“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Fanlararo tadqiqot metodlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Fanlararo tadqiqot metodlari 
– 
asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan 
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir 
qancha sintetik va integrativ usullar majmui. 
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni 
amalga oshirishda keng
 
qo‘llaniladi. 
Falsafa metodlari

Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. 
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega 
bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga
 
murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda 
umumiy yo‘lni ko‘rsatadi.
 
Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va 
tajriba,
 
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar
 
maxsus 
metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari
 
sifatida namoyon bo‘lsa, 
falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan,
 
alohida xususiyatlardagi harakat, 
taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini
 
o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. Har bir metod
 
ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. 
Falsafaning eng
 
qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi 
metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, 
eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, 
germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish 


jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan 
birlashtirishga harakat qiladi).
 
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti 
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy 
faoliyat haqidagi ta’limotdir. 
U grek tilida
 
bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni 
anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. 
Hozirgi
 
davrga kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro 
aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, 
olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar 
va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va 
takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
 
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi 
sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini 
birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani 
mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday 
dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash 
jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga 
da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika» 
so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan nazariyalar 
shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir 
butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi 
fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida 
tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning 
suvga, suvning havoga, havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan 
xarakterlanadi, deb hisoblaganlar. 
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling 
va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi davrning o‘ziga xoc xususiyati 
shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod 
predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi 
g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi. CHeksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal 
nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo 
bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki 
mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga 
ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2. 
Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha, 


ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish 
jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi 
sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, aqlning xatoligidan 
shubhalanish to‘g‘rimikan? – degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf 
qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli 
o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga ega bo‘lib, u 
taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish qobiliyatiga ega emas. Kant 
dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini 
yangicha qo‘yish va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant 
sub’ekt aqlining dialektik xarakteri bilan bog‘laydi va sub’ektiv dialektikani asoslab beradi. 
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘zifodasini topdi. Gegel 
dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta 
acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi 
bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U, falsafa o‘z xususiyatlarini 
asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel dialektik 
metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi. Falsafa 
metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z 
metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish