367-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-
kitobini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo’yicha hisob-
kitob soliq agenti tomonidan o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga daromadlar
to’langan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi kunidan kechiktirmay taqdim
etiladi.
Agar ushbu Kodeksning
368-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo’lsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan
soliq summasi soliq agenti tomonidan byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi:
1) banklar, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno,
daromadlarni to’lash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan
kechiktirmay;
2) qolganlar tomonidan norezidentga daromadlar to’lanayotgan paytda.
368-modda.
O’zbekiston
Respublikasi
norezidentlarining ushbu Kodeks
46-moddasi uchinchi
qismining
5,
6,
7-bandlarida
ko’rsatilgan daromadlariga soliq solishning
o’ziga xos xususiyatlari
Ushbu modda, agar ushbu
Kodeks 46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-
bandlarida
ko’rsatilgan ustav kapitaldagi (jamg’armasidagi) aktsiyalar, ulushlar
(paylar), ko’chmas mulk, payli investitsiya jamg’armalarining investitsiya paylari
(bundan buyon ushbu moddada mol-mulk deb yuritiladi) O’zbekiston
Respublikasining norezidenti bo’lgan bir yuridik shaxs tomonidan O’zbekiston
Respublikasi norezidenti bo’lgan boshqa yuridik shaxsga, O’zbekiston Respublikasi
norezidenti bo’lgan jismoniy shaxsga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan hollarda
qo’llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etmagan
holdagi chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeks
46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-bandlarida
ko’rsatilgan
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish
summasining uni olish qiymatidan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan oshib ketishi
353
sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud
bo’lmagan taqdirda, soliqni to’lov manbaida ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya
qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezidenti
soliq agentiga mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud
bo’lgan taqdirda) ko’chirma nusxalarini taqdim etishi shart. Soliq agenti taqdim
etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks
46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-
bandlariga
hamda ushbu Kodeksning
365-moddasida
belgilangan stavkalarga
muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan kelib chiqqan holda soliq summasini
hisoblab chiqarishni va ushlab qolishni amalga oshiradi.
Soliq agenti olinayotgan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan
o’tkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar O’zbekiston Respublikasi norezidentining
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo’yicha soliqning
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi hisob-kitobini quyidagilarni
realizatsiya qilish chog’ida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim
etishi shart:
1) yuridik shaxs bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav
kapitalidagi (jamg’armasidagi) aktsiyalarni, ulushlarni (payni) realizatsiya qilishda
– mazkur yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati
organiga;
2) O’zbekiston Respublikasi hududida turgan ko’chmas mol-mulkni
realizatsiya qilishda – ko’chmas mol-mulk turgan joydagi davlat soliq xizmati
organiga;
3) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkiy majmua sifatidagi
korxonani realizatsiya qilishda – mazkur korxona ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi
davlat soliq xizmati organiga;
4) O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan
payli investitsiya fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishda – ishonchli
boshqaruvchi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan
olingan daromadlari bo’yicha soliqning hisob-kitobi O’zbekiston Respublikasining
norezidenti daromadni oladigan valyutada tuziladi. Hisob-kitobga mol-mulk oldi-
sotdi shartnomasining sotuvchi tomonidan taqdim etilgan ko’chirma nusxasi va mol-
mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo’lgan taqdirda)
ko’chirma nusxalari ilova qilinadi. Agar mol-mulkni olish qiymati hisob tuziladigan
valyutada ifodalanmagan bo’lsa, mazkur qiymat hisob-kitob tuzilayotgan valyutaga
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni olish sanasidagi kursi
bo’yicha qayta hisoblab chiqariladi. Davlat soliq xizmati organlari hisob-kitob
taqdim etilgan sanadan e’tiboran o’n ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli
shaxsi nomiga soliq summasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-
kitobni taqdim etish sanasidagi kursi bo’yicha milliy valyutadagi soliq summasini
ko’rsatgan holda to’lov xabarnomasini yozadi.
354
Soliq summasi olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi ro’yxatdan
o’tkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar byudjetga to’lanishi lozim.
Davlat soliq xizmati organlari soliq to’langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat
taqdim etilgan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning
vakolatli shaxsiga soliq to’langanligi to’g’risida ma’lumotnoma beradi,
ma’lumotnoma olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi
(rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladi.
Olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi
(rasmiylashtiruvchi) organlar soliq to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma
taqdim
etilgan
taqdirdagina
mulk
huquqini
ro’yxatdan
o’tkazishni
(rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.
Ushbu modda uchinchi – sakkizinchi qismlarining qoidalari aktsiyalarni
O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlarining birjadagi va birjadan tashqari
uyushgan bozorida realizatsiya qilish chog’ida qo’llanilmaydi.
Aktsiyalar va investitsiya paylari qimmatli qog’ozlarning birjadagi va birjadan
tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda O’zbekiston Respublikasi
qimmatli qog’ozlari bozoridagi hisob-kitob – kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof
etiladi.
Aktsiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari bo’yicha
savdolar yakunlari reestri asosida soliq agenti hisob-kitob–kliring operatsiyalarini
o’tkazish vaqtida realizatsiya qilingan aktsiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va
ushbu
Kodeksning
365-moddasida
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda sotuvchining pul
mablag’laridan soliqni ushlab qolishni amalga oshiradi.
Soliq summasi pul mablag’larini aktsiyalar va investitsiya paylari qiymatini
to’lash hisobiga bir vaqtning o’zida sotuvchining hisobvarag’iga pul mablag’lari
o’tkazilgan holda to’lov valyutasida byudjetga o’tkaziladi. Soliq agenti aktsiyalar va
investitsiya paylari sotuvchisining talabiga ko’ra bitim va ushlab qolingan soliq
summasi haqida ma’lumotnoma berishi shart.
Soliq agenti soliq xisob-kitobini taqdim etish muddatlarida soliqni hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq ushlab qolingan aktsiyalar va
investitsiya paylarining oldi-sotdi bitimlarining O’zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan shakldagi reestrini taqdim etadi.
Aktsiyalar va investitsiya paylarini olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar
mavjud bo’lgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobiga olingan joydagi davlat
soliq xizmati organlariga ortiqcha to’langan soliqni qaytarish to’g’risida ariza
taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aktsiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini
tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan
berilgan, bitim va ushlab qolingan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomaning
ko’chirma nusxasi ilova qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo’yicha ortiqcha
to’langan soliq summasini qaytarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
355
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |