47
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
2021-yilda turli xil daromad guruhiga kiruvchi mamlakatlarning 60%idan
o‘rtacha yillik ta’lim byudjetlari COVIDdan keyin 4% ga o‘sgan. Ushbu ijobiy
tendensiyaga qaramay, 2021-yilda ta’lim byudjetini qisqartirishni kutayotgan
mamlakatlarning ulushi 2020-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.
Pandemiyaga qarshi ta’limni qo‘llab-quvvatlash choralari turli manbalar
hisobidan amalga oshirilgan: tashqi donorlar, ilgari ajratilgan yoki yillik byudjetni
qayta taqsimlash, hukumat tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar yoki ta’lim
byudjetidan mablag‘larni qayta taqsimlash. Hukumat tomonidan ajratilgan
qo‘shimcha mablag‘lar asosiy manba sifatida keltirilgan bo‘lsa-da, ammo bu
ko‘rsatkich ulushi daromadi kam bo‘lgan davlatlarda pasayish tendensiyasiga
ega bo‘lgani aniqlangan (6-2-rasm). Yuqori daromadli mamlakatlarning 85%idan
ortig‘i kam daromadli mamlakatlarga nisbatan 50% qo‘shimcha mablag‘ olgan.
Tashqi donorlardan ta’lim uchun moliyaviy yordam olish kam daromadli
mamlakatlar orasida keng tarqalgan. Kam daromadli mamlakatlarning
67% COVID-19 bilan bog‘liq ta’lim xarajatlarini qoplash uchun tashqi donorlardan
rivojlanish yordamini olgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqa daromad guruhidagi
mamlakatlar ulushidan ikki baravar ko‘pdir.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning
90%idan ko‘prog‘i boshlang‘ich va o‘rta ta’lim uchun qo‘shimcha davlat
mablag‘lari yoki resurslarini ajratish uchun kamida bitta aniq umumiy mezondan
foydalangan. Har bir daromad guruhidagi mamlakatlarning kamida yarmi ushbu
mezonni e’tirof etdi va daromadi o‘rtachadan kam bo‘lgan mamlakatlarning 75
%dan ko‘prog‘i bu mezon bo‘yicha mablag‘ ajratdi.
48
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Iqtisodiy tanazzulning oldingi davrlaridagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki,
byudjetni qisqartirish choralari yuzaga kelgan inqirozdan biroz vaqt o‘tib amalga
oshiriladi, chunki favqulodda turli sohalarga ajratilgan mablag‘lar, iqtisodiyot
va jamiyatni barqaror saqlashga yordam beradi. Kelgusida investitsiyalar
maktablar yopilgan davrda ta’lim oluvchilar orasida yuzaga kelgan ta’lim
yo‘qotishlarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus mezonlarga
va/yoki ehtiyojlarga asoslanib mablag‘ ajratish masofaviy ta’limning uzluksizligini
ta’minlashga yordam beradi. Ta’lim siyosati va dasturlarini moliyalashtirishda
tenglikni hisobga olish, muntazam va favqulodda byudjet mablag‘larini ajratish
orqali kapital mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga
yetib borishi va hamma uchun inklyuziv ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishi
mumkin.
O‘zbekiston:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus
pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy
ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5969-son farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra, iqtisodiyotni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, umumta’lim
maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun 800 mlrd. so‘m
mablag‘lari ta’minlanishi belgilab berildi.
Umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda umumta’lim
maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini
bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan
qat’i nazar, yillik ta’til olish imkoniyati taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |