12-mavzu. Windows, Linux operatsion tizimlari va ularni kompyuterga o’rnatish



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#626248


12-mavzu. Windows, Linux operatsion tizimlari va ularni kompyuterga o’rnatish. 
Reja 
1.
Operatsion tizimning yangi turlarining imkoniyatlari. 
2.
Windows 7, 8, 10 operatsion tizimni kompyuterga o’rnatish. 
3.
Linux operatsion tizimni kompyuterga o’rnatish 
Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatish bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 
versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows 
operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud 
bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga 
Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida 
bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft 
ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz 
mumkin. 
Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan 
yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun 
yozmayotgan bo'lsangiz. 
1. Windows OT ning o'rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi 
Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So'ng rufus 
dasturining quyidagi bo'limlari haqida tushunchaga ega bo'lamiz: 
1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 
versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani 
kerak bo'ladi); 
2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini 
belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz, 
bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini 
o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz; 


3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda 
yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi (keyingi 
mavzularimizda bu haqda tushuntirib o'tamiz); 
4. Klaster o'lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096 
bayt bo'ladi; 
5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday 
bo'lishi shu yerda yoziladi
6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan. 
ESLATMA!!! Yuqoridagi barcha parametrlar siz Windows ning o'rnatuvchi paketini 
tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi va u yerdagi hech narsani o'zgartirish tavsiya etilmaydi. 
Rasmda ko'rsatilgan tugmani bosamiz 
Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko'chirib olgan Windows OT ining 
o'rnatuvchi paketini tanlaymiz 
Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz 


Bizda «fleshkamizda biron ma'lumot mavjud bo'lsa u o'chib ketishi» haqida 
ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud 
bo'lmasa «OK» tugmasini bosamiz. 
Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi 
yozilgan bo'ladi 
Mana endi bizda Windows OT ni o'rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi 
galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz. 
“BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo’lgan qurilmalarga 
nisbatan qo’llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida 
“PROM” yoki “Boot” terminlari qo’llaniladi. 
Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo’lsa, siz 
qo’rqmasdan “BIOS” terminini qo’llasangiz bo’ladi. 
«BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya'ni, siz 
kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o'rnatmagan bo'lsangiz ham sizning 
kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko'rish, 
qo'shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o'ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni 
o'rnatishini ta'minlab turishdir. 
“BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion 
tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi. 
BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga 
tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini 
birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni 
ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi. 
Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi 
firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga 
kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi: 
• F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и 
Lenovo noutbuklari uchun; 
• F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, 
Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun; 
• F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, 
Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun; 
• Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o'rnida qo'llaniladi; 
• F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida 
qo'llaniladi; 
• F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo'llanilishi mumkin; 
• Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo'lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini 
qo'llab ko'ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, 
Fn+F1, Ctrl+Ins 


BIOS odatda ko’k rangli, zerikarli muhitdir 
Hozirgi kunda zamonaviy ko‘rinishdagi BIOS lar ham keng tarqalmoqda 
Windows o’rnatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladi va 
u yerdan BOOT qismi topiladi. 
U yerda o’zimga kerakli disk/fleshkani 1-o’ringa qo’yamiz. 
1-o’ringa qo’yish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga 
qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlarda siz 1-o’rinda turga qurilma 
nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar ro’yxatini ko’rsatadi, siz shulardan o’zingizga 
keragini birinchi o’ringa qo’yasiz, birinchi o’rinda turgani esa tanlangan qurilmaning o’rnini 
egallaydi. 
Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F 
tugmalarda) amalga oshiriladi. Ya’ni, siz o’zingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysiz va 
yo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini o’zgartirasiz. 
Boshqa turdagi BIOS larda (“POST” yoki “Boot”) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi 
mumkin (F1 va F2; “+” va “-” va boshqacha tarzda) . 
Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterni 
yoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor 
bosamiz. 
Bizda Windows ni qaysi tilda o’rnatish haqida so’rov chiqadi. Shuni tanlab so’ng «Next» 
tugmasini bosamiz 


Bu oynada «Install» now tugmasini bosamiz 
So'ngra biz «Лицензионное соглашение» ga qabul qilaman deb galochkani belgilaymiz 
va «Next» tugmasini bosamiz 
Bu yerda Windows ni o’rnatish boyicha turini tanlimiz. Bizga boshidan o’rnatish 
kerakligi sababli biz «Выборочная» ni tanlimiz 
Windows OT o’rnatadigan joyni tanlaymiz va «Далее» tugmasini bosamiz 


So'ng bizda Windows OT ini o'rnatish jarayoni boshlanadi 
O’rnatish tugagandan so’ng bizga kompyuterimizning nomini kiritishimiz talab etiladi va 
o'zimiz istagan fon rangini tanlashimiz mumkin 
«Использовать стандартные параметры» tanlaymiz 
Foydalanuvchi nomi, parol va parol uchun kalit so'z kiritamiz (o'tgan darslarda yangi 
foydalanuvchi yaratishni ko'rgan edik. Bu yerda ham xuddi jarayonni bajaramiz) 


Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz 
Sozlamalar tugaganda so'ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo'ladi 
Buni amalga oshirganingizdan so’ng, «UltraISO» ishchi sohasining pastki qismida 
Windows distributivining fayllari joylashgan papkani tanlang va uning tarkibini (papkaning 
o’zini emas) ayni damda bo’sh turgan dasturning ustki o’ng qismiga olib o’tkazing. 
Agar yuqoridagi indikator «
Новый образ переполнен
» xabarini bergan holda 
qizarsa, shunchaki uning ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va DVD diskiga mos 


keluvchi 4.7 Gb o’lchamni tanlang. Keyingi qadam – avvalgi holatlardagi kabi: 
«
Самозагрузка» → «Записать образ жесткого диска
», qaysi fleshkani yuklanuvchi 
qilish lozimligi ko’rsatasiz va «Fayl obraza» maydonida hech nima ko’rsatmaysiz, u er bo’sh 
bo’lishi lozim, yozishda joriy loyiha qo’llaniladi. «
Записать
» tugmasiga bosasiz va 
birmuncha vaqtdan so’ng Windows’ni o’rnatuvchi USB fleshka tayyor bo’ladi. 
Bu «UltraISO» yordamida yuklanuvchi saqlash qurilmasini yaratishning barcha usullari 
emas, lekin fikrimizcha, ko’pchilik uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni amalda qo’llab 
ko’rish etarli bo’lishi kerak. 
Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish. 
Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda. 
Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur "Maykrosoft" firmasining Windows 
XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7 
tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin "Maykrosoft" 
kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli 
tizimning rivojlanib kelishi ham ma'lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida 
eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu 
notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy 
etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta 
yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston 
o'lkada chiqayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi) 
Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda. 
"Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz"-ida yangi 
operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib, 
shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda 
bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida 
yetarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket, 
izchillik bilan to'planib, yetishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz. 
Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi ma'lum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga 
mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni 
Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz. 
Amaliy qism. 
Live rejimda Fedorani o'rnatish. Live rejimda ishlaganimizda Linuxni kompyuterga 
o'rnatmasdan ishga tushiramiz. Kompyuterni live rejimdan keyin qayta yuklagan vaqtda tizim 
yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows tizimini yuklasak, tizim live rejimdan 
oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday holatda yuklanadi. Live rejimda ishlaganimzda 
Fedorani o'rnatmasdan uning qanday holatda bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Red Hat Enterprise 
Linux da live rejim taklif qilinmagan.
Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga o'tish oynasi 
chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga minimal RAM uchun bir 
necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 
10 soniya kutib turiladi (1.4-rasm). 1.4-rasm


Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, GNOME 
desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop Live Mediadan 
o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan 
holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi ochiladi (1.5-rasm).
Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop menegerini 
o'rnatishimiz kerak bo'ladi. III. NAZARIY MATERIALLAR 28 Tizimni qattiq diska o'rnatish. 
O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal 
bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi (1.6-rasm). 
1.6-rasm. 


Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir 
vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi (1.7-rasm).
1.7-rasm. 
Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi (1.8-rasm).
1.8-rasm. 
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash 
qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin (1.9).
1.9-rasm. 
Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka o'rnatamiz. Saqlash 
qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm).


1.10-rasm. 
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash 
qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi 
qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi (1.11-rasm).
1.11-rasm. 
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng 
tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan. Agar bizning 
kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash 
taklif etiladi (1.12-rasm).
1.12-rasm. 
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining 
tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan 
chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi 
bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi. Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar 
paketi, tizimni yangilash va tizimga hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm).


1.13-rasm. 
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi. GRUB (Grand 
Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, 
Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm).
1.14-rasm. 
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy 
holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda 
ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi. Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim 
qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga 
keladi (1.15-rasm).
1.15-rasm. 
Nazorat savollari:
1.
Linux qaysi tilda yozilgan?
2.
Shell interpritatori nima va u yadro bilan qanday ishlaydi?
3.
Dastur utilitalari nima?


4.
Linux file tizimi qanday ko'rinishda bo'ladi va sababi?
5.
Ko'pfoydalanuvchi tizim deganday nimani tushinasiz? 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish