Nazorat uchun savollar:
1. Subtropik mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoitiga tavsif
bering.
2. Nima uchun subtropik mintaqada
uchta tuproq oblastlari
ajratilgan?
3. Subtropik semam o‘rmon oblastining qizil va sariq tuproq
larining paydo bo‘lishini tushuntiring.
4. Qizil va sariq tuproqlaming tarqalish qonuniyatlarini
ta’riflang.
5. Jigarrang va sur - jigarrang tuproqlarni hosil bo‘lish ornil-
larini izohlang.
6.
Jigarrang, sur - jigarrang va qora subtropik tuproqlar geog-
rafiyasiga ta’rif bering.
7. Sur - qo‘ng‘ir va qumli с ho'I tuproqlaming paydo bo‘Iish
sharoitlarini ayting.
8. Sur - qo‘ng‘ir va qumli cho‘l tuproqlaming tarqalish areal-
larini tushuntirib bering.
9. Bo‘z tuproqlar, taqirlar va sho‘rxoklaming
vujudga kelishi
va geograflyasiga ta’rif bering.
10. Subtropik mintaqa tuproqlarining qishloq xo‘jalikdagi aha-
miyatini gapirib bering.
99
VI BOB. TROPIK MINTAQA TUPROQLARI
GEOGRAFIYASI
6.1. Tropik mintaqaning tabiiy-iqlim sharoiti va tuproq
oblastlari
Yer shari tuproq qoplamining eng katta qismi, ya’ni 42 % i
ushbu tropik mintaqada joylashgan. Tog‘liklar
nisbatan kichikroq
hududlami egallagan bo‘lib, 13 % maydonni egallagan. Mintaqa
iqlimi yil bo‘yi issiqligi, haroratning
yil davomida deyarli bir
xildaligi bilan (oertacha 20-22 °C dan past emas) xarakterlanadi.
Yillik foydali harorat yig‘indisi 8000-11000°C bo‘lgani holda, bu
vegetatsiya davrining yil bo‘yi davom etishini bildiradi. Issiqlik
resursining ushbu holati yil davomida qishloq xo‘jalik ekinlaridan
uch marta hosil olish imkonini ta’minlaydi. Ammo,
harorat
tafovutidan o‘laroq yog‘in miqdori va uning taqsimlanishi keskin
farqlanadi (yiliga 50 mm dan 5000 mm gacha). Shu boisdan aynan
namlik omili tropik mintaqada tuproq hosil bo'lish
sharoitining
differensiyalanishi hamda shu bilan bog‘liq tarzda tuproqlaming
turli - tumanligida asosiy sabab sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yana namlik omili qadimgi va yosh nurash po‘sti tog‘ jinslari
tarkibining xilma - xilligini ham belgilaydi.
Odatda mintaqaning g‘arbiy sohillarida ch o i va chala cho‘llar,
sharqiy
sohillarida esa mavsumiy semam, ba‘zi joylarda sernam
tropik o‘rmonlar aniq namoyon bo‘lgan. Cho‘llar bilan o‘rmonlar
oralig‘idan siyrak o‘rmonlar va savannalar o‘rin egallaydi.
Tropik mintaqada quyidagi uch guruh tuproq - bioiqlim oblast
lari ajratiladi: 1) tropik nam va mavsumiy nam o‘rmon; 2) tropik
kserofit - o‘rmon va savanna; 3) tropik chala cho‘l va cho£l.
Do'stlaringiz bilan baham: