O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

41-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi
Ushbu Kodeks maqsadlarida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan 
buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi 
(bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash 
uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok 
etishi ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi. 
Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aktsiyalarining bevosita shaxsga 
tegishli bo’lgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav kapitalidagi 
(fondidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli bo’lgan ulush shaxsning tanlangan 
yuridik shaxsda bevosita ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi.
Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda mazkur bevosita ishtirok etishi ulushini 
aniqlash mumkin bo’lmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik 
shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan 
yuridik shaxsda bevosita ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi. 
Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda 
bilvosita ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi: 
1) ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-
ketligi har bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi 
yuridik shaxsda bevosita ishtiroki orqali aniqlanadi; 
2) har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi har bir 
ketma-ketlikdagi bevosita ishtirok etishi ulushi aniqlanadi; 
3) har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik 
shaxslari uchun bevosita ishtirok etish ulushining ko’paytmasi topiladi; 
4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etishi 
ulushlarining barcha ko’paytmalari umumlashtiriladi. 


32 
Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy yoki yuridik shaxsning 
yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etishi ulushi ham 
aniqlanadi, bu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq 
ta’sis etilgan bo’lsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud 
yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi o’zga chet el tuzilmalarining sarmoyasida 
ishtirok etishga haqlidir. 
Yuridik 
shaxsda 
ishtirok 
etish 
ulushini 
aniqlashda 
O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko’pi bilan bir yil muddatga tuzilgan 
REPO shartnomasi doirasida olingan qimmatli qog’ozlarga egalik qilish orqali 
amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq REPO 
operatsiyasi deb e’tirof etiladigan operatsiya natijasida amalga oshirilgan ishtirok 
hisobga olinmaydi. 
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadlarida 
ushbu qimmatli qog’ozlar, agar REPOning birinchi qismi bo’yicha sotuvchi 
tomonidan sotilgan qimmatli qog’ozlar uning tomonidan REPOning boshqa 
operatsiyasi bo’yicha yoki qimmatli qog’ozlar qarziga doir operatsiyalar bo’yicha 
sotilsagina REPOning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotuvchi 
bo’lgan shaxsda hisobga olinadi.
REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki to’liq hajmda bajarilmagan, 
shuningdek REPO shartnomasi ko’pi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir 
yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushini aniqlash ushbu 
moddaning oltinchi va ettinchi qismlarida belgilangan o’ziga xos xususiyatlar 
hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O’zbekiston Respublikasi 
yoki chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qog’ozlar qarziga 
doir shartnoma doirasida ko’pi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qog’ozlarga 
egalik qilish vositasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu 
qimmatli qog’ozlar, agar qimmatli qog’ozlar qarziga doir shartnoma doirasida 
berilgan qimmatli qog’ozlar kreditor tomonidan qimmatli qog’ozlar qarziga doir 
boshqa operatsiya bo’yicha yoki REPO operatsiyasi bo’yicha olingan bo’lsagina, 
kreditor bo’lgan (qimmatli qog’ozlarni qarzga beradigan) shaxsda hisobga olinadi.
Qimmatli qog’ozlar qarziga doir operatsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarni 
qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki to’liq hajmda bajarilmagan, shuningdek 
qimmatli qog’ozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan 
taqdirda bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushini 
aniqlash ushbu moddaning to’qqizinchi va o’ninchi qismlarida belgilangan o’ziga 
xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik 
shaxsda ishtirok etishi ulushini aniqlashdagi qo’shimcha holatlar sud tartibida 
inobatga olinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish