shunday munosabatda bo‘lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o‘zgarishlar jarayoniga tushgan
narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‘ylab ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning
umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday
o‘zgarib boramiz, ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. SHu tariqa
maktabni tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay
qolamiz...Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy
tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari,
tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q.
Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat
darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq
Ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o‘lik ta’limot sifatida
qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega:
1.
Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi
Aristotel bo‘lib, u «narsaning birinchi turi» haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda,
«metafizika» tushunchasini XX acpning yirik nemis faylasufi M.Xaydegger ham
o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va sub’ektini bir vaqtda
ifodalovchi tushunchadirham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va
sub’ektini bir ifodalovchi tushunchadir.
2.
Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot bo‘lib,
nazariya bilish mantig‘i va uning xususiy ko‘rinishlaridan mustasnodir. Shu ma’noda, bu
tushuncha G‘arb falsafasida o‘tmishda ham (Dekart, Leybnits, Spinoza va h.k.), hozirda
ham keng qo‘llaniladi.
3.
U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga
qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni antidialektika haqida
so‘z boradi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining
faqat bir qismini mutlaqlashtirishdir. Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech
qachon o‘zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm,
dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib,bilimning alohida shakllari
natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: