O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

188-modda. Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil
qilishda foydalaniladigan axborot 
 
Transfert narxni belgilashda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va 
taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarini 
taqqoslashda) soliq nazorati o’tkazilayotganda O’zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo’mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 
1)
narxlar hamda O’zbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining 
kotirovkalari to’g’risidagi ma’lumotlardan; 
2)
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining so’roviga ko’ra 
e’lon qilinadigan yoki taqdim etiladigan O’zbekiston Respublikasi tashqi 
savdosining bojxona statistikasidan; 
3)
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat 
boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki 
xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa e’lon qilingan 
va (yoki) ommabop nashrlardagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning 
o’zgarish me’yorlari) va birja kotirovkalari to’g’risidagi ma’lumotlardan; 
4)
axborot-narx agentliklari ma’lumotlaridan; 
5)
soliq to’lovchi tomonidan tuzilgan bitimlar to’g’risidagi axborotdan. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan axborot mavjud bo’lmagan 
(etarli bo’lmagan) taqdirda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
quyidagi axborotdan foydalanadi: 


186 
1)
e’lon qilingan va (yoki) ommabop nashrlardagi hamda axborot 
tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish me’yorlari) va kotirovkalar to’g’risidagi 
ma’lumotlardan; 
2)
yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan 
ma’lumotlardan, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining ommabop nashrlarida 
yoki chet el nashrlarida e’lon qilingan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi yuridik 
shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining ommabop axborot 
tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi mazkur ma’lumotlardan. 
Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi ma’lumotlardan 
foydalanishga O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (O’zbekiston 
Respublikasi hududidagi faoliyati doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib 
keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi oralig’ini aniqlash uchun faqat 
taqqoslanadigan bitimlar tuzgan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining 
moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida rentabellikning bunday oralig’ini hisoblash 
imkoni bo’lmagan taqdirda yo’l qo’yiladi; 
3)
baholash ob’ektining O’zbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning 
baholash faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bozor 
qiymati to’g’risidagi ma’lumotlardan; 
4)
ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan. 
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi 
axborotdan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 
foydalanish huquqi cheklangan boshqa axborotdan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. 
Bunday cheklov o’ziga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
transfert narxni belgilashda soliq nazoratini o’tkazayotgan soliq to’lovchi 
to’g’risidagi ma’lumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda faqat hamma foydalanishi 
mumkin bo’lgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq to’lovchi to’g’risidagi 
ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, shuningdek ushbu 
Kodeksning 200-moddasiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq 
to’lovchi o’z faoliyati to’g’risidagi axborotdan tashqari hamma foydalanishi 
mumkin bo’lgan har qanday axborot manbalaridan foydalanishga haqli. 
Agar transfert narx belgilash chog’ida soliq to’lovchiga nisbatan soliq nazorati 
o’tkazilayotganda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ushbu soliq 
to’lovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan tuzilgan taqqoslanadigan bitimlar 
to’g’risidagi axborotga ega bo’lsa, bunday bitimlarni tahlil etiladigan bitim bilan 
taqqoslashda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bozor narxlarining 
oralig’ini aniqlash uchun ushbu axborotdan foydalanishga haqli.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish