Оила психологияси


Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasining tutgan



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/136
Sana01.04.2021
Hajmi1,81 Mb.
#62313
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136
Bog'liq
oila psixologiyasi

Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasining tutgan o’rni 
Oilani  o’rganish  bo’yicha  psixologlar  tomonidan  kiritilayotgan  ko’pgina 
tendentsiyalar,  nazariy  takliflar,  nikoh  va  oila  modeli  mohiyatini  yaratishga  intilishlar 
oila  psixologiyasini  psixologik  bilimlar  tizimida  tutgan  o’rni  va  uni  dolzarb  ekanligini 
chuqurroq o’ylab ko’rishni taqozo etadi. 
XXI asrga kelib insoniyat oldida qanday qilib o’z yolg’izligini engishi, o’zga kishi 
bilan qanday qilib mustahkam, garmonik, ittifoq tuzish va qanday qilib bu ittifoqni uzoq 
yillar,  butun  umr  davomida  saqlash  kabi  muammolar  keskin  turibdi.  Bu  haqda 
S.L.Rubinshteyn  to’g’ri  fikrni  aytgan:  ―Inson  hayoti  asosini,  o’zagini  o’zga  kishi  , 
odamlarga  bo’lgan  munosabat  tashkil  qiladi.  Inson  ―yuragi‖  uning  boshqa  odamlarga 
bo’lgan  munosabatlaridan  to’qilgan;  uning  bahosi,  baholanishi  odam  qanday  insoniy 
munosabatlarga intilishiga qarab, odamlarga va o’zga kishiga qanday munosabat o’rnata 
olishiga  qarab  aniqlanadi.  Insonning  boshqa  odamlarga  bo’lgan  munosabati  asosida 
inson hayotini tahlil qilish psixologiyani asosiy yadrosini tashkil etadi‖. 
Oila  hakida  alohda  fan  yo’q.  lekin  oilaning  turli  jihatlarini o’rganish bilan 10 dan 
ortiq fanlar shug’ullanadi. Bu fanlar quydagilarni o’z ichiga oladi. Etnografiya - nikoh oila 
munosabatlarini xalqlar turmush tarzining bir tabakasi sifatida o’rganadi. 
Aholishunoslik - demografiya - aholining hamda uning asosiy bo’g’ini bo’lmish, oilaning 
turli xil muammolarni siyosiy-ijtimoy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar asosida o’rganadi. 
Iktisod fani bilan statistika fani, oila byudjeti oila ishlab chiqarishi, oilaviy iste’molni, 
mehnat taqsimotini, oiladagi xo’jalik iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish bilan shug’ullanadi. 
Psixologiyaning  vazifasi  -  asosan  nikoh-oila  munosabatlarida  namoyon  buladigan 
xissiyot, tasavvur urf-odatlarni ruhiy xodisalarning ijtimoiy tabiiy  manbalarini o’rganishdan 
iborat. 
Oila  pedagogikasi  -  oilaning  bolalarga  ko’rsatadigan  ta’sirini  oiladagi  tarbiya 
qonuniyatlari,  vositalarini  ota  yoki  onaning  bolaga  ta’siri,  oila  va  uning  boshka  tarbiya 
muassasalarining o’zaro munosabatini aniklashdir. 
Tibbiyot  fani  -  nikohning  fiziologik  jihatlarini  va  ularning  okibatlarini,  oilaning  oila 
a’zolari sogligiga ta’siri tadqiq qiladi. 
Xuquqshunoslik  -  oila  nikoh  va  oila  tug’risidagi  qonunlarni  va  oilaning  ijtimoiy 
xayotga  munosabatini  urganib  xukukiy  koidalarni  asoslab  beradi.  Oilaning  vujudga  kelishi 
uzok o’tmish bilan O’rta Osiyo xalklarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli patrearxal oila 
tarzida vujudga kelgan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chikarish jamoasi ham 
bulgan.  Shuning  uchun  oilaviy  munosabatlarga  xar  bir  oila  a’zolarining  xatti-xarakatlariga 
alohida e’tibor berilgan. Patriarxal oila, eramizdan oldingi bir ming yilliklarda vujudga kelgan. 
Uning rivojlangan davri eramizning birinchi asriga tug’ri keladi. Eramizning bir ming yilligi 
urtalarida kichik-kichik oilalar tarkib topa boshladi. 
Nikoh-bu  erkak  bilan  ayol  urtasidagi  muayyan  ittifokning  va  bu  ittifokning  jamiyat 
davlat tomonidan tan olinishi va ma’kullanishining tarixiy shaklidir 
Uzbekiston  Respublikasining  «Oila  kodeksi»  (1998  yil  30  aprelda  tasdiklangan) 2-bulim  3 
bobga  asosan  nikoh  tuzish  tarkibi  va  shartlari  masalalarini  yoritishga  karatilgandir.  Jamiyat 


 
22 
nikoh  vositasi  bilan  erkak  va  ayol  o’rtasidagi  tabiiy  munosabatlarni  tartibga  solib  turadi.  er-
xotin, ota-ona va farzandlar orasida ahlokiy majburiyatlar o’rnatadi. 
Nikoh  so’zi-  (arabcha-qo’shilish)  uzbek  tiliga  arablardan  kirib  kelgan.  Uzbekiston 
Respublikasi  Niko.x  va  oila  kodeksining  13-moddasiga  binoan  nikoh  fuqorolik  xolatini 
dalolatnomalarining ro’yhatidan o’tkazish yuklatilgan davlat organlarida kayd etiladi, shunday 
nikohgina  xukuk  va  majburiyatni  vujudga  keltiradi.  Uzbekiston  Respublikasida  nikohni 
uning ijtimoiy mohiyati, maqsadiga. ko’ra oilani mustaxkamlash ehtiyojini yosh avlodni ahloqi, 
sihat-salomatligini  xisobga  olib,  bir  qator  shartlarga  amal  kilgan  holda  tuzish  zarurligi 
belgilanadi: bu talablar nikohdan o’tish shartlari deyiladi 
a) Nikohdan o’tuvchi shaxslarning o’zaro roziligi (Uzbekiston Respublikasining Nikoh 
va oila kodeksi 17-moddasi) 
b) Nikoh yoshining belgilanishi (Uzbekyston Respublikasining Nikoh va oila kodeksining 18 
- moddasida 1 8-yosh yigitlar, 17-yosh qizlar). 
Xalkimizda  nikoh  eng  avvalo  arshi  a’loda  o’kilib,  keyin  erda,  degan  naql  behuda 
aytilmagan.  Ota-bobolarimizning  azaliy  tushunchalari  bo’yicha,  nikoh  ilohiy  axd,  oila 
muqaddasdir.  «Xotinlaringiz-ziroatlaringizdir»  deyiladi.  Kur’oni  Karimning  Bakara  surasi  - 
223  oyatida.  Nikohdan  o’tib  oila  qurishdan  asosiy  maqsad  inson  avlodining  davomiyligidir. 
Nikohga  kirishda  yanglishmaslik,  mustaxkam  oila  tashkil  topishga  olib  keladi.  Ahil  totuv 
yashash,  halol  mehnat  muxabbatga  asoslangan  oila  jamiyatning  munosib  avlod,  axloqi  pok 
jamiyat  ishiga,  taraqqiyotimizga,  mustakilligimizga  sadokatli  inson  tarbiyalab  etkazishda 
muxim rol o’ynaydi. 
Qadimdan  Sharq  oilalari  yigit-kizlarni  oilaviy  turmushga  tayyorlashga  alohida 
e’tibor  berganlar  yigitlar  alohida,  kizlar  alohida  maxsus  enaga-tarbiyachilar  tomonidan 
tarbiyalanganlar. 
Birlashgan  Millatlar  tashkilotining  qaroriga  binoan  1994  yil  «Xajaro  oila  yili»  deb 
e’lon  kilindi,  Respublikamizda  1998  yil  «Oila  yili,  1999  yil  «Ayollar  yili»  deb  e’lon 
kilindi. 
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek  oila  jamiyatning  negizi.  Bizning 
davlatmizni  ham  katta  bir  oila  deb  tushunish  mumkin  va  lozim.  Bunda  o’zaro  xurmat  va 
kattik tartib bulmasa, oilaning barcha a’zolari uz burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan 
ezgulik bilan mexr-okibat kursatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila 
turmush va vijdon qonunlari asosida kuriladi, uzning kup asrlik mustaxkam va ma’naviy 
tayanchlariga  ega  buladi.  Oilada  demokratik  negizlarga  asos  solinadi,  odamlarning  talab-
extiyojlari va kadriyatlari shakllanadi. Uzbeklarning aksariyati uzining shaxsiy farovonligi 
tug’risida  emas,  balki  oilasining  karindosh-uruglari  va  yakin  odamlarining, 
kushnilarining  omon-esonligi  tug’risida  g’amxo’rlik  qilishni  birinchi  o’ringa  quyadi.  Bu 
esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbini gavxaridir. Yurtboshimizning bu fikrlari 
o’zbek  oilasining  o’ziga  xos  xususiyatining  asosini  tashkil  etadi.  Yurtboshimizning 
traqqiyotida  jamiyatimiz  asosi-  o’zbek  oilalarining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma’naviy  xolatida 
muxim  rol  o’ynamokda,  chunki  oilalarnnsh  xar  tomonlama  yuksalishi  jamiyatning 
yuksalishi demakdir. 
Xuddi  shu  ma’noda  kelajagimiz  bo’lmish  yosh  avlod  va  uning  taraqqiyoti  davlat 
ahamiyatiga molik masaladir. Ikkinchi tomondan jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bulgan 
talabi ham kun sayin ortib bormokda. Ota-onalarning oilada bolalarni xar tomonlama etuk-
barkamol taraqqiyotiga oid layokatni oshirish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Uzbek 
oilasining dunyodagi boshka oilalarga uxshash tomonlari kup. lekin shu bilan birga uning 


 
23 
uziga  xos  jihatlari  ham  yo’q  emas.  O’zbek  oilalarining  uziga  xos  tomoni  -  xayo-iboning 
kuchliligidadir.  Ma’naviyatsiz  moddiy  farovonlikka  ham  umumtaraqqiyotga  ham  erishib 
bulmaydi.  Ma’naviy  qashshoqlik  milliy  tanazzulga  olib  boradi.  Nohalol  ayoldan  halol 
boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir. 
Oiladagi  psixologik  muhit  -  boshqa  har  qanday  gruppada  bo’lgan  qonunlardan 
tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabrokdir. Unda kishilar o’z hayotining 
ko’proq  qismini  o’tkazadi.  Ular  bir-birlari  bilan  ko’proq  samimiy  tuyg’ular  va 
munosabatlar  orqali  bog’langandir.  Oila  baxtining  asosida  oilaning  psixologik  muhiti 
yotadi.  Oilaning  psixlogik  muhitiga  er-xotinlarning  ham,  umuman  kishilarga  ham  oila 
a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi. 
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda erning o’ziga va xotiniga bo’lgan 
munosabatlarning  xususiyalarini  aniqlaganlar.  Ular  qiziqarli  faktlarga  ega  bo’ldilar. 
Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng 
muhimi  ularning  ikkalasi  ham  qiziqish  bilan  hisoblasha  bilishlarida  va  e’tibor  bera 
bilishlaridadir.  Er-xotin  katta  ijtimoiy  muammo  va  talablar  bilan  yashaydigan 
oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin. 
Oiladagi  qulay  axloqiy-psixologik  muhit  er-xotin  va  oilaning  boshqa  a’zolarida 
o’ziga  ishonish,  kishilarga  ishonish,  quvnoqlik,  vazminlik  kabi  fazilat  va  tuyg’ularni 
shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi. 
Psixologik  muhit  kishilarning  muvofiqligida  yanada  aniq  namoyon  bo’ladi. 
Kishilar  bir-birlari  bilan  muvofiqligi,  avvalo  hayotning  qadri,  qiziqishlari,  emotsional 
ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini 
tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha 
qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining 
muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir. 
Kishilarning  nomuvofiqligi  oila  a’zolariningg  bir-birlari  bilan  muomalada  va 
o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligidadir. 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish