Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

ФИО авторов:
To’rayev Sardor-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalash muxandislari instituti Buxoro filiali Qishloq va suv xo‘jaligida 
energiya ta’minoti kafedrasi asisstenti. 
Amrullayev Behzod-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash 
muxandislari instituti Buxoro filiali Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti 
yo‘nalish talabasi.
Boybekov Adhamjon Alisher o'g'li- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalash muxandislari instituti Magistratura bo'limi Elektr ta'minoti va Qayta 
tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasi Energiya tejamkorlik va energoaudit
yo'nalishi 2 bosqich magistranti 
Название 
публикации:
«SANOAT 
KORXONALARIDA 
KOMPENSATSIYALOVCHI 
MOSLAMALARNING 
QUVVATINI 
BOSHQARISH» 
Maqolamizning kirish qismini quvvat tushunchasi bilan tanishishdan boshlasak. 
Demak, umumiy holda quvvat quyidagicha ta’riflanadi: 
QUVVAT - vaqt birligida bajarilgan ish. Birligi – Watt[w] 
Elektr jihatdan esa: QUVVAT – elektr uzatish va boshqa tur energiyaga aylantirish 
tezligini ifodalovchi fizik kattalik. Energetikada quvvat iste’molchilar xarakteriga 
qarab 3 xil ko’rinishda tavsiflanadi: 

AKTIV QUVVAT 

REAKTIV QUVVAT 

TO’LA QUVVAT 
AKTIV QUVVAT – o’zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv xarakterga ega 
iste’molchilarda iste’mol qilinadi va ish bajaradi. Birligi – Watt[W]
𝑃 = 𝐼𝑈𝐶𝑜𝑠𝜑 (1)
Aktiv quvvat miqdor jihatdan elektr energiyasining davr ichida boshqa 
tur(issiqlik,mexanik va hk) energiyaga, ya’ni foydali ishga aylanish jadalligini 
ko’rsatadi. 
REAKTIV QUVVAT - o’zgaruvchan tok zanjirlarida induktiv va sig’im xarakterli 
iste’molchilarda iste’mol qilinib, manba va iste’molchi orasida bir turdan ikkinchi 
turga davriy aylanib turadigan va ish bajarmaydigan quvvat. Birligi – 
volt*amper*reaktiv[VAr] 


595 
𝑄 = 𝐼𝑈𝑆𝑖𝑛𝜑 (1)
TO’LA QUVVAT – energetik qurilmalarning ishlatilishi mobaynida nominal 
kuchlanish (U
nom
) va tok (I
nom
) bo’yicha bera oladigan eng katta elektr quvvati. Birligi 
– volt amper[VA]
𝑆 = √𝑃
2
+ 𝑄
2
(3) 
yoki: S = U
nom
* I
nom
Yuqoridagi 
(3) ifoda Quvvatlar Uchburchagidan kelib chiqadi: 
Maqolamizga ta’luqli yana 
element bu - COS
𝜑
. COS
𝜑
bir muhim 
bu – quvvat koeffitsiyenti bo’lib, to’la quvavtning qanday 
qismi foydali ishga, ya’ni Aktiv quvvatga sarf 
bo’layotganini ko’rsatuvchi me’zondir.
𝐶𝑜𝑠𝜑 =
𝑃
𝑆
=
𝑃
√𝑃
2
+ 𝑄
2
Geometrik jihatdan: tok va kuchlanish orasidagi faza siljishi burchagi qanchalik kichik 
bo’lsa, 
𝐶𝑜𝑠𝜑
shunchalik katta bo’ladi. [3] 
Sanoat korxonalarida 
𝐶𝑜𝑠𝜑
ning pasayishi elektr energiyaga ortiqcha to’lovlarni 
yuzaga keltiradi. Shu sababli sanoat korxonalarida energiya tejovchi va 
kompensatsiyalovchi uskunalardan foydalaniladi. 
𝐶𝑜𝑠𝜑
ning pasayish sabablari: 

Aktiv isroflar; 

Reaktiv quvvat iste’molining me’yoridan oshib ketishi; 
Sanoat korxonalarida induktiv (L) va sig’im (C) xarakterli iste’molchilar reaktiv 
quvvatni iste’mol qiladi va bu energiyani Magnit va Elektr maydon energiyalari 
ko’rinishida o’zida yig’adi. Elementlarda maksimal energiya yig’ilgach, ular 
o’zlaridagi energiyani ortga(manbaga) qaytaradi. Mana shu energiyalar davriy 
tebranishi ya’ni, manbaga qaytishi va yana yig’ilishi natijasida Aktiv quvvatga 
qarshilik qiladi. Natijada korxonada 
𝐶𝑜𝑠𝜑
ning qiymati pasayadi. 



𝜑
𝑠 = √𝑃
2
+ 𝑄
2
𝑃 = 𝑆𝐶𝑜𝑠𝜑
𝑄 = 𝑆𝑠𝑖𝑛𝜑
𝑄 = 𝑃𝑡𝑔𝜑


596 
Bu kabi hodisalarning oldini olish maqsadida Reaktiv quvvatni o’rnini 
qoplash(kompensatsiyalash) qurilmalari yaratilgan. Ular orasida eng keng tarqalgani 
KONDENSATOR QURILMALARI (Конденсаторная установка) hisoblanadi. Bu 
qurilmalarning ishlash prinspi quyidagicha:[2] 
Reaktiv quvvat iste’molchilari tarmoqdan reaktiv quvvat iste’mol qilgach, yig’gan 
energiyasini ortga qaytaradi. Ortga qaytgan energiya kondenastorlarda elektr maydon 
energiyasi ko’rinishida yig’iladi va qaytib iste’molchiga beriladi. Kondensator 
qurilmalarining tarmoqqa ulanish sxemasi 1 – rasmda keltirilgan. 
Liniyadan uzatilayotgan to’la quvvat: 
𝑆 = √𝑃
2
+ 𝑄
2
Va o’tayotgan tok:
𝐼 =
√𝑃
2
+ 𝑄
2
√3∗𝑈
𝑛
Yuqoridagi formulalarda reaktiv quvvat to’la ravishda liniya boshidagi manba 
energosistemaning tuman podstansiyasidan olinadi deb faraz qilamiz. Liniya 
oxirida(korxonada) quvvati Q
k
bo’lgan mahalliy reaktiv quvvat manbalari 
o’rnatilganda to’la quvvat va tok quyidagicha bo’lishi mumkin:
𝑆

= √𝑃
2
+ (𝑄 − 𝑄
𝑘
)
2
va tok:
𝐼′ =
√𝑃
2
+ (𝑄− 𝑄
𝑘
)
2
√3∗𝑈
𝑛
bunda: Q
k
– kompensatsiyalash qurilmasi bo’lgan mahalliy manbaning quvvati.
𝑆

< S
bo’lgani uchun mahalliy manbalardan foydalanish elektr tarmoq satnsiyalaridagi 
transformatorlar soni yoki quvvatini kamaytirishi mumkin. 
𝐼′
uzatish liniyasining kesim yuzasi kamayadi yoki o’tkazish qobiliyati ortadi, liniyadagi 
reaktiv quvvat uzatishda hosil bo’lgan qo’shimcha aktiv quvvat yo’qotishlari 
kamayadi.[5] 
Reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari:

Asinxron motorlar – ular umumiy reaktiv quvvatning 60 % iste’mol qiladi. 

Kuch transformatorlari – reaktiv quvvatning taxminan 20 % iste’mol qiladi. 

Boshqariluvchi to’g’irlagichlar, induksion pechlar va boshqalar taxminan 15 – 
20 % iste’mol qiladi. 
Korxona va fabrikalarda sistemadan olinadigan reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish 
uchun kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli kondensatorlar 
batareylari(KB), yuqori kuchlanishli sinxron motorlar, sinxron kompensatorlar va 
reaktiv quvvatning statik manbalari ishlatiladi. Kondensator batareyalarin ko’rib 
chiqamiz: 
Kuchlanishi 10 kV gacha bo’lgan kondensator batareyasida kerakli quvvatni olish 
uchun 3 fazali kondensatorlar, 20 – 35 kV li kondensator batareyalarida 1 fazali 
kondensatorlar batareyalari ketma – ket va parallel ulanib, batareya hosil qilinadi. 
Kuchlanishi 380 V, 6 kV va 10 kV li kondensatorlar mavjud. Ular mineral yog’ 
shimitilgan (KM) va sintetik suyuqlik shimitilgan (KS) turida bo’ladi. 380 V li 


597 
kondensatorning quvvatlar shkalasi 4 – 50 KVAr ga, 6 – 10 kV li kondenasatorlarniki
10 – 75 KVAr ga teng.[5] 
Kondensator qurilmalarining iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagicha:
1.
Solishtirma quvvat yo’qotishalari 380 V da R
sol
= 4 W/ KVAr, 6 – 10 kV da 
R
sol
= 2 – 2.5 W/KVAr ;
2.
Yuqori kuchalnishli kondensatorlarining solishtirma qiymati past kuchlanishli 
kondensatorlarga qaraganda arzonroq; 
Hozirgi paytda komplekt kondensator qurilmalarining quvvati bir necha pog’onada 
rostlanishi mumkin. Pog’onalar soni 2 – 5 tagacha bo’ladi. Loyihalarda ko’p 
ishlatiladigan komplekt qurilmalar quyidagilar:[6] 
UKRN – 0.38 – 110,UKRN – 0.38 - 150(160),UKRN – 0.38 – 220 
UKLN – 0.38 -110,UKLN – 0.38 -150(160),UKLN – 0.38 -220 
UKLN – 0.38 – 300(320) 
Bu yerda: UK – kondensator qurilmasi, N – kuchlanishni rostlash mumkin, 0.38 – 
kuchlanish(Kv) , 110, 150 , 220, 380 – quvvatlar (KVAr), 
R – o’ng tomonga, L – chap tomonga o’rnatiluvchi.[6] 
Ushbu mavzuni to’laligicha mulohaza qilsak, yurtimizda kundan – kunga yangi zavod 
va fabrikalar, nasos stansiyalari ko’payib borayotganligini e’tiborga olsak, sifatli elektr 
energiyaga bo’lgan talab ham mos ravishda ortadi.Demak, kompensatsiyalovchi 
qurilmalarga ham talab ortadi. Bu qurilmalar chetdan keltiriladi. Qayerdaki elektr 
energiyasidan foydalanilsa, albatta uning qurilmalariga ham doimiy ravishda talab 
mavjud bo’ladi. Mana shu nuqtai nazardan ushbu kondensator qurilmalarini o’zimizda 
ishlab chiqarsak, Ichki ehtiyojlarimiz qondiriladi,ushbu sohada yangi ish o’rinlari 
yaratiladi va sohadagi muttaxasislar soni oshadi, kata quvvatli sanoat korxonalari 
iqtisodiy tejamkorlikka erishadi, elektr tarmoqdagi aktiv quvvat pasayishini oldini 
oladi. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish