184
xavfsizligi va fovqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishni ta’minlashni o‘z vaqtida
oldini olishga doir chora - tadbirlarni amalga oshirish hamda bu bo‘yicha aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda jamoat xavfsizligini ta’minlashga
nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish kabilar davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari hisoblanadi.
Bilamizki, har qanday tashqi ta’sirlarga qarshi tura oladigan, o‘z ma’naviy salohiyatini
isbotlashga qodir avlod tasodifan, o‘z - o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Bunga
bosqichma - bosqich muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma’naviy - huquqiy tarbiya
bilangina erishish mumkin.
Xalqimiz
tabiatiga xos mehr - oqibat, ahillik, o‘zaro totuvlik singari fazilatlarni yosh
avlod ongi va qalbiga chuqur singdirish orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash va
fovqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ertangi kunimizning yanada charog‘on
bo‘lishining, ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqishining muhim mezonidir. Ana shu
mezonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining bu borada boshqa
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli boshqaruv organlari bilan olib
borayotgan hamkorlikdagi say harakatlari deb e’tirof etishimiz mumkin.
Muhtaram Yurtboshimizning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida
belgilagan vazifalardan kelib chiqib, davlatimiz suvereniteti, aholining tinch hayoti va
xavfsizligini himoya qilinishda Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo
totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab o‘tdilar, ushbu vazifalarga
oid:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy
yaxlitligini muhofaza qilish;
- axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;
-
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni
mustahkamlash;
- davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
185
- atrof - tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik
muammolarning oldini olish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish
tizimini takomillashtirish
borasidagi faoliyatiga to‘xtalib, Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyati va
tayyorgarligini real oshirishga, ularning yuqori darajadagi uyushqoqligi va samarali
hamkorligiga qaratish muhim vazifamiz ekanligini doim inobatga olishimiz lozim.
Davlatimiz rahbari
Sh.M.Mirziyoev
“
O‘z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun
o‘zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va
sadoqat, bu – to‘g‘ri tarbiya va amaliy namuna
”- deb ta’kidlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, Ona Vatan
himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilgan
Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,
Bobur Mirzo kabi
buyuk bobolarimizning qaxramonliklarini o‘zida
mujassam etgan
Vatan himoyachisi bo‘lishni o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb bilgan haqiqiy
bahodir, mardi maydon harbiy xizmatchilarimiz Qurolli Kuchlar safida mardonavor
xizmat qilmoqda
.
Do'stlaringiz bilan baham: