842
boshqaruv (administrator) kadrlarini tayyorlash qimmat jarayon hisoblanadi.
Har doim ham tayyorlangan mutaxassis AKMda qolmasligi mumkin. Beshta mutaxassis
mingtacha AKMlari ma’lumot bazalarini boshqarishi mumkin. Holbuki, bu yuqori darajadagi
mutaxassislarning sifatli boshqaruvi hisoblanadi. Albatta, besh-oltita
administratorni tayyorlash,
malakasini oshirish, barcha viloyat hamda tumanlardagi administratorlarni tayyorlash va malakasini
oshirishdan arzonga tushadi.
Avtomatlashtirilgan va elektron-kutubxonalarni tashkil etish – bu juda qimmat va ko‘p mehnat
talab etiladigan jarayondir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki,
axborot-kutubxona muassasalari yakka holda o‘zlarining elektron resurslarini tashkil etar ekanlar ular
ulkan resurslarni yo‘qotadilar, aksariyat hollarda ish xodimlarning darajalari pastligi tufayli,
yozuvlarning takrorlanishi kabi xatoliklar asosida tashkil etiladi.
Quyida mijoz-server va Cloud Computing texnologiyalari va Library 2.0 konsepsiyasi asosida
tashkil etilgan O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari korporativ tarmog‘ini tashkil etish borasidagi
tadqiqot va ishlanmalarning natijalari keltirilgan. Tizimning texnologik asosi ARMAT-1.13 dasturiy
kompleksi va «Elektron ta’lim» Davlat dasturining telekommunikatsiya tarmog‘i hisoblanadi.
Dasturiy kompleks yuksak texnologik yechimlarni qo‘llagan holda tarmoqni samaradorligini amalga
oshirdi.
Library 2.0 va Cloud Computing konsepsiyalarida keltirilgan tamoyillar o‘xshash bo‘lib,
axborot-kutubxona muhitida quyidagi talablarga keltiriladi:
•
shaxsga qaratilganligi;
•
integratsiyalangan axborot resurslari,
shuningdek, shaxsiy resurslarini shakllantirishda
foydalanuvchi faolligini oshirish;
•
foydalanuvchining virtual shaxsiy kabinetini shakllantirish;
•
hamkorlikdagi forumlar tashkil etish va o‘tkazish – «kitobxon-kutubxonachi» yoki yanada
kengroq - «kitobxon-kutubxonachi-axborot resurslarni shakllantiruvchi»;
•
elektron katalog imkoniyatlarini kengaytirish, to‘liq matnli elektron
resurslardan jamoaviy
foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish;
•
axborot xizmatlarini olishda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usul va vositalarini rivojlantirish;
•
korporativ tarmoqda texnologik va axborot resurslaridan maksimal darajada iqtisodiy
foydalanish.
Cloud Computing texnologiyasidan axborot-kutubxona tarmoqlarida foydalanish tarmoq
boshqaruvini amalga oshirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda
sezilarli darajada
samaradorlikni oshiradi. OO‘Yu korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti bosh serverda
shakllantiriladi.
Ko‘rib o‘tilayotgan OO‘Yu korporativ tarmog‘ida ma’lumot bazalari boshqaruvi
(administrirovanie) markazlashgan holda amalga oshiriladi. Bibliografik yozuvlar sifati yuqori
malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Ma’lumot bazalarini yangi resurslar bilan to‘ldirilishi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV)
tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanmalarni
raqamlashtirish va elektron kataloglashtirishga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bilan qo‘llab-
quvvatlanishi ostida amalga oshiriladi.
Yig‘ma elektron katalog MARC21 kommunikativ formati asosida shakllantiriladi. Turli
kommunikativ formatlar asosida faoliyat yurituvchi AKMlari ISO 2709 standarti va konvertordan
foydalanishlari mumkin. UNIMARC formati asosida tashkil etilgan AKMlariga esa bibliografik
yozuvlarni MARC21 formatiga konvertatsiya qilishga yordam beriladi.
OO‘Yu Axborot-resurs markazlarining (ARM) korporativ tarmog‘i
mijoz-server modeliga
asoslanadi.
Bu model quyidagi xususiyatlariga asosan xarakterlanadi:
kuchaytirilgan xarakteristikaga ega server yig‘ma elektron katalogni (YEK),
OO‘Yu elektron kataloglarini va to‘liq matnli ma’lumot bazalarini shakllantirish uchun o‘rnatiladi;
AKT bosh serverda o‘rnatiladi. ARMlar ehtiyoj tug‘ilganda bosh serverdagi
ma’lumotlarni o‘z serverlariga yuklab olishlari mumkin;
843
ma’lumot bazalari boshqaruvi markazlashgan holda amalga oshiriladi.
Administratorlar axborot xavfsizligini nazorat qiladilar, viruslar hujumi, YEKdagi ma’lumotlarni
takroriy aks ettirilishidan himoya qiladilar;
har bir ARM o‘zi mustaqil ravishda o‘zining elektron
katalogini shakllantirishi
yoki boshqa ARM xodimlari tomonidan kiritilgan yig‘ma elektron katalog markazidan (YEKM)
bibliografik yozuvlarni almashish mumkin;
yuqori tezlikdagi Internet, Intranet talab etiladi, chunki ma’lumot bazasiga
murojat etuvchilar hajmi ko‘pchilikni tashkil etadi;
markaziy bosh serverda har bir ARM uchun diskli axborot muhiti tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: