“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga 
ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun 
shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini 
shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, 
mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib 
turadi. Shu jihatdan mahalla o'z navbatida o'z oldigan qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan 
zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla; - o'ziga qarashli 
hududning tozaligi, obodligi, ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi bilan; 
- turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi 
orzularni namoyon ettirishi bilan; - mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l 
qo'ymasligi hamda qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan; - san'at, madaniyat, ma'rifat 
arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni 
uyushtira olishi bilan; - isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar
an'analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo 
shu kabilar bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi.
Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy 
inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, 
bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda 
murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. 
Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan 
hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson 
o'zining ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik 
qilib kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda 
o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi 
bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil 
etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatni abadul abad 
buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o'rtalariga kelib inson faoliyati 
yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq 
namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi 


barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga 
taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin
chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib 
kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar 
miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf–
hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib 
ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari 
bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi 
esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan 
munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois 
ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan 
talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun 
zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini 
ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining 
yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish