55
Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari tijorat banklarining
likvidliligini oshirishga, pul bozorini tartibga solishga qaratilgan asosiy
vositalardan hisoblanadi.
Markaziy bankning ssudalari tijorat banklarining kutilmaganda yuzaga
keluvchi zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida beriladigan vaqtinchalik resurs
sifatida qarash lozim. Undan kredit hisob-kitob operatsiyalarning doimiy manbai
sifatida foydalanish bu instrumentning mohiyatiga ziddir. Shu sababli, rivojlangan
xorijiy davlatlarda, xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Avstriya va shu kabi
bir qator rivojlangan davlatlarda Markaziy bankning diskont siyosatini amalga
oshirishida miqdoriy cheklashlar joriy etilgan.
Germaniya amaliyotida maxsus lombard kreditlari ham vaqti-vaqti bilan
qo'llanilib turadi. Bunday kreditning o'ziga xos xususiyati shundaki, unga
to'lanadigan foiz stavkasi har kuni o'zgarib turishi va xohlagan vaqtda to'xtatilib
qo'yilishi mumkin.
Ko'pchilik rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSh, Germaniya,
Buyuk Britaniya va Frantsiyada Markaziy bankning qimmatli qog'ozlarni
emitentning o'zidan bevosita sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi,
balki kreditlash hisoblanadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog'ozlarini
to'g'ridan-to'g'ri sotib olish Davlat byudjetini kreditlash hisoblanadi. Hukumatning
qimmatli qog'ozlari kursini caqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy
operatsiyalar ham ochiq bozor siyosatiga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish
va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bog’liq bo’lgan qator
muammolarning mavjudligiga guvoh bo’ldik. Ulardan asosiylari fikrimizcha
quyidagilardan iborat:
1. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari bilan bog’liq muammolar.
Tijorat banklarining depozit operatsiyalari diversifikatsiyasi bo’yicha, muddatli
depozitlarning jami depozitlardagi nisbatan ulushini kamligi.
Muddatli depozitlarning tijorat banklari brutto depozitlari hajmidagi
salmog’ining kam bo’lishi, bank resurs bazasini yetarli emasligidan dalolat beradi
56
va banklarning kreditlash imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi. Bu esa,
o’z navbatida Monetar siyosatning makroiqtisodiy o’sish sur’atlari barqarorligini
ta’minlashdagi ahamiyatini pasaytiradi. Chunki tijorat banklarida depozitlar bank
passivlarining asosiy qismini tashkil etadi.Masalan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga,
O’zbekiston Respublikasi banklari passivlarining umumiy hajmida depozitlarning
salmog’i 66,4 foizni tashkil etadi
42
.
2. Mamlakatimizda monetizatsiya darajasini oshirish bilan bog’liq bo’lgan
muammolar.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni pulga bo’lgan talabini shakllantirish darajasi
2011 yilda 21,7 foiz bilan ta’minlangan bo’lsa, 2012 yilda bu koeffitsient 22 foiz
atrofida iqtisodiyotni pul mablag’lari bilan ta’minlash imkonini berdi. Bu esa,
xalqaro standartlarga muvofiq 30 foizni tashkil etmog’i lozim.
Ayrim o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida naqd pul muomalasi bilan inflyatsiya
darajasi o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bu esa, quyidagi omillarning
mavjudligi bilan izohlanadi:
- plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov amaliyotini
yanada takomillashtirish;
- naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amaliyotini yana mustahkamlash;
- naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasining katta ekanligi;
Naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirish muammosini
mavjudligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklari kassalariga naqd
puldagi tushumlarini o’z vaqtida va to’liq topshirmasligi naqd pullarning
banklardan tashqari aylanmasini yuzaga keltiruvchi sabablardan biri hisoblanadi.
Buning sababi shundaki, banklarga topshirilmagan naqd pullar noqonuniy
pul aylanmasini amalgam oshirishga xizmat qiladi, ko’pchilik hollarda, xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar naqd pullik to’lovlardan soliq tushumlarini yashirish
maqsadida foydalanishadi. Markaziy bank esa, naqd pullarning banklardan tashqari
aylanmasini aniq hisobga olish imkoniga ega bo’lmaydi. Bu esa, inflyatsiyani
jilovlashga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir
Do'stlaringiz bilan baham: