Arrali jinning asosiy ish organi hisoblangan arrali tsilindr oralariga maxsus
qistirmalar qo’yilgan 80 yoki 100 dona arra diskalaridan yig’ilgan bo’lib, bir minutda 730
marta aylanadi. Bu tsilindr aylanganida uning arralari xom ashyo valigi bilan uzluksiz
uchrashib turadi va arra tishlariga ilingan yakka chigitli paxtalarni kolosnik panjara tomon
olib boradi.
Arra tishiga ilingan tolalarning bir qismi chigitdan ajralib kolosnik orasidan o’tib
ketadi. Yakka chigitli paxta esa qolgan tolalari bilan xom ashyo valigida aylanishini
davom
ettiradi, chunki chigitning ko’ndalang qirqimi kolosniklar ish qismi orasidagi
(oraliq)dan katta bo’lgani uchun u yerdan o’ta olmaydi. Uzib olingan tola esa arra tishida
jinning soplosi tomon keladi, bu yerda soplodan chiqqan havo oqimi ta’sirida arra tishidan
ajralib jinning bo’g’zi orqali batareyaning tolas trubasiga kelib tushadi, bu yerdan esa
batareya kondensoriga uzatiladi.
Soploning ustida o’siq kozirogi bo’lib, u toladan o’lik
va yirik iflos
aralshamlarning ajralishini rostlab turadi. Ajratilgan o’liklar va iflos aralashmalar o’lik
konveyeriga tushib, jindan tashqariga chiqib ketadi. Xom ashyo valigida yakka chigitli
paxta arrali tsilindr bilan bir necha marta uchrashgandan keyin
chigitdagi uzun tolalar
batamom ajratib olinadi. Tolasidan ajralgan chigitlar esa arralar orasidan kolosnik va
pastki nov orqali chigit konveyeriga kelib tushadi.
Xom ashyo valigining harakati, tolani ilib va uzib olish jarayonidan iborat.
Jinni ishga tushirishda kolosnik panjarani ko’tarib qo’yib, ta’minlagich
ishga
tushiriladi va jinning xom ashyo kamerasi chigitli paxta bilan to’ldiriladi. Kolosnik panjara
ko’tarilgan holatda turganda arra tishlari kolosniklar sirtidan chiqib turmasligi kerak.
Xom ashyo kamerasi chigitli paxta bilan to’lgandan so’ng ta’minlagichdan
tushayotgan chigitli paxta oqimi vaqtincha to’xtatiladi va kolosnik panjara astagina ish
holatiga keltiriladi. Bunda aylanib turgan arralar kolosniklar orasidan o’tib, jinning ish
kamerasiga 47 mm chiqib turishi kerak. Arraning xom ashyo kamerasidan chiqib turishini
rostlash bilan bir qatorda kolosnik panjaraning orqa tomoni bilan arralar orasidagi
qistirmalar tashqi yuzasi orasidagi zazor ham tekshiriladi.
Kolosnik panjara ish holatiga keltirilgandan so’ng xom ashyo kamersining ichidagi
chigitli paxta aylanib, xom ashyo valigini hosil qiladi. SHundan keyin ta’minlagich ishga
tushiriladi va chigitli paxta xom ashyo kamerasiga bir tekisda tushib turadi.
SHundan
so’ng jinlash protsessi uzluksiz davom eta boshlaydi.
Ta’minlagichdan bir tekis tushayotgan chigitli paxta xom ashyo valigining tashqi
tomonini hosil qilgan va tolasi ajratilgan chigitlar chigitli paxtaning yangi qatlami orasida
qolayotgani uchun xom ashyo valigi markaziga yaqinlashgan sari chigitdagi uzun tolalar
kamayib boradi. Agar arra chigitning hamma tolasini kolosnik panjaraning ish qismida
ajratib olsa, u chigitning umumiy paxta massasi bilan aloqasi yo’qoladi. SHuning
natijasida bunday chigitlar arralar orasidan kolosnik panjara ustiga tushib, undan
sirg’anib pastga tushib ketadi. Xom ashyo valigining aylanish tezligi arrali tsilindrning
aylanish tezligiga, xom ashyo valigining zichligi va uning tuzilish shakliga,
valik bilan
kamera yuzasi orasidagi ishlanish kuchiga, ta’minlash tartibiga va jinning ish unumiga
bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: