Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi.
XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga
kelgan bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar
jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer
yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi
bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub
bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan
to‘liqsiz jamiyat
27
. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik
birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz
jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar»
28
. Forobiyning bu fikrlari Platon va
Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni
inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning
birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan
chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt
saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr
yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki
butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya.
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol
ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida
tavsiflash mumkin:
• u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida
mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul
maqsadga ega bo‘lmaydi;
• u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;
• unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish
hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;
• mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik,
markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;
27
Farobiy. Fozil shahar aholisi. –Т.: «Шарқ», 2016 y. 82–83-b.
28
O’sha asar : 69-б.
• uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil
ravishda qabul qilishga haqlidirlar;
• individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan
fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan
boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga
egadirlar;
• bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviy-
hokimiyat vakolatlariga ega emaslar;
• davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi
tomonidan saylanadi;
• hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy
jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik
jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy
mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan
qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona
mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang
manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun
ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar.
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish.
Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat
fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr
fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy
sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar
tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega
bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi
ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-
ma’naviy uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta
a’zodan iborat birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga
muvofiq bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa
harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»
29
Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha
ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u
insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs
manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni
vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik
va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo
etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi
lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”
30
Do'stlaringiz bilan baham: |