“ MAXZANUL ASROR” DOSTONI HAQIDA
“Maxzan ul-asror”
(“Sirlar xazinasi”)
-
Nizomiy
“Xamsa”sining ilk dostoni bo‘lib, u hijriy 572 - milodiy 1175Y76
yilda yozib tugallangan.24 Bu haqda asar nihoyasida shoiming
o‘zi shunday yozadi:
Etsam agar oy sanasin oshkor,
Kun yigirma to‘rtu a w al bahor.
Yil esa hijratdin o ‘tib ul zamon,
Besh yuzu yetmish iki erdi hamon.
“Maxzan ul-asror” mashhur m utasavvif adib Hakim
Sanoiyning “Hadiqat ul-haqiqa” (“Haqiqat b o g 'i”) dostoniga
nazira tarzida bitilgan boMsa-da, u kabi xafif bahrida emas, balki
sare’i musaddasi matviyi maqsur (mavquf) vazni (muftailun
muftailun foilun
( - V V - \ - V V - \ - V - )da yaratilgan
boMib, 2264 bayt (4528 misra)dan iborat. U ijtimoiy-falsafiy,
axloqiy-ta’limiy doston boTib, so‘fiyona ruhdan xoli emas. Asar
yagona syujet chizigMga ega emas. U 59 bob: 18 muqaddima, 20
maqolat va ularga ilova tarzida keltirilgan 20 hikoyat va
xotimadan iborat. Ular: ikki munojot, Payg‘ambar vasfi, m e’roj
ta’rifi, to 'rt n a ’t, Bahromshoh madhi, o ‘zining ta ’zim adosidagi
so‘zi, asaming maqomi va martabasi haqidagi fikri, so‘z fazilati
bayoni, nazmning nasrdan afzalligi, ikki xilvat va ulaming ikki
samarasi, tungi ishrat xususida, yigirmatadan maqolat va hikoyat
va xotima. Muqaddima qismlar garchi Sharq dostonchiligi
an’analariga ergashib yozilgan b oisa-da, so‘z fazilati, nazm va
nasr qiyosiga bag‘ishlangan boblar hamda ikki xilvatda
muallifning dasturilamal xarakteridagi fikr va qarashlari ilgari
surilgan. Maqolatlarda esa u insonning yaratilishi, hukmdorlik va
adlu insof, dunyo hodisalari, shoh va xalq munosabati, keksalik
va yoshlik, insoniylik fazilat lari, yaratilish mohiyati, dunyoning
24 Bu haqda qarang: Ochilov E.Ko‘ngiJ olamiga sayohat. Nizomiy Ganjaviy
“Xam sa” asari, Bako-2021, 3-B.
55
bevafoligi, uning
mazammati, tarkidunyo va tirikchilik
tashvishlari dan najot topish, oxirzamon alomatlari, g'allat
tanqiidi, hasadgo‘ylar malomati, maslak yo ‘lida sobitlik, ibodatu
tajrid, munofiqlarni yozg‘irish, oxirat bilan yuzlashish, zamon
ahlining beadabligi kabi mavzularda bahs yuritadi. Shoir avval
mavzuga oid o ‘z fikru qarashlarini bayon etib, keyin so‘zlarining
tasdig‘i uchun hikoyat keltiradi. Shu tariqa, m uallif o ‘quvchini
o ‘z sirlar xazinasiga “taklif etar ekan, uni jamiyat va inson
hayotining biri oshkor, biri pinhon sirlari bilan yaqinroq
tanish'drishni maqsad qilib qo ’yadi. Binobarin, “Maxzan ul-
asror’'ni shoim ing hayotiy kuzatishlari asosidagi falsafiy, ijtimoiy
va axloqiy qarashlarining badiiy majmuasi deyish mumkin”25.
“M axzan ul-asror” - Nizomiyning A llo h - Olam-Odam
munosabatlari borasidagi k o ‘p yillik kuzatishlari va tafakkuri
natijasida anglaganlari, hayot mohiyati va inson umrining
mazmuni xususida o ‘ylaganlari, ideal jam iyat va komil inson
haqida istaganlarining badiiy obraz va timsollar vositasidagi
nazrniy talqinidir.
Inson-hayot-jam iyat haqidagi
qarashlari
darj
etilgan
k o ‘ngil daftaridir.
Ayni jihatdan, “Maxzan ul-asror” - shoirning o ‘ziga xos
hayotnomasi, avlodlarga esa yo'riqnomasidir.
Dunyoning barcha donishmandlari kabi, Nizomiyni ham
dunyoning mohiyati, hayotning mazmuni, insonning jamiyatdagi
o ‘rni, turli insoniy fazilat va illatlar kabi azaliy va abadiy
muammolar
qiziqtirgan,
qiynagan,
tafakkur
ummoniga
cho‘mdirgati. Ayni hayotiy masalalar, odamlararo munosabatlar,
inson xilqatining turfa tuslanishu turlanishlari to ‘g‘risidagi
qarashlarini
turli
mavzularga
ajratib,
doston
tuzilishini
shakllantiradi. Diqqat qilinsa, adolatli jamiyat, odil hukmdor,
komil inson tushunchalari shoir qarashlarining markazida turadi.
Bu yo’lda asosiy to ‘siq b o ig a n dunyo va insoniy illatlar tanqidi
dostonda muhim o ‘rin tutadi. Asarda asosiy e ’tibor dunyo
25
Эркинов С., Ганихонов М. Низомий Ганжавий. - Тошкент:
“Фан”, 1992. 20-бет.
56
mazammati va insoniy illatlar tanqidiga yo’naltirilganligi bejiz
emas. Y iginna maqolatdan beshtasi, ya’ni to itd a n biri dunyoga
bag‘ishlangani bejiz emas: “Dunyo hodisalari xususida” (3-
maqolat), “Dunyo tashvishlaridan
qutulish bayonida” (9-
maqolat),
“Dunyoning
bevafoligi bayonida”
(11-maqolat),
“Tuproq manzili bo‘lmish dunyoga vido aytish” (12-maqolat),
“Dunyoga ta ’na-malomat yog'dirish” (13-maqolat).
Insonning
yaratilishi, tabiati, fazilat va illatlari bilan esa o ‘n uch maqolat -
asaming teng yanni bogMiq deyish mumkin: “Odam Atoning
yaratilishi
xususida” (1 -maqolat),
“ KeksaLik vasfida” (5-
maqolat),
“M avjudot
e ’tibori
bayonida”
(6-maqolat),
“Odamiylikning butun
xilqatlardan ustunligi” (7-maqolat),
“Yaratilish
bayonida” (8-maqolat), “Oxirzamon
alomatlari
bayonida” (10-maqolat), “G ‘aflatga malomat yog‘dirish” (14-
maqolat), “Hasadgo‘ylarga malomat yog’dirish” (15-maqolat),
“Maslak yo ‘lida jadai olg‘a bosish bayonida” (16-maqolat),
“ lbodatu tajrid bayonida” (17-maqolat), “Munofiqlarga malomat
yog'dirish” (18-maqolat), “Oxirat ila yuzlashuv bayonida” (19-
maqola), “Zamondoshlarning beadabligi bayonida” (20-maqolat).
Aslida qolgan barcha boblar ham u yoki bu darajada inson bilan
bogMiq. Shoh-xalq-jam iyat-adolat masalalari ham dostonning
tayanch qismlaridan hisoblanadi: “Insof, adolat himoyasida
shohga pandu nasihat” (2-maqolat), “Podshoning raiyatga husni
rioyati bayonida” (4-maqolat). Lekin “Noumid podsho va uni
Alloh afv etgani hikoyati” (I-maqolat), “Sulaymon va dehqon
hikoyati” (3-maqolat), “ Faridun va ohu hikoyati” (7-maqolat),
“Zolim podsho va rostgo‘y kishi hikoyati” (14-maqolat), “Yosh
shahzoda va uning keksa dushmanlari hikoyati” (15-maqolat),
“Jamshid va uning xos mahrami hikoyati” (18-maqolat), “Horun
ar-Rashid va sartarosh hikoyati” (19-maqolat) kabi hikoyatlar
boshqa m aqolatlar ham ayni mavzudan ayri emasligini k o ‘rsatadi.
Shu bilan birga, muqaddima boblar hamda “Odam Atoning
yaratilishi xususida” (1-maqolat), “Yaratilish bayonida” (8-
maqolat), “Oxirzamon
alomatlari
bayonida” (10-maqolat),
“ lbodatu tajrid bayonida” (17-maqolat), “Oxirat ila yuzlashuv
57
bayonida” (19-maqolat) va dunyo bilan bogMiq maqolatlar,
“Noumid podshoh va uni Alloh afv etgani hikoyati” (1-maqolat),
“Tavbabuzar zohid hikoyati” (9-maqolat), “ Iso alayhissalom
hikoyati” (10-maqolat), “Sohibnazar m o‘bad hikoyati” (11-
maqolat), “Hoji va soTiy hikoyati” (13-maqolat), “Pir va murid
hikoyati” (17-maqolat) kabi hikoyatlar asaming diniy-tasavvufiy
asoslari ham mustahkamligidan dalolat beradi. “Nizomiy hayotda
nima muqaddasu nima fahsh, inson nima uchun intilmogM,
nimani rad qilm og‘i kerak degan savollami o ‘rtaga qo‘yar ekan,
bu savollarga javob berishda Q ur’on suralariga murojaat qiladi,
hadislami asos qilib oladi, o‘zining uzoq yillik hayotiy
kuzatishlari dan kelib chiqadi”26.
Jaloliddin Rumiyning 6 kitobdan iborat “Masnaviyi
m a’naviy” nomli muazzam asari, Farididdin Attorning “Mantiq
ut-tayr”,
“ Ilohiynoma”,
“Asromoma”,
“Ushtumoma”,
“ Bulbulnoma”, “ Pandnoma”, Hakim Sanoiyning “Sayr ul-ibod”,
Mahmud Shabustariyning “Guishani roz” singari forsiy so'z
san’ati durdonalari tarjimasida qalami qayralib, malaka va tajriba
hosil qilgan, mumtoz adabiyotning mohir tarjimoniga aylangan
0 ‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol “Maxzan ul-asror”ni ham
o ‘zi yaratilgan sare’i musaddasi matviyi maqsur (mavquf)
vaznining ayni o ‘zi bilan tarjima qilib, taijimada shakl va
mazmun birligiga erishgan. Chunonchi:
Beh, ki suxan \ deф isan- \ d-ovari,
To suxan az
da-ast balan- d-ovari.
- V
V -
\ - V
V -
\ — v —
Yaxshi erur
\ so‘zni pisan- \ d aylasang,
So‘-o‘z maqo-
\ mini balan-
\ d-aylasang.
muftailun
\ muftailun
\ foilun
Bizda o‘tmish shoirlari asarlarini amzda tarjima qilish talab
etiladi. Chunki biz aruzdan butkul uzilib kctganimiz yo‘q.
Binobarin, J.Kamolning asarni o 4z an'anaviy vaznida taijima
qilishi o ‘zini oqlagan. Ayni paytda, dostonni o ‘z vaznida taijima
26
Эркинов С., Г'анихонов М. Низомий Ганжавий. - Тошкент
“Фан”, 1992. 21-бет.
58
qilish mutarjimga muammo tug‘dirmaganidek, uni o‘z vazniga
solib o ‘qish o‘quvchiga ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki bu
vazn ohang jihatidan 4x4x3 turoqli 11 hijoli barmoq vazniga
yaqin va uni ayni vaznga solib o ‘qish mumkin:
4
4
3
Ahli qalam \ cheksa-da so'z \ ranjini,
So‘zda ochur \ ikki jahon \ ganjini.
Badiiy tarjimada so‘z!ami
emas, balki
ular qatida
yashiringan m a’noni tarjima qilish muhim hisoblanadi. Lekin bu
talab sobzm a-so'z tarjimaning ahamiyatini butunlay inkor
etmaydi. Matn imkon bergan o ‘rinda so ^ m a -so 'z tarjima ham
kerak, b a ’zida hatto zarur ham. Chunki so‘zm a-so‘z tarjima
imkoniyati mavjud bo‘lgan holda so‘zni aylantirishga, aniq-tmiq
anglashilib turgan m a’noni mavhumlashtirishga hojat yo‘q.
Xususan, yaqin va lug‘at tarkibida umumiylik kovp tillardan
tarjimada bu imkoniyatdan samarali foydalanish kerak.
Shu o'rinda ta’kidlash joizki, tarjimashunoslikdagi yaqin va
uzoq tillar tushunchasi tilshunoslikdagi ayni tushunchadan
farqlanadi. Agar tilshunoslikda bir oilaga mansub tillar yaqin
yoki qardosh, boshqa-boshqa oilaga mansub tdlar esa uzoq tillar
hisoblansa, tarjimashunoslikda tillaming uzoq-vaqinligi ulardagi
leksik jihatdan umumiylikning ko‘p yoki
ozligiga ko‘ra
belgilanadi. Chunki “qanday tildan bo‘lmasin.. badiiy asar
tarjimasida original lingvistik xususiyatlarining asosiy omili
sifatida leksika maydonga chiqadi”2'. Bu bejiz emas. Negaki,
adabiyot so‘z san’ati, badiiy matnning asosida esa so‘z > otadi.
M a’lumki, o'zbek tili turkiy, tojik tili esa eron.iy tillar
oilasiga mansub. Boshqa-boshqa oilalarga mansubligi j.'hatidan
ular o'zaro uzoq tillar hisoblanadi. Lekin asrlar
m o b a y n id a
bir
ju g ‘rofiy hududda yonma-yon yashab kelganlari, bir xil iqtisodiy-
ijtimoiy muhitda rivojlanganlari, xo‘jalik yuritish va turmush
tarzidagi umumiyliklar, tarixi, dini, ruhiyati va madaniyatidagi
27
Исомиддинов 3. “Алдокчи сузлар” билан бахс \\
Таржима
санъати ( Маколалар туплами). 5-китоб.
-
Тошкент: Гафур i улом
номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1980. 154-бет.
59
mushtarakliklar, adabiyot va san’atining yagona an’analar asosida
taraqqiy etgani bu ikki xalqning tili mutlaqo boshqa-boshqa
oilalarga
mansubligiga
qaramay,
ularda
har
tomonlama
uyg‘unlikning yuzaga kelishiga, leksik jihatdan umumiylikning
paydo bo'lishiga olib kelgan. J.Kamol forsiy til bergan bu
imkoniyatdan o ‘z tarjimalarida samarali foydalanadi: o ‘z o ‘mida
so‘zma-so‘z tarjima qiladi, o‘z o ‘rnida ijodiy. Jumladan, quyidagi
baytni so‘zm a-so‘z tarjimaning yorqin va go‘zal namunasi deyish
mumkin:
Har ki rahe raft, nishone bidod,
Har ki bade kard, zamone bidod.
Kimki yurar yo‘lga nishon bergusi,
Kimki yomon erdi, tovon bergusi.
Birinchi misra tarjimasi so‘zm a-so‘z asliyatga muvofiq.
Ikkinchi misra taijimasida esa “zamon” so‘zi “tovon” bilan
aimashtirilgan. Bunda “Yomonlik qilgan shu zamonning o ‘zida
jazosini oladi” degan fikr qofiya talabi bilan “Yomon kishi
yomonligining tovonini to‘laydi” tarzida biroz o ‘zgartirib tarjima
qilinganki, bu ham aslida “Yomon kishi jazosini oladi” degan
hikmatning ayni o ‘zidir.
Quyidagi bayt taijimasi xususida ham shunday deyish
mumkin:
Tan chi shinosad, ki turo yor kist,
Dil buvad ogah, ki vafodor kist.
Tan sira bilgaymi, senga yor kim?
Dil o ‘zi ogoh - vafodor kim?
Bu yerda birinchi misradagi “Tan qaerdan biladi?” degan
jum la “Tan sira bilgaymi?” deb olingani bilan bu ikki ibora
m a’no jihatidan o ‘zaro mushtarakdir.
Taijimon faqat asliyat mazmunini berishnigina emas, balki
uning badiiy go‘zalligini ham qayta yaratishni, asarning ta ’sir
kuchini ham saqlab qolishni va tarjimaning ham asliyat kabi
jaranglab chiqishi, boshqa zaminda gullab meva bergan nihol
60
kabi o ‘zga tiIda ham asliy tarovatini ko‘z-ko‘z qilishi, tarjima
o'quvchisining ham shuurini to‘lqinlantirib, ko ‘nglidan joy
olishiga erishishi kerakki, bunga faqat katta mahorat bilan amalga
oshirilgan ijodiy tarjima orqali yetishiladi. Jamol Kamol o ‘z
taijimalarida bunga astoydil harakat qiladi. Quyidagi bayt
tarjimasi buning yorqin namunasi:
Huqqa purovoz ba yak dur buvad,
Gung shavad chun shikamash pur buvad.
Baytning mazmuni: “Ichida birgina dur bo‘lgan sadafning
ovozi olamni buzadi. Holbuki, qomi durga to‘Isa, u gungga
aylanadi” . Bu “Bo‘sh idishning ovozi baland chiqadi, ichi to‘la
bo‘lsa, xomush tortadi” degan xalq maqoliga o ‘xshash hikmatli
so‘zdir. Taijimon o'zbek tilidagi nafis she’riyat tili uchun bir
qadar qo ‘pol tuyulgan “qorin” va “gung” so‘zlaridan voz kechib,
bayt mazmunini sof o ‘zbekcha va go‘zal ifcdalar vositasida qayta
shakllantiradi. Natijada chinakam o ‘zbekona tarjima dunyoga
keladi:
Huqqada bir dur esa, solgay nido,
Dur ila liq to ‘lsa, chiqarmas sado.
Badiiy
tarjimaning
antinomiyalaridan
biri
shundaki,
tarjimon matnga qanchalik yopishib olsa, uni so‘zma-so‘z tarjima
qilishga urinsa, asliyatdan shunchalik uzoqlashadi, aksincha,
rnatndan bir qadar chekinib, unga ijodiy yondashsa, muallifning
so‘zini emas, fikrini uqishga, asarning zohiriy m a’nosmi emas,
balki botiniy mazmunini aks ettirishga inti Isa, asliyatga shuncha
yaqinlashadi, go‘zal va mukammal taijima yaratadi. Chunonchi:
Quvvati ko‘he zi g ‘ubore maxoh,
Otashi dege zi sharore maxoh.
Baytning mazmuni: “Changdan tog‘ kuchini, uchqundan
o ‘choq o‘tini tilama” b o ‘lib, tarjimon ijodiy yondashuv asosida
ritorik so‘roq san’atini qo‘llash bilan m a’noning ham bir parda
baland va bir qadar ta’sirchan, ham o ‘zbek tilida jaranglab
chiqishini ta ’minlagan:
Quvvati tog‘ qayda, g‘ubor qaydadir?
Qayda o ‘ehoq o ‘ti, sharor qaydadir?
61
Tarjimashunoslikda
kompensatsiya
degan
tushuncha
mavjud. Bu tarjimonning tarjima jarayonida qurbon berilgan bir
tilga xos b o iib , ikkinchi tilga ko‘chirish qiyin b o ig a n ko‘p
m a’noli so‘z, ibora yoki badiiy san’atlaming o ‘mini boshqa biror
vosita bilan to ld irish g a urinishi. boshqacha aytganda, tovon
to lash i. Jumladan, quyidagi baytning mazmuni: “Sitam tilini
cho‘zib, uyim eshigini o ‘z muhri bilan b o g la d i” b o iib , asiiyatda
konkret ifodalangan obrazli bu iborani o ‘zbek tilida ifodalashga
qiynalgan taijimon uni umumlashtirib oladi, lekin buning evaziga
ikki karra tovon to lag an : ham qoyilmaqom o ‘zbekcha ifoda
topgan,
ham
tarse'
san’atini
qollagan
va
taijimaning
muvaffaqiyatini ta’minlagan:
Dar sitamobodi zabonam nihod,
M o‘hri sitam bar dari xonam nihod.
Qahru itob etdi yana qanchalar,
Ranju azob etdi yana qanchalar.
Jamol Kamolning tarjimon sifatidagi ibratli fazilati, uning
taijimalariga xos eng muhim xususiyat bu - ulaming asliyatga
shakl va mazmun jihatidan har tomonlama muvofiq b o lish
barobarida, o ‘zbek tilida xuddi original asar singari shirali til,
ravon uslub va jozib ohangda jaranglab chiqishidan iborat.
“Maxzan ul-asror”dan mutafakkir shoiming ko‘p yillik
hayotiy kuzatishlari, teran tafakkuri mahsuli b o ig a n har biri xalq
maqollariday jaranglovchi qator hikmatli so‘zlari ham o ‘rin
olganki, J.Kamol ularni ham qiyomiga yetkazib taijima qilgan.
Masalan:
Do‘stii har ki turo ravshan ast,
Chun dilat inkor kunad, dushman ast.
Kim u asl do'st, senga ravshan erur,
Tortmasa ko‘ngling, o ‘sha dushman erur.
0 ‘zbek tilida jaranglab chiqqan shoiming quyidagi hikmatli
misralari ham o ‘quvchilar ko'nglidan jo y olishi shubhasiz:
62
Mayni sen ichguvchi, zaharda ne ayb?
Aybni sen etguvchi, dahrda ne ayb?
*
*
*
Qoida-qonunga yo‘q ersa qaror,
Baski buzilgaydi tamom ro ‘zgor.
*
*
*
Dushmani donoying etar qasdi jon,
D o‘st go‘lu nodon esa, andin yomon.
Aibatta, tarjima qator kamchiliklardan ham xoli emas.
Jumladan,
J.Kamol
tarjimalari
uchun
xos
bo'lgan
ikki
kamchilikni ayni tarjimada ham ko‘ramiz: biri - arxaik so‘zlarni
suiiste’mol qilish bo‘lsa, ikkinchisi
-
qofiya borasidagi
e ’tiborsizligi. T o‘g ‘ri, u qator tushunarsiz arabiy-forsiy so‘z va
iboralarga matn osti havolasida izoh beradi. Lekin izohsiz qolgan
bunday so 'z va iboralar ham oz emas. Shu bilan birga, ba’zi
misra va baytlarni tarjimasiz aynan qoldirib, matn osti havolasida
ularga izoh beradi.
She’ming butun
badiiy go‘zalligi, tarovati, jarangi,
ta ’sirchanligi qofiya bilan. “Maxzan ul-asror” tarjimasida Jamol
Kamol ко‘p lab pishiq-puxta, go‘zal, ta ’sirchan va ohorli
qofiyalami mahorat bilan topib qoMlagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |