuvchi vositalar juda ko’p. Nutq predmetini,
ifodalanmoqchi bo’lgan narsa-hodisani butun ikir-chikirlarigacha, turfa nozikliklarigacha
ifodalash imkonini beruvchi sinonimlar qatori mavjudki, ular orasidan nutq predmeti ifodasi uchun
eng uyg’unini tanlash orqali ham nutqning aniqligi ta’minlanadi.
Aniq nutq tuzish uchun qo’llanilishi chegaralangan so’zlarning ma’nolarini yetarli darajada
bilish bilan bir qatorda ularning ishlatilish o’rinlarini ham aniq tasavvur etish zarur.
Nutqning aniqligi, sifati badiiy nutqda mutlaqo o’ziga xos tarzda, obrazning aniqligi va
o’rinliligi tarzida namoyon bo’ladiki, bu badiiy adabiyotning mohiyati bilan bevosita aloqador.
Nutqning mantiqiyligi.
Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to’g’ri va to’liq
anglanilishi uchun zaruriy bo’lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan biron-bir
nutq kishilar o’rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to’g’rilik va
aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki to’g’ri va aniq bo’lmagan
nutq hech qachon mantiqiy bo’lishi mumkin emas. Zotan, to’g’ri va aniq bo’lmagan nutqdan
mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me’yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli
birliklar noo’rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo’lishi tabiiy.
Fikr tarkibi va qurilishining to’g’ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin.
Nutqda til vositalarining mantiq va to’g’ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy
birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o’lchovi hisoblanadi. SHunga ko’ra, mantiqiylik
sifatini nutqda so’zlar va gaplar o’rtasidagi semantik aloqalarning fikrning mantiqiy mohiyatiga
hamda uning rivojlanib borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko’proq tilning
semantik sathi bilan bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga
erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning
o’zigina yetarli emas. So’zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo’lgan fikrini, bildirmoqchi bo’lgan
xabarini va u bilan bog’liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada
tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o’rinda nutq tuzuvchining tafakkur
qobiliyati juda muhimdir. Ko’rinadiki, nutqning mantiqiy bo’lishi uchun ham lisoniy, ham
g’ayriinsoniy omil ishtirok etadi.
Mantiqiy nutq tuzish uchun so’zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur
qoidalaridan boxabar bo’lish kabi g’arilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-
semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan
qochirmasligi kerak.
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o’rtasidagi
munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz
loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan matn nutqiy muloqot uchun
yarashiqsiz va yaroqsizdir.
Nutqning sofligi
. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz
unsurlardan xoliligi, o’z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqadi.
Soflik sifati nutqni shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu
kommunikativ sifati adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo’ladi. SHunga
ko’ra, nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq
qoidalariga yot bo’lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida
baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy
saviyasini namoyon etadigan ko’rsatkichlardan biridir.
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni
alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1) shevaga xos so’z, ibora, grammatik shakllar, urg’u va talaffuz;
2) o’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari (varvarizmlar);
3) jargon va argolar;
4) dag’al, haqorat so’z va iboralar (vulьgarizmlar);
5) “ishlamaydigan” yoki parazit so’zlar;
6) idoraviy so’z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k.
Nutq tuzuvchi o’z nutqining sofligi haqida qayg’urar ekan, albatta, mazkur unsurlarni
qo’llashdan tiyilishi lozim.
Ma’lumki, shevaga xos so’zlar adabiy tilning leksik me’yorlaridan tashqarida, shuning
uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning to’g’ri
tushunilishiga ham xalaqit beradi.
Ayni paytda ta’kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o’ziga xos nutq uslubi sifatida
shevaga xos so’z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo’llanishiga imkon yaratadi.
SHeva so’zlari va grammatik shakllari, ya’ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani
ko’zda tutgan holda qo’llaniladi. Ta’kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi
ularning badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan
ham bog’liqdir.
Tabiiyki, turg’unlashgan nutqiy qoliplardan qutilish uchun, avvalo, tafakkurdagi qoliplardan
voz kechish, mustaqil va ijodiy tafakkur malakalarini oshirib borish zarur. Bunga, ayniqsa,
maktabda alohida ahamiyat berilishi kerak. Rasmiy uslubdan boshqa uslublarda qo’llangan tayyor
nutqiy qoliplar o’quvchining ijodiy tafakkur ko’nikmalarining tarkib topishi, barqarorlashishiga
xalaqit beradi. Sof nutqning go’zal namunalari bo’lmish har jihatdan pishiq-puxta badiiy asarlarni
muntazam mutolaa qilib borish o’z samarasini beradi.
Nutqning boyligi
. Nutqning boy yoki kambag’alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan
unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik
kam takrorlangan bo’lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi yoki, aksincha,
muayyan til unsurining takrori ko’p bo’lgan nutq kambag’al nutq hisoblanadi va uning ta’siri
ham shunga yarasha bo’ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga
farqli “liboslar” topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining
boy va faol zahirasi mavjud bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq yetarli darajadagi
so’zlar, ularning ma’nolari, so’z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonatsiya va melodika
turlari zahiralariga sohib bo’lmog’i talab etiladi.
Leksik, semantik, grammatik, intonatsion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga
keltiradi.O’zbek tili har jihatdan, xususan, lug’at xazinasi nuqtai-nazaridan benihoya boy va
rivojlangan tildir. SHuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan.
Tilimizda muayyan bir tushunchani ifodalashning bir qancha xilma-xil imkoniyatlari
mavjudki, ularni ishga solish, nutqning boyligini ishga solish, nutqning boyligini ta’minlashga xizmat
qildirish uchun muntazam e’tibor va sa’y-harakat lozim bo’ladi. SHu e’tibor susaydimi, nutqning
boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi.
Tilimizdagi sodda va qo’shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari,
bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo’lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun
imkoniyatdir.
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo’lsa, nutqning boyligini ta’minlash uchun eng
qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So’zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va
intonatsion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko’ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy
va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq o’z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg’un holda boylikka
moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta’sir quvvatiga sohib bo’la
olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o’zining bosh vazifasini bajarishi mushkul.
Tilning faqat leksik sathigina emas, balki sintaktik sathi ham nutq ifodaliligini
ta’minlashda benihoya keng imkoniyatlarga ega. Sintaktik qurilmalarning rang-barangligi,
sinonimikasi ifodalilikni kuchaytirishga qanchalik xizmat qilsa, muayyan bir sintaktik birlikning
atayin qilinadigan takrori ham bu jihatdan shunchalik diqqatga sazovor.
Ifodalilikni yuzaga keltirishda sintaktik figuralar, gapdagi so’z tarkibi, intonatsion
vositalarning rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.Ifodali nutq tuzish malakasini
Xulosa qilib aytganda, har bir o’qituvchida nutq madaniyati bo’lishi zarur, chunki har bir
pedagog o’z nutqi, chiroyli va ravon o’qishi, muomala madaniyati bilan o’quvchilarga namuna
bo’ladi.O’qituvchi doimo o’zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur.
1-rejaga doir test savollari:
№
Test savollari
To‘g‘ri javob
Muqobil javob Muqobil javob Muqobil
javob
1 Pedagogning
kommunikativ
ko‘nikmalarini nimalar
belgilab beradi?
o'qituvchi
tashqi
ko'rinishi
bilan
(orastalik, tartiblilik,
faollik, xushmuomalalik,
muosharat odobi va
hokazo) kommunikativ
munosabatni
ta’minlashga erishishi,
o'zaro hamkorlikning
nutqiy va noverbal
vositalarini
(mimil
pantomimika, ma’noli
qarash) qo'llash orqali
munosabatga
faol
kirishi,
o'quvchilar
jamoasiga
o'zining
xayrixohligini,
moyilligini, do‘stligini
o'qituvchi
so‘zlashuv
odobiga ega
bo‘lishi kerak.
o‘qituvchining
mavzuni to‘liq
va tushunarli
qilib bayon etib
berishi uning
kommunikativ
ko‘nikmasi
yuqori
ekanligini
belgilaydi.
o'qituvchi
notiq
bo‘la
olishi,
o‘quvchila
rini
ishontira
olishi
kerak..
«namoyish etish» kabi
samarali
muloqotni
ta’minlashga qaratilgan
ko‘nikmalar
2 M.G.Davletshin
muallifligidagi «Umumiy
psixologiya»
o‘quv
qo‘llanmasida muloqotga
qanday ta’rif berilgan?
“Ikki yoki undan ortiq
kishilar
orasidagi
affektiv
baholovchi
xarakterda va bilish
bo‘yicha
ma’lumot
almashinishdan iborat
bo‘lgan o‘zaro ta’sir
etishdir”
“Kishilar
o‘rtasidagi
o‘zaro fikr
almashish va
hamkorlik
jarayonidir”
“O‘qituvchi va
o‘quvchining
bir-birini
tushuninshi va
qo‘llab-
quvvatlovchi
asosiy
xususiyatdir”
“Fikr
almashish
bilan
bog‘lq
jarayon
bo‘lib
uning
asosini
insonlar
o‘rtasidagi
aloqa
tashkil
etadi”
3 Muloqotning
kommunikativ jihatida
…
?
Muloqotning
kommunikativ jihatida
individlarning o‘zaro
ma’lumot almashinishi
sodir bo‘ladi.
odamlarning
birgalikdagi
harakati va
o‘zaro
munosabatlari
ni qat’iyan
belgilab
qo‘yadigan
muloqot
jarayonida
o‘zaro bir-
birini idrok
qilish orqali
tushunishdir.
o‘z-o‘zini
anglash
negizida
namoyon
bo‘ladi.
xulq-atvor
namunalari
asosida
amalga
oshiriladigan
ijtimoiy
nazorat
sharoitida yuz
beradi.
4 Muloqotning interaktiv
jihatida
…
?
individlar nafaqat bilim
va g‘oyalar, balki
harakatlar bilan ham
o‘zaro ta’sirni amalga
oshiradilar.
Yanada
aniqlik
kiritadigan
bo‘lsak,
muloqot
shaxslararo birgalikdagi
harakat,
ya’ni
odamlarning
hamkorlikdagi faoliyati
jarayonida
tarkib
topadigan aloqalari va
o‘zaro
bir-birlariga
ta’sirining
yig‘indisi
sifatida yuzaga chiqadi.
individlarning
o‘zaro
ma’lumot
almashinishi
sodir bo‘ladi.
muloqot
jarayonida
o‘zaro bir-
birini idrok
qilish orqali
tushunishdir.
o‘z-o‘zini
anglash
negizida
namoyon
bo‘ladi.
5 Muloqotning pertseptiv
jihati bu?
o‘z-o‘zini
anglash
negizida
namoyon
bo‘ladi.
individlarning
o‘zaro
ma’lumot
almashinishi
sodir bo‘ladi.
muloqot
jarayonida
o‘zaro bir-
birini idrok
qilish orqali
tushunishdir.
odamlarni
ng
birgalikda
gi
harakati
va o‘zaro
munosaba
tlarini
qat’iyan
belgilab
qo‘yadiga
n xulq-
atvor
namunala
ri asosida
amalga
oshiriladig
an
ijtimoiy
nazorat
sharoitida
yuz
beradi.
6 O‘qituvchining madaniy
saviyasida muhim o‘rin
so‘z bilan og‘zaki ta’sir
o‘tkazish
hatti-
harakatlarnin
g ko‘rinishi
tashqi imidj
gavda va
qo‘l
tutadigan asisiy omil
nima?
harakatla
ri
7 “Til shirinligi - ко‘ngilga
yoqimlidir, muloyimligi esa
foydali. Shirin so'z sof
ко‘ngillar uchun asal kabi
totlidir.
Alisher Navoiy
Abdulla
Avloniy
A.P.Chexov
A.S.Maka
renko
8 O‘quvchi ongiga ta’sir
ko‘rsatish bilan bog'liq
bo‘lgan ishontirish usuli
qanday natija beradi?
ishontirish
asosida
o‘quvchiga ideal va
mustaqil fikrlar qayta
quriladi, ularni ba’zi
psixik ta’sirlar tufayli
sodir
boiadigan
tushkunlik holatidan
asraydi,
ularda
erkinlikni
hamda
mustaqil
fikrlash
qobiliyatini
o‘stiradi,
o‘ziga va kelajagiga
ishonch uyg'otadi, o‘z-
o‘zini tarbiyalashda,
mustahkam
irodani
shakllantirishga
undaydi.
ba’zi psixik
ta’sirlar
tufayli sodir
boiadigan
tushkunlik
holatidan
asraydi.
fikrlash
qobiliyatini
o‘stiradi,
o‘z-o‘zini
tarbiyalas
hda,
mustahka
m irodani
shakllanti
rishga
undaydi.
9 Verbal (nutq) muloqot
tarkibiga nimalar kiradi?
so‘zlar
iboralar
ma’nosi va mohiyati ki
radi.
Bunda asosiy o‘rinni
so‘zning
qo‘llanilish
aniqligi,
uning
ifodalanishi
va
hammabopligi,
tovushlar,
so‘zlar talaffuzi, ohang
ifodasi va mohiyati
egallaydi.
qo‘l
harakatlarini
faol bajarish
kiradi.
Mimika va
pantomimika
kiradi.
Balannd
ovoz bilan
gapirish
kiradi.
10 Noverbal kommunikatsiya
vositalariga
qaysilar kiradi?
yuz ifodasi, mimika, oh
ang,
pauza, poza (holat), ko
`z
yosh, kulgu va boshqala
r
kiradi.
qo‘l
harakatlarini
faol bajarish
kiradi.
Mimika va
pantomimika
kiradi.
so‘zlar
iboralar
ma’nosi v
a mohiya
ti kiradi.
11 O‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlashning
usullaridan birini
ko‘rsating?
o'quvchilarning har xil
vaziyatlarda
ichki
kayfiyatlarini,
his-
tuyg'ularini tushunish,
uni hisobga olish,
o‘quvchilarni
tinglamaslik.
o‘quvchilarni
fikrlarini
hisobga
olmaslik.
O‘qituvchi
har doim
o‘zini haq
deb bilib
o‘quvchila
hamjihatligini ko‘rsata
bilish.
rni o‘z
fikriga
qat’iy
bo‘ysunish
larini
talab
qilishi.
12 F.Samuylenkovning
“O‘qituvchining mahorati
va takti uning obro‘sidir”
asarida tasvirlangan 8-B
sinf qanday sinf?
sinf tez ta’sirlanuvchan,
tezda qirg‘oqdan chiqib
ketadi va yana oqimga
qaytib tushishi qiyin.
og‘ir va bosiq
bolalar
guruhi.
to‘polonchi
o‘quvchilardan
iborat sinf
o‘qituvchi
bemalol
hazil qila
olishi,
o‘quvchila
rni erkin
qo‘ya
olishi
mumkin
bo‘lgan
sinf.
13 O‘qituvchi
sinfda
pedagogik
muloqotda
mahoratga
erishishda
nimalarga e’tibor berish
kerak?
o'zaro hamkorlikning
nutqiy va noverbal
vositalarini
(mimil
pantomimika, ma’noli
qarash) qo'llash orqali
munosabatga
faol
kirish.
o‘quvchilarnin
g hohish-
istaklarini
hisobga olish.
faqat faol
o‘quvchilarni
qo‘llab-
quvvatlsh.
mavzudan
chetga
chiqmaslik
.
14 O‘qituvchi shaxsiyatida
muhim
bo‘lgan
xususiyatlarni aniqlang?
Bolalarni
sevish,
xushmuomalalik
va
insonparvarlik.
chuqur
bilimga ega
bo‘lish.
muloqotga
kirishuvchanlik
ota-
onalar
bilan
munosaba
tda
samimiyli
k
1
5
“Muloqot” tushunchasini
“kommunikatsiya”
tushunchasidan
farqi
nimada?
Kommunikatsiya jonli
va jonsiz tabiatdagi
tizimlar
o‘rtasida
axborot almashinuvini
anglatadi.
Muloqot
faqat
insonlar
o‘rtasidagina amalga
oshirilishi
mumkin
bo‘lgan jarayon.
Kommunikatsi
ya – texnika
vositalariga
nisbatan
ishlatiladi,
muloqot bu
insonlar
o‘rtasida
amalga
oshadi.
Kommunikatsiy
a
aloqa
vositalariga
nisbatan
ishlatiladi,
muloqot
bu
odamlar
o‘rtasida
amalga oshadi.
Kommuni
katsiya –
texnika
vositalarig
a
nisbatan
ishlatiladi,
muloqot
bu
o‘qituvchi
va
o‘quvchila
rga
nisbatan
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |