Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


“SHAYX NIZOMIY GANJAVIY “XAMSA’ SINI



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

“SHAYX NIZOMIY GANJAVIY “XAMSA’ SINI
QANDAY TARJIMA QILDIM?”
Jamol Kamol,
0 ‘zbekiston xalq shoiri
Adashmasam, 2015 yilningkuz mavsumi edi. 0 ‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasi O 'zbek tili va adabiyoti instituti Mumtoz 
adabiyot boTimi mudiri, zabardast navoiyshunos olim, professor 
Ibrohim Haqqul xonasida gurunglashib o'tirardik. Eshik ochilib, 
ichkariga qadrdon ukamiz, taniqli olim va tarjimon Ergash 
Ochilov kirib keldi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni uchratganim ayni 
muddao bo‘Idi, ustoz”, dedi menga yuzlanib. “Kecha Ozarbayjon 
elchixonasi 
huzuridagi 
Haydar 
Aliev 
nomli 
Ozarbayjon 
Madaniyat Markazi 
dlrektori 
Samir Abbosov bir necha 
adabiyotshunos olimlarni chaqirib, maslahat so‘radi”. - Biz Shayx 
Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sini o ‘zbek tiliga to ‘liq tarjima kilib, 
nashr etishga qaror qildik, yetuk shoir-tarjimon topishga 
yordamlashib yuborsangiz dedi u. M asalani muhokama qildik. 
Qator nomzodlami tilga oldik. Oxir-oqibat Sizga kelib to‘xtadik. 
Shu xayrli ishni ham bo ‘yinga olasiz endi, ustoz, - dedi Ergash 
kulimsirab. Eshitib, rosti gap, taraddudda qoldim, Yuragim dov 
bermadi. - B u tak lif bundan to‘rt-besh yil oldin bo‘lganida jon deb 
rozi boiardim , ko‘rib turibsiz, yoshim o‘tinqirab qoldi- deb
96


e ’tiroz etdim. Ergash bo‘sh kelmadi, ‘4hujum”ga: o ‘tdi. -B u ishni 
Siz qilmasangiz, kim qiladi? - dedi u - Bir o ‘rtamiyona shoirga 
topshirsak, shunday buyuk asaming qadrini yerga urgan boMamiz. 
X o‘p deng, Alloh o ‘zi madadkor b o ‘lib, hazrati Nizomiy, Navoiy 
ruhlari Sizni quvvatlaydi... Shu onda ruhimda bir evrilish paydo 
bo'ldi, desam, ishoning. Yuragimda bir hayajon qo4zg‘alib, butun 
borlig‘imni qamrab oldi. Bu holat menga avvaldan tanish. 
“Masnaviy” tarjimasi, Shayx Fariduddin Attor asarlari tarjimasi, 
Mirzo Abdulqodir Bedilning “ Irfon” kitobi- tarjimasi va boshqa 
tarjimalar oldidan ham shundoq boMgan. Bu Xudoyimning menga 
in’om etajak ilhomidan mujda desam, yanglishmasam kerak. 
Beixtiyor, mayli, roziman, deganimni o ‘zim ham payqamay 
qoldim.
Ertasi kun adabiyotshunos olima qizimiz Gulbahor 
Ashurova 
meni 
o ‘z 
mashinasida 
Ozarbayjon 
madaniyat 
markaziga olib 
bordi, 
Samir Abbosov bilan 
tanishtirdi. 
Gaplashdik, kelishib oldik. Bir necha kun o ‘tgach, Nizomiy 
oliygohida shoir Baxtiyor Vahobzoda xotirasiga bag‘ishlab 
o ‘tkazilgan yig‘inda shartnoma imzoladik. Menga bir oz qalam 
haqi to ‘laydigan bo‘lishdi. Keyin Shayx Nizomiy “Xamsa”sining 
Dushanbeda chop etilgan nusxasini taqdim etishdi. Bilasizki, 
buyuk shoir o'zining shoh asarini zamona podshosi talabiga 
muvofiq forsiyda yozgan.
Xullas, taijimaga kirishib ketdim. Qisqa fursatda “Mahzan 
ul-asror”ni tarjimalab tugatdim. Keyin “Xusrav va Shirin”, “Layli 
va Majnun” tarjimalari ham poyoniga yetdi. Ular Ozarbayjon 
madaniyati markazi m ablag‘i hisobiga oz nusxada b o ‘lsa-da 
ketma-ket nashr etildi. Shunda meni kutilmaganda Bokuga taklif 
etishdi. 
Buni 
tarjimalarim 
manzur 
bo'lganiga 
yo‘ydim. 
Darhaqiqat, shunday b o ‘lib chiqdi. 
Alisher Navoiy nomidagi 
0 ‘zbek tili va adabiyoti universitetining ikki ustozi Gulbahor 
Ashurova bilan professor Roza Niyozmetova menga hamrohlik 
qilishdi. Bizni Boku tayyoragohida gullar bilan kutib olishdi. 
Tadbirga boshdan-oxir Ozarbayjon milliy majlisi Fan, ta ’lim,
97


madaniyat va adabiyot qo‘mitasi raisi, adiba va olima G ‘anira 
Poshshaeva rahbarlik qildi.
Boshlab faxriy qabriston va shahidlar xiyobonini ziyorat 
qilib u yerda yotgan ulug insonlar ruhiga bag‘ishlab Q o‘r ’on 
tilovat ettik. Shundan so‘ng,birinchi uchrashuvimiz mashhur 
YevroOsiyo universitetida bo‘lib o ‘tdi. Talabalar mening 
she’rlarimni ozariy tilda yod aytishdi. Meni Universitet Faxriy 
doktori unvoni bilan taqdirlashdi. 
Keyin tadbir Ozarbayjon 
Fanlar akademiyasi N izom iy nomidagi Adabiyot institutiga 
ko‘chdi. “Jamol Kamol va Ozarbayjon adabiyoti” mavzuida ilmiy 
konferensiya tashkil etilib, ozariy do‘stlarimiz “Xamsa”dan qilgan 
tarjimalarim xususida m a’ruzalar o'qishdi, Baxtiyor Vahobzoda, 
Xalil Rizo kabi atoqli Ozarbayjon shoirlari bilan mening ijodiy 
hamkorligim 
haqida 
to ‘lib-toshib 
gapirishdi. 
M ening 
hamrohlarim, olim a qizlarimiz ham yaxshi chiqishlar qilishdi. 
Majlisga raislik. qilgan Ozarbayjon Fanlar akademiyasining vitse- 
prezidenti Iso Habibeyli muallimning bir so‘zi xotiramda 
naqshlanib qoldi. “Xamsa”-ku “Xamsa”, - dedi u, - bitta 
“Sharafnoma” dostonini tarjim a etishning o ‘zi shoir-taijimon 
uchun naqadar buyuk sharafdir!”
Keyin “Sharafnoma”ni tarjima qilib, bu gapning bejiz 
aytilmagariinga o'zim ishonch hosil qildim. “Xamsa” dostonlari 
orasida “Sharafnoma” eng buyuk, eng qudratli doston degan 
xulosaga keldim.
0 ‘sha konferensiya oxirida, menga so‘z berishganida 
X udo ilhom berib, men ham xayolim ga kelgan bir gapni aytdim: 
“Aziz qardoshlar,- dedim m e n b u g u n yo‘l-yo‘lakay bahri Hazar 
sohilida 
osmonlarga 
yuksalio, 
hilpirab 
turgan 
muqaddas 
bayrog‘ingizni k o ‘rdim. Ozarbayjonning istagan burchagidan uni 
k o ‘rish mumkin, deyishdi. Azizlar, boshingiz uzra yana bir 
yuksak bayrog‘mgiz borki, uni dunyoning istagan burchagidan 
ko‘rish mumkin. Bu - Shayx Nizomiy Ganjaviydir!” Majlis ahli 
oyoqqa turib, uzoq olqishladi.
Ertasi 
kur, 
televidenieda 
biz 
uchun 
uyushtirilgan 
ko‘rsatuvda ishtiiok etdik. Abadiy qon-qardoshligimiz, adabiy
98


birodariigimiz haqida, Nizomiy va Navoiy ustoz-shogirdligi 
haqida so‘zladik. So‘ngra Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasiga 
taklif etildik. U yerda rneni uyushmaning faxriy a ’zoligiga qabul 
qilishdi.
Ozarbayjon milliy kutubxonasida bo'lgan uchrashuv 
yanada baland ruh va shukuh ichida kechdi. Kutubxonaga o ‘z 
tarjimamda 
Mavlono 
Jaloliddin 
Rumiyning 
“Masnaviyi 
m a'naviy”si, Shayx Fariduddin Attorning “M antiq ut-tayr”, 
“llohiynoma” kitoblari va “Saylanma asarlarim”ning birinchi 
jildini taqdim etdim, Yig‘in oxirida G 'anira Poshshaeva menga 
yuzlanib, kutilmaganda: “Ustoz, Siz yuzga kiring, Sizning yuz 
yoshingizni Qorabog‘da nishonlaymiz”, - deganida zal oyoqqa 
turdi, men yuzlarga ko‘zlarga boqib, Qorabog4 dardi-hasrati bu 
xalqning qalbiga kanchalar chuqur ildiz otgani, yuraklarga tosh 
bulib botganini his etdim. K o‘zlarimdan yosh chikib ketdi. 
“Omiyn, - dedim, - o ‘shanday kunlarga yetkazsin!” Muni 
qarangki, duolarimiz ijobat bo 1 lib, Ozarbayjon yo‘qotgan 
tuproqlami qaytarib oldi. Istilochilar Q orabog'dan haydaldi. Bu 
buyuk g ‘alaba bilan Ozarbayjon xalqi har qancha faxrlansa, 
arziydi. Bu go‘zal va jafokash xalqni biz qardoshlar yuksak 
g ‘alabasi bilan har qancha olqishlasak oz.
Keyin Ozarbayjon respublikasi Prezidenti huzuridagi 
tarjima markazida suhbat bo‘ldi. Kechqurun buyuk bobomiz 
Navoiy hazratlari haykali poyiga gullar qo £ydik. Safarimiz qaridi. 
Erta tongda bizni yana gullar bilan kuzatib qo'yishdi.
Samolyotda 
qaytayotib, 
o ‘yladim. 
Bu 
qadar 
mehmonnovozlik, 
hurmat-e’tiborga 
bois 
nima? 
0 ‘ylab, 
m a’nosiga yetganday bo ‘ldim. Men, keksa bir shoir sakson 
yoshimda Nizomiy “Xamsa”sining uchta dostonini o ‘z vazni, 
bahriga solib tarjima qildim. Charchab qolmadimmi? Qolgan 
uchta dostonni ham qiyomiga yetkazib tarjima qilish uchun kuch- 
g ‘ayrat kerak. Bu tadbir shoir-tarjimonga yangi kuch, yangi ruh 
bag‘ishlash uchun tashkil etilmadimi? Chindanam Ozarbayjon 
safari dan 
ruhlanib 
qaytdim. 
Q izg‘in 
taassurotlar 
ostida 
“Ozarbayjon” degan qasida yozdim. Adabiyotshunos olima
99


qizimiz Gulbahor Ashurova uni dastlab Haydar Aliev nomidagi 
Ozarbayjon Madaniyat markazida, keyin Ozarbayjon Fanlar 
akademiyasining yuz yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda 
o ‘qib, olqishlarga sazovor bo ‘Idi. 0 ‘mi kelganda aytay, shayx 
Nizomiy “X am sa”sming barcha dostonlarini Gulbahor Ashurova 
nashrga tayyorladi va mubarrirlik qildi. Unga chin yurakdan 
rahmat deyrnan, hazilakam xizmat emas bu!
Tarjima ishlarim yurishib ketdi. “Xamsa”ning qolgan uch 
doston tarjimasini ham bitirdim va ular kichik adadlarda nashr 
etildi. Bir kuni umr yo‘ldoshim rahmatli Vohidamning qabri 
boshida edim. Telefon jiringlab qoldi. Eshitsam, tanish ovoz.
Qaerdasiz? - so‘radi Gulbahor.
-
Yunusoboddaman, - dedim.
Ozarbayjon M adaniyat markazidan Sizga kitob 
keltirib, D o‘rmonda eshigingiz oldida kutib turishibdi. Nima 
qilishsin?
Q o‘shmmga tashlab ketishsin, - dedim. Do‘rmondagi 
hovlimga qaytdim. Q o'shnim Roziyaxon bir boylam kitob kiritib 
berdi. Boylamni ochib, ko‘zlarimga ishonmadim. Bu Bokuda 
o ‘zbek tilida nashr etilgan Shayx Nizomiy “Xamsa”sining olti 
kitobdan iborat jam lanm asi edi. “Xamsa” mening tarjimamda oz 
sonda bo‘lsa-da Toshkentda nashr etilgani ustiga Bokuda ham 
nashr etilgan edi. Mana sizga himmatu olijanoblik! Men uchun 
kutilmagan katta quvonch, syurpriz edi bu... Darhol Samir 
Abbasovga qo‘n g ‘iroq qilib quvonchim, tashakkurimni izhor 
etdim.
Keyin 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi 0 ‘zbek tili, 
adabiyoti va folklori institutida ozariy qardoshlar ishtirokida 
kitobning kamtarona taqdimoti boMib o ‘tdi. Holbuki, “Ummul 
Xamsa”, “Xamsa” lar onasi” deb Sharqda dong taratgan bu buyuk 
asaming sakkiz asrdan keyin o ‘zbek tiliga to ‘liq tarjima etilib, 
kichik adadda b o isad a , nashr qilinishi, adabiyotimizda quvonchli 
voqeadir.
Alisher Navoiy hazratlari go‘zal tu.rk.iyda insho etilgan 
“Xamsa” 
dostonlarida har safar aziz us'tozlari Amir Xusrav
100


Dehlaviy, 
Abdurahmon 
Jomiyga 
hurmat-ehtirom 
izhor 
etishlaridan oldin Shayx N izom iy ruhiga yukinishlari bejiz emas. 
“Men avvalo, Nizomiydan o ‘rgandim, unga ergashtim, ul Zoti 
sharif oldida burchliman” - deydilar buyuk bobomiz. Baski, 
xazrat Navoiy burchliman desalar, A lisher Navoiy nomidagi 
O 'zbek tili va adabiyoti universiteti ham Shayx Nizomiy oldida 
burchlidir. Oiiyhimmat k o ‘rsatganlarga himmat ko'rsatib, javob 
berish bizning ham odatimizga kiradi. Daho 
shoiming shoh 
asarini yetarli adadda, yuksak sifat ila xalqimizga taqdim etib, 
o ‘qib-o‘rganish, ilmiy tadqiqot doirasiga tortish - sharafli 
vazifamizdir. Bu xayrli ishga universitet rahbariyati bosh-qosh 
bo‘lsa, ilmiy jam oa o ‘zini safarbar etsa, ayni muddao boMur edi.
So‘zimning oxirida shayx Nizomiy Xamsasidan bir parcha 
keltiraman. Buyuk shoir, aqlu tafakkurga suyangan inson 
samovotga chiqib, koinotni zabt etishini bashorat qiladi. Bunga 
qoyil qolmay ilojingiz yuq!

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish