“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Tasavvurlar 

bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik 
miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. 
Sezish va 
idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd 
etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan 
20
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 24.
21
Қаранг: S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 74-b. 


mustaqil sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin 
yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 
Xayol 
insonning muhim xossasi. 
Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat 
qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar 
darajasiga ko‘taradi. 
Empirik bilim va uning shakllari
. Empirik bilim mavjud narsaning 
bevosita emas, balki 
bilvosita in’ikosi
. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga 
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. 
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u 
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan 
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. 
Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. 
Kuzatish 
– 
bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida 
ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir
. Kuzatish
 
maqsadini belgilash, uning 
usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, 
asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari 
bizga
 
borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki 
bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop 
yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan 
ob’ektlarga qaratilgan maqsadlar va
 
vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. 
Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi
 
lozim. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish