2.2. Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati
Insoniyat uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 88 % i
yerga ishlov berish-dehqonchilikdan olinadi. 0 ‘tloq va yaylovlarda
yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari zimmasiga ularning yana
10 % i to‘g ‘ri keladi.
Taniqli ekolog olim J.Dorst (1968) ta‘kidlagandek: „Tuproq -
bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz). Hayot va Yer
yuzasidagi barcha tabiiy va sun’iy biogeotsenoz majmualaming
xatarsizligi oxir oqibatda Yeming eng yuza qismini tashkil etuvchi,
nihoyatda yupqa qatlami - tuproqqa bog‘liq”.
Qishloq xo‘jaligida tuproq asosiy ishlab chiqarish vositasi
hisoblanib, boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi: uni boshqa
vositalar bilan almashtirib boimaydi, chegaralanganligi, joydan -
joyga ko‘chirib bo'lmasligi, unumdorlik xususiyati, tugaydigan va
tiklanadigan (amalda tiklanishi qiyin) tabiiy resurs ekanligidir (0,5-2
sm tuproq hosil boiishiga 100 yil, 18 sm tuproq hosil bo‘lish uchun
1400-7000 yil kerak bo‘ladi). Inson salomatligida tuproqlar ta’siri
ancha sezilarli. Gistoplazmoz (infeksiyali qon kasalliklari) kasalli-
gini keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar qizil-sariq podzollashgan
tuproqli, issiq iqlimli, yog‘in miqdori yiliga 1000-2000 mm
hududlarda yaxshi rivojlanadi.
G‘arbiy Bengaliyaning ayrim qishloq hududlarida aholining
vabodan o‘lishi ham tuproq xarakteri bilan bog‘liq ekan. Eng yuqori
o‘lim darajasi gidromorf tuproqlar (allyuvial, delta, botqoqlashgan)
mintaqasida ro‘y berganligi aniqlangan. Chunki bunday sharoit vabo
infeksiyasining rivojlanishi uchun qulay bo‘lsa kerak13.
4 ^
Tuproqda sil, viabdr o‘lat, ichterlamaj bpselii^z
jboshqa
kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilafi %o4lishi: mumkin. .Twroqda turli :
kimyoviv elementlaming yetishmasligi yoki ko‘pligi insonlarda turli
kasalliklarga sabab bo‘ladi (yod-buqoq).
Tuproqning insonni davolovchi xususiyatlari (tuproqda yalang
oyoq yurish, loyqa suvda cho‘milish, balchiq bilan davolash va b.)
ham bisyor.
13 Krasilnikov, P , Carre, F. & M onlanarella, L (eds ) Soil geography and geostatistics. European Communities, 2008
135
Tuproqlaming turli foydali qazilma boyliklarni axtarishdagi
ahamiyat, ham muhim hisoblanadi. Tuproq havosi tarkibi orqali
nett, tabny gaz, radioaktiv elementlarni aniqlash mumkin (boshqa
usuh)
nni
tUpr° q tahIiIi or4ali aniqlanadi - metallometriya
Samtar - gigiyenik ahamiyati jihatidan tuproq biologik filtr-
lovchi vazifasini ham o ‘taydi. Undan zarur qurilish hom ashyolari
si i
j
aynm uy_ro‘zg ‘or mahsulotlari ishlashda foydalanish
azaldan ma lum. Har xil tusdagi tuproqlarga tikilish insonga zavq
beradi, ruhiyatini yengillashtiradi, charchoqni qochiradi.
Tuproqni ko‘zga surtish, uni tizzalab o'pish, musofirchilikda
yurganlar uchun qanchalar muqaddas ekanligini Mirzo Bobur
misolida ko‘n sh mumkin. Tuproq bir so‘z bilan aytganda Vatan
timsoh, sliunmg uchun uni „O na zam in” deb ataymiz. Demak
uning tarbiyaviy - m a‘naviy, ayniqsa vatanparvarlik tarbiyasidagi
ahamiyati ham cheksizdir. „Sen yerga boqsang, yer senga boqadi”
„Yerni tepma, gunoh bo‘ladi” degan hikmatlarda qanchalar pur
ma no mujassam. Tuproqda gap ko£p. U ham diniy, ham dunyoviy
mazmunga ega. Afsuski, hozircha fan uning siru - xislatlarini
hosiyatlarmi yaxshi bilmaydi (A.Soliyev, 2013, 175-b.).
2.3. T u proqni m uhofaza qilish
T u p ro q eroziyasi va unga q arsh i kurash. Suv va shamol
ta sinda tuproqning yemirilish jarayoniga
eroziya
deb ataladi (lot.
erosion - о
yUish, kemirish).
Suv va shamol eroziyalari ajratiladi.
Suv eroziyasi: yoppasiga yuvilish(yuza) va uzunasiga ro‘y
beradigan (jarlik) eroziyalarga bo'linadi.
, , ,Y “za r ° Ziya _ tuPr°qning yuqori qismida yonbag'irlar
bo ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilishidan yuzaga keladi, bu tur
tabiatda ko‘p tarqalgan.
J a r h k eroziyasi - yonbag'irlardan kelayotgan kuchli suv
oqimlari ta’sirida tuproqning chuqurlatib, o ‘yilib yuvilishi hisobiga
го у beradi.
6
Eroziyaning nvojlanish tezligiga qarab geologik (meyoriy) va
tezlashgan turlarga ajratiladi.
136
Geologik eroziya - o‘simliklar bilan qoplangan tuproq
yuzasidan zarrachalaming asta-sekin yuvilishi bo‘lib, bunda tuproq
paydo bo‘lishi davomida yuvilgan tuproq qatlami qayta tiklanadi.
Tezlashgan eroziya - tuproq yuzasida o‘simliklar yo‘qotilib
yuborilganda va yerdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bo‘ladi
(antropogen eroziya). Bunda eroziya jadalligi keskin kuchayib,
yo‘qotilgan tuproq qatlami qayta tiklanmaydi.
Sug‘orish eroziyasi - suv eroziyasining bir turi bo‘lib, asosan
nishab yerlarda ko‘p suv oqizib sug‘orish natijasida ro‘y beradi.
Nishablik 2-3° bo‘lganda sug‘orish eroziyasi avj ola boshlaydi. Qiya
maydonlarda bir marta egat oralab sug‘orilganda gektariga 22-50 t
tuproq oqizib ketilishi, o ‘ta qiyaliklarda 6 9 0 1 ga yetishi mumkin.
Sham ol eroziyasi (deflyatsiya) chang bo‘ronli („qora”) va
mahalliy (kundalik) turlarga bo‘linadi.
Chang bo‘ronli eroziya kuchli shamollar ta ’sirida ro‘y beradi.
Ikkinchisi sekin-astalik bilan ro‘y bersa-da, shu tarzda tuproqni
yemiradi.
1982 yilning aprel oyida Rossiyaning janubi va Ukrainada ro‘y
bergan kuchli chang bo‘roni oqibatida 15 mln t dan ortiq tuproq
uchirilib, Polsha va Ruminiya hududlariga borib tushgan.
1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda ko‘tarilgan chang
bo‘roni
7-10
sm
qalinlikdagi
tuproq
qatlamini
ko‘chirib,
daraxtzorlar va boshqa to ‘siqlar yonida balandligi 2 m hamda eni 50
m keladigan uyumlar - to ‘siqlar hosil qilgan.
Shamol eroziyasiga qarshi tuproqni himoyalovchi almashlab
ekish, qor saqlanishini ta ’minlash, qumlami mustahkamlash va
o ‘rmonlashtirish, ihotazorlar bunyod etish, yaylovlardan to‘g‘ri
foydalanish, dala-o‘tloq-o‘rmon tizimi ko‘rinishidagi maydonlami
bunyod etish maqsadga muvofiq.
Suv eroziyasiga qarshi yonbag‘irlarda yerlarni gorizontallar
bo ‘ у lab haydash, suvdan meyoriga yarasha foydalanish, yerlarni
chuqur haydash, almashlab ekishni to ‘g‘ri tashkil etish, ihotazorlami
bunyod etish, jarliklami o ‘rmonlashtirsh, suv havzalari atrofida
daraxtzorlar bunyod etish, chorva mollari boqishni tartibga solish,
togk o ‘rmonlarini saqlash bilan erishish mumkin.
Sug‘orish natijasida yer osti suvlari sathi ko‘tariladi va
gruntdagi suvda eruvchi tuzlar tuproq kapillyarlari orqali uning
137
yuqori qismiga chiqadi. Harakat issiqligidan suv bugianib,
tuproqning yuqori qismida tuz to'planishiga sabab bo‘ladi. Bu
ayniqsa, cho‘I mintaqasida rivojlangan.
Unga qarshi kurashishning mohiyati ushbu tuzlar yuvilib, yer
osti suvlari kollektor - drenajlar orqali chiqarib yuborilishi bilan
bog‘liq.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa solingan
mineral osg‘itlaming ma'lum qismlarini o‘simliklar o‘zlashtirishga
qodir (azot va kaliy o‘g‘ Warning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirish
koeffitsiyenti 30 %, fosforli o‘g‘itIarniki 12-15 %). Qolgan qismi
tuproqda, grunt suvlari va qishloq xo‘jalik ekinlari tanasida
to‘planadi. Pestitsidlar (DDT — dixlordifeniltrixlor eten) tuproqda
15-50 yil saqlanishi mumkin.
Shu bois mineral o ‘g‘itlardan foydalanish meyorlariga qafiy
amal qilish lozim.
Atrof muhit uchun simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, selen, ftor
elementlari xavfli hisoblansa, o‘ta xavflilari: simob, qo‘rg‘oshin,
kadmiydir. Ulaming asosiy manbalari: sanoat, asosan metallurgiya
karxonalari, turli yoqilg‘ilarni yonish mahsulotlari, avtomobil
chi qindi lari
va qishloq
xo‘jaligida ishlatiladigan
kimyoviy
vositalardir. Tuproqning og‘ir metallar bilan ifloslanishi atrof muhit
uchun juda xavflidir.
Yerlami muntazam meyordan ortiqcha suv bilan sug‘orilishi,
tepa joylami sug‘orish natijasida uning etaklarida suv omborlari va
boshqa suv inshootlari sohillarida yerlaming botqoqlashishi
kuzatiladi. Yog‘in bug‘lanishga nisbatan ko‘p, yer yuzasi tekis
hududlarda yerlar botqoqlashishi kuzatiladi. Bunday hududlarda
quritish melioratsiyasi tadbiralari o‘tkazilishi lozim (daryo vodiylari
va delta qismlarida ham).
Yerlardan tartibsiz tarzda foydalanish oxir oqibatida tuproq
degradatsiyasi (buzilishi)ga olib keladi va natijada cho‘Hashish
jarayoni vujudga keladi. Yerlar mahsuldorligining yo‘qolishi va
cho‘lga aylanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |