“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

4.Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari.
1. Manfaatlar to‘qnashuvini 
boshqarish. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini 
bajarish va (yoki) mehnat organlari manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik 
tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat 
mavqeidan va (yoki) mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning mol-mulkidan 
foydalanmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim. 
Mehnat 
organlari 
va 
tasarrufiy 
tashkilotlar 
xodimlarining o‘zlarining xizmat 
majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga 
hamda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki 
va (yoki) nufuziga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar 
to‘qnashuvi yuzaga keladi.
Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi: 
1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va 
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi. 
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. 
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni 
yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga 
ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir. 
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki
ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda 
mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda 
korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi. 
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat 
boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat 
mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid 
muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora 
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu 
jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya 
odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy 
resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-
sharoit yaratadi. 
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro 
Transparency 
International 
tashkiloti 
tomonidan 
aniqlab 
chiqiladi. 
Transparency 
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan 


(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) 
bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks 
bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng 
ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency 
International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 
13 gacha.
Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat 
mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov 
va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni 
tekshirish” usuli ham joriy etilgan. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer 
xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga sun’iy 
to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim 
muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng 
esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning 
ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan 
korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni 
yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb 
ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer 
maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi 
talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech 
kimga sir emas. 
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktabr oyidan 
boshlandi. Shu yilning 14 oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 
konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirgan qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi 
munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari hamda fuqarolik 
jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan ko‘rayotgan chora-tadbirlar 
samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali 
jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutilgan. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan 
islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning 
asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya 
qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, 
tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik 


nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat 
bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. 
Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga 
qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart.
9.1- Ilova 


9.2- ilova 


9.3-ilova
9.4-ilova

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish