88
1. Har bir olingan sintetik gen β-galaktozidaza fermentining 3'- uchiga ulanib - pBR322 vetor
plazmidasiga kiritilgan.
2. Bunday rekombinant plazmidalar bilan transformatsiyalangan
E. Soli
hujayralari
gibrid
oqsillarni (ximer oqsil) ishlab chiqarishgan, ular β-galaktozidaza va metioning orqali birikkan
insulining A va V peptididan tashkil topgan.
3. Ximer oqsilni bromsian bilan ishlov bergandan so‗ng
va S-peptidni proteolitik
parchalanishidan so‗ng insulin hosil bo‗ladi.
Shunday qilib mikrobga genni kiritish orqalizarur bo‗lgan gormonni olish mumkin. SHuni
alohida ta‘kidlash zarurki, 1 kg eritropoetin yordamida butun Er shari aholisini anemiyadan davolash
mumkin, 10 kg samatotropin esa ayollarni yoshartirishiuchun etarlidir.
GORMONLAR OLISHNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI
Inson o‗sish gormoni (somatotropin)
Somatotropin birinchi bo‗lib 1963 yilda gipofizning oldingi bo‗lagidan
ajratilgan va tozalab
olingan. Ushbu gormonni etishmasligi natijasida – gipofizar pakanalik (karlik) kasalligiga olib keladi
(5000 ta odamdan 1 tasida uchraydi).Gormon tur spetsifikligiga ega.
Inson o‗sish gormoni 191 aminokislota qoldig‗idan iborat.
Ushbu gormonni hayvonlar xom ashyosi gipofizdan oddiy usulda etarli miqdorda olib bo‗lmaydi.
Bitta gipofizdan tayyor farmatsevtik preparat hisobidan 4-6 mg gacha gormonni olish mumkin.
Pakanakilni davolash uchun yil dovamida xaftasiga 6 mg preparat kerak bo‗ladi.
-
genmuhandisligi preparati bir qancha ustunliklarga ega;
- katta miqdorlarda olish mumkin;
- gomogen bo‗lib, tarkibida viuslarni saqlamaydi.
Samatotropin sintezi birinchi bo‗lib 1979 yilda AQSH da Geddel
va xammualliflari tomonidan
amalga oshirilgan («Genentek» kompaniyasi).
1 ml kulturadan gormonning so‗nggi chiqishi 2,4 mkg ni tashkil etadi, bu digani 1 ta hujayraga
1mln. gormon molekulasi to‗g‗ri keladi digani.
Hosil bo‗lgan gomonning polipeptid zanjirining uchida metioning qoldig‗i bo‗lib, sezilarli
ravishda biologik faolikka ega bo‗lgan.
1980 yilda shu narsa isbotlab berildiki, genmuhandisligi yo‗li
bilan olingan somatotropin
gormoni nativ gormon faolligiga ega bo‗lgan.
1984 yilda «Genetek» (San-Fransisko) kompaniyasi tomonidan toksiklikka nisbatan ko‗p bor
olib borilgan klinik tadqiqotlardan so‗ng bakterial somatotropinni keng qamrovli ishlab chiqarishi
yo‗lga qo‗yildi.
1990 yilga kelib gormonning tannarxi
5 doll/birlikka
arzonlashdi.
Hozirgi vaqtda
gormon chorvachilikda uy hayvonlarini go‗shtini oshirishda, sut miqdorini oshirishda va h.k. larda
qo‗llanishni boshladi. Interferon birinchi bo‗lib 1957 yilda Londondagi Milliy tibbiyot institutida, virus
infeksiyalariga nisbatan turg‗un bo‗lgan omil sifatida kashf qilingan.
Virus ta‘siriga uchratilgan hayvon hujayralari muhitga virus infeksiyaga nisbatan turg‗unlikni
beruvchi omilni ajratishlari aniqlangan.
Bu omil virusni hujayrada kupayishiga to‗sqinlik qilgan (interferirlagan).
Do'stlaringiz bilan baham: