Ilmiy dastur
. Ilmiy loyixa tasdiqlanib, ilmiy ish bajarilishi uchun kerakli
mablag‗ ajratilganidan keyin tadqiqotchn tomonidan ilmiy dastur to‗ziladi.
Ilmiy dasturda ilmiy ishni olib borish tartibi, uslubiyati ko‗rsatiladi. Ilmiy
ish ilmiy dasturga kat‘iy rioya qilingan tarzda olib borilishi lozim. Ilmiy
ishni sifatli bajarilishi uchun ilmiy dastur mukammal, puxta to‗zilimshi
lozim. Ilmiy dastur asosan 5 ta qismdan iborat bo‗lib, kuyidagi tartibda
to‗ziladi :
1. Kirish. Bu qismda mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari
yoritiladi,
P. Adabiyotlar sharxi. Bu bo‗limda mavzuga oid muqaddam olib borilgan
ilmiy ishlar taxliliy tarzda yoziladi,
SH. Xo‗jalikning tuproq-iqlim sharoiti va tadqiqotlar olib borish
metodikasi. Bu bobda tadqiqot dalasining tuproq sharoiti, iqlimi, tajriba
olib borish uslubiyati va tajriba sxemasi keltiriladi. Tadqiqot olib borish
uslubiyatida ilmiy ishda ko‗llaniladigan har bir agrotexnik, fiziologik,
agrokimyoviy, agrofizikaviy va boshqa eksprimentlarni uslubiy asoslari
aniq ko‗rsatilishi lozim.
IV. Kutilayotgan natijalar. Bu bo‗limda ilmiy ishdan kutilayotgan
natijalar, ilmiy ishning ilmiy va g‗oyaviy asoslari, iqtisodiy samaradorligi
ko‗rsatiladi.
199
U. Foydalanilgan adabiyotlar. Bu bo‗limda ilmiy ishda
foydalanilgan
adabiyotlarning to‗liq ruyxati keltiriladi.
Ilmiy dastur foydalanishdan oldin uslubiy va ilmiy kengashlarda ko‗rib
chikilishi va tasdiqlanishi lozim. So‗ngra har bir olib boriladigan barcha
jarayonlar qat‘iy dasturga amal qilgan holda olib boriladi. Turli sabablarga
ko‗ra ilmiy ishda dasturga amal qilinmasa ilmiy ish bo‗zilgan bo‗ladi.
Fenologax kuzatuvlar, xisob ishlari yuritish va laboratoriya
eksprimentlapri
daftarlari.
Birlamchi xujjatlar ichida eng
muhimlaridan biri fenologik kuzatuv, xisob ishlari va laboratoriya
eksprimentlari olib borish daftarlari xisoblanadi. Bu xujjatlarda ilmii ishda
zarur bo‗lgan ma‘lumotlar yozib boriladi. Kuzatuv, xisob va ekspriment
daftarlari foydalaiishdan oldin har bir varag‗i raqamlanib chiqiladi, so‗ngra
tikilib, oxirgi betiga tamg‗a bosiladi va ilmiy kotib tomoiidan tasdiqlanadi.
Tadqiqot davomida tamg‗alangan daftarlarning bironta ham varog‗i yirtib
olinishi mumkin emas.
Fenologik kuzatuv, xisobga olish va eksprimental analizlardan olingan
malumotlar daftarga kat‘iy qora oddiy kalamda yozib boriladi. Daftarga
ma‘lumotlar ruchkada, kimyovmiy yoki rangli qalamlarda yozilishiga
ruxsat etilmaydi.
Ilmiy xisobotlar.
Ilmiy xisobotlar ham birlamchi xujjatlarning muhim
ko‗rinishlaridan biri.Tajribadan olingan ma‘lumotlar muntazam ravishda
tahlil kilinib, izox va jadvallar ko‗rinishishida kerakli tashkilotlarga
xisobot topshiriladi. Xisobotlar o‗z xajmi va mazmuniga ko‗ra kuyidagi
turlarga bo‗linadi :
1.
Oylik xisobotlar . Bu xisobotlarning xajmi nisbatan kichik
bo‗lib, odatda 1-2 betdan oshmaydi. Oylik xisobotlarda bir oy
davomida olib borilgap ilmiy ishlar to‗g‗risida qisqacha
axborot beriladi.
2.
Kvartal, ya‘ni chorak yillik xisobotlar . Bu xisobotlarda uch oy
davomida olib borilgan ilmiy ishlar to‗g‗risida qisqacha
axborot beriladi.
3.
YArim yillik xisobotlar . YArim yillik xisobotlarda 6 oy
davomida olib borilgan ilmiy ishlar to‗g‗risida axborot beriladi.
4.
To‗qqiz oylik xisobotlar. Bu xisobotlarda to‗qqiz oy davomida
reja asosida bajarilgan ilmiy ishlar qisqacha yoritiladi.
5. Yillik xisobotlar. Yillik xisobotlar yil yakunida yoziladi. Bu
xisobotlarda yil davomida dasturga asosan bajarilgan ilmiy
ishlar to‗liq yoritilishi lozim. SHu tufayli yakuniy
200
xisobotlarning umumiy xajmi nisbatan katta bo‗lib o‗rtacha 30-
50 betni, yayrim hollarda undan xam boshqacharok bo‗lishi
mumkin.
Dasturda ko‗rsatilgan ishlarning birortasi bajarilmasa , u
holda albatta bajarilmaganlik sabablari ko‗rsatilishi zarur.
6. YAkuniy xisobotlar. YAkuniy xisobotlar ilmiy ish to‗liq
yakunlangandan so‗ng yoziladigan xisobotlarga aytiladi. Bu
xisobotlar yillik xisobrtlar asosida yoziladi , ya‘ni uch yillik
yoki turt iillik o‗rtacha ma‘lumotlar keltiriladi.YAkuniy
xisobotlar xajm jixatdan eng yirik xisobotlar bo‗lib , umumiy
xajmi 60-70 betni, ayrim tajribalarda ilmiy ish ko‗lamidan
kelib chiqqan holda 100 betdan yuqori bo‗lishi mumkin.
Dissertatsiyalar.
Dissertatsiyalar-ilmiy daraja olish uchun yoziladigan
birlamchi xujjat turlaridan biri xisoblanadi. Dissertatsiyalar uslubiy
jixatdan to‗g‗ri yozilishi va Oliy Attestatsiya Kumitasi (OAK) talablariga
javob berishi lozim. Dissertatsiyalar faqat bajarilgan ilmiy ish natijalariga
asoslanib yoziladi va maxsus komissiya oldida ximoya kilinadi. Barcha
turdagi dissertatsiyalar ximoyaga kuiilishidan oldin 2 va undan ortiq
opponent tomonidan o‗qib chiqilishi lozim. Opponentlar ijobiy takriz
bergan takdirdagina ximoyaga ko‗yiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimi
ta‘lablariga ko‗ra dissertatsiyalarning 3 xil turi mavjud :
1.
Magistorlik dissertatsiyalari-
magistr
ilmiy darajasi olish uchun
yoziladi.Bu
turdagi
dissertatsiyalar
magistrlar
tomonidan
bajarilgan 2 iillik ilmiy ish natijalari asosida yuziladi.Magistrlik
dissertatsiyalarining umumiy xajmi shrtacha 65-70 betdan ibarat
bo‗ladi.
2.
Nomzodlik dissertatsiyalari.- ixtisosliklar bo‗yicha
fanlar nomzodi
ilmiy darajasini olish uchun yoziladi. Bu turdagi
dissertatsiyalar aspirantlar tomonidan bajarilgan 3 yillik
ilmiy ish natijalari asosida yoziladi.Nomzodlik
dissertatsiyalarining umumiy xajmi o‗rtacha 110-120 betni
tashkil
etib , 125 betdan oshmasligi lozim.
3. Doktorlik dissertatsiyalari- ixtisosliklar bo‗yicha
fan doktora
ilmiy darajasi olish uchun yoziladigan birlamchi xujjat turlariga
aytiladi. Bu turdagi dissetratsiyalar dissertant tomonidan olib
borilgan boshqa yillik ilmiy ish natijalariga asoslanib
yoziladi.
201
Doktorlik dissertatsiyalarida bir nechta eng dolgarb
mavzular
yoritilgan va ishlab chikarishga anik tavsiyalar keltirilgan bo‗lishi
lozim. Doktorlik dissertatsiyasida har bir goya , fikr va
muloxazalar kiska va anik ezilishi , ilmiy ishning umumiy xajmi
225 betdan oshmasligi kerak.
Monografiyalar
. Muallif tomonidan olib borilgan ilmiy ish
natijalari asosida yoziladigan ilmiy asarga - monografiya deb ataladi.
Odatda manografiyalar bir muallif tomonidan yoziladi. Biroq,
so‗ngi
yillarda ikki va undan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy asarlar
ham monografiya deb yuritilmokda.
Tadqiqot natijalarini o‗zida aks ettirmagan, biroq tadqiqotni sifatli olib
borish uchun zarur bo‗lgan xujjatlarga
ikkilamchi xujjatlar
deb ataladi.
Ikkilamchi xujjatlarga dala tarixi daftari , dala jurnali , buxgalteriya
ma‘lumotlari va boshqa xujjatlar kiradi.
Dala tarixi daftariga -tajriba dalasiiing tarixi. YA‘ni, so‗ngi uch yil
davomida ekilgan ekinlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar , tajriba dalasiiing
xossalari , relefi va boshqa ma‘lumotlar keltiriladi.
Dala jurnaliga-tajriba dalasida olib borilgan barcha agrotexnik va xo‗jalik
ishlari kayd e‘tilib boriladi. Masalan, shudgorlash, erlarni ekishga
tayyorlash, ekish, kator oralariga ishlov berish, sug‗orish, oziqlantirish,
kasallik va zararkunanda xashoratlarga qarshi kurash,
hosilni yig‗ib terib olish va boshqalar. SHuningdek dala daftariga
agrotexnik tadbirlarga jalb etilgan xodimlar kayd etiladi.
Buxgalteriya ma‘lumotlariga - dalada mehnat qilgan xizmatchi va
xodimlarning ish xaki to‗g‗risidagi tabellar, tajriba dalasida ko‗llanilgan
mineral o‗g‗it , yoqilg‗i-moylash materiallari, kimyoviy vositalar uchun
sarflangan harajatlar to‗g‗risidagi ma‘lumot xujjatlari kiradi.
Nazorat savollari
1.Birlamchi xujjatlar deb nimaga aytiladi?
2.Ikkilamchi xujjatlar deb nimaga aytiladi?
3.Ilmiy xisobot turlani ;
4.Fenologik kuzatuv va uchet ma‘lumotlari daftarga kanday tartibda kayd
etilib boriladi?
5.Dala davtariga ma‘lumotlar kanday tartibda kayd etiladi;
6.Ilmiy loyixa
deb nimaga aytiladi?
7.Ilmiy dastur deb nimaga aytiladi?
202
Do'stlaringiz bilan baham: |