“Oqqan daryo – oqaveradi”,
deydi dono xalqimiz. Bugun buyuk ajdodlarimizning
bebaho merosiga tayanib, yangi Renessans poydevorini yaratish uchun bizda barcha
imkoniyatlar mavjud, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Hamma gap ana shu imkoniyatlardan qay
darajada oqilona foydalana olishimizga bog‘liq.
Aslida, farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim
tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab
bo‘lmaydi.
Aynan maktabgacha ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor mamlakatning ertangi
taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi.
Shularni nazarda tutib, biz yurtimizda ilk bor
Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik.
Bu yunalishni tizimli rivojlantirish bo’yicha aniq davlat dasturlari kabul qilinadi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2 baravarga oshirilib, 100 foizga
yetkaziladi.
Bu vazifa nafakat zamonaviy bog’chalar ko’rish, balki oilaviy bog’chalar tizimini
rivojlantirish orqali ham hal etiladi.
Biz
“Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”
degan ulug’ g’oya asosida
mamlakatimizda maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish bo’yicha boshlagan
ishlarimizni yangi bosqichga ko’taramiz. Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi
zamonaviy ixtisoslashtirilgan maktablar tizimini yaratish buyicha davlat dasturlari ishlab
chiqamiz va ijroga qaratamiz.
Xususiy maktablar tizimini yanada takomillashtirish, bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan
qamrab olish darajasini 2030 yilda 60-70 foizga yetkazish - asosiy vazifamizdir.
Maktablarda “vazir soati” “tadbirkor va bankirlar sabogi” kabi dars amaliyotlarini
joriy qilish lozim.
Ularda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank
xodimlari dars o’tishi kerak. Shningdek, diniy ulamolarimiz ham jamoatchilikka ma’rifat,
bag’rikenglik, odob va axloq ilmlarini o’rgatishi maqsadga muvofiq.
Shu sababli biz birinchi marta umumta’lim maktablarida “
Tarbiya”
fanini joriy etdik.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy
“Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo‘llanmasi sifatida bugungi kunda
ham o‘zining qadri va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini
ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur.
Biz maktab muammosiga birinchi darajali masala, deb qarashni davom ettirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |