G‘O‘ZA KASALLIKLARI BILAN
DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH
Respublikamizning asosiy qishloq xo‗jalik ekinlaridan biri g‗o‗za
bo‗lib, bizning sharoitimizda tuproq iqlim sharoitiga, navning
xususiyatlariga hamda bajariladigan agrotexnik tadbirlarning turiga qarab
har xil kasalliklardan o‗rtacha 20% gacha paxta hosildorligini salmog‗ini
kamayishiga va tola sifatining keskin pasayishiga olib kelmoqda. G‗o‗za
kasalliklari ichida eng ko‗p ziyon yetkazayotganlari vilt (vertetsilioz
so‗lish) va gammoz kasalliklari hisoblanadi
G‗o‗za va boshqa ekinlarda vertetsilioz so‗lish kasali rivojlanishiga
har xil faktorlar qanday ta‘sir qilishini o‗rganishga bag‗ishlangan
tajribalarni taxlil qilish oldidan izlanish o‗tkazish lozim bo‗lgan. Shu
tajribaning o‗ziga xos tekshirishlar bu dalada kasallik yuqumining
tarqalishi darajasini va yuqum dalaning hamma joyiga bir xildaroq
tarqalganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‗ladi.
Bunday tajriba dalaning hamma joyiga kasallik yuqumli bir xilda
tarqalgan dalalardagina o‗tkazilishi mumkin. Vilt kasalligining yuqumli
ayrim joylardagina tarqalgan dalada tajriba paykallari yuqum tarqalmagan
joylarga to‗g‗ri kelishi mumkin. Bu holda o‗tkazilgan tajriba xaqiqiy
ahvolni to‗g‗ri ko‗rsata olmaydi.
Tajribada variantning maydoni 200-300 m/kv dan katta bo‗lmaganda
(variantning maydoni) kasallik tarqalganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning
83
aniqlik darajasi yuqoriroq bo‗ladi. Bu holda kasallik yuqumi
tarqalganligini tekshirish shaxmat tartibida joylashgan maydonchalar
yordamida o‗tkaziladi. Buning uchun har gektarda 100 ta maydoncha
hisobidan tanlanadi. Birinchi maydoncha yigirmanchi qatorning dala
chetidagi burchagida, dala chetidan 10 m nariroqdan olinadi, bu qatorda 10
ta uya hisobga olinib, g‗o‗zalari so‗lish (vilt) kasali bilan zararlangan
o‗simliklar sanab chiqiladi. So‗ngra shu qatorda maydonchalar olish
davom ettirilib, qatorning pastki qismigacha 10 m oraliqda maydonchalar
olinadi. Shu tariqa dalani yoki uning bir qismini yurib chiqib, tajriba uchun
zarur miqdorda hisobot maydonlari belgilanadi.
Tajriba o‗tkazib tekshirilayotgan faktorning ta‘sirchanligi ikki
ko‗rsatkichga qarab begilanadi.
1.
Kasal o‗simliklarni hisobga olish natijasiga;
2.
Tajriba variantlarning hammasi so‗lish kasalligining zarur
yetkazuvchanligini aniqlash natijalariga qarab.
Ilmiy agronomiyaning hamma kuzatishi usullarida ham vilt kasalligi
g‗o‗zada asosan uch marotaba iyul oxirida, avgust-sentabr oylarida
hisobga olinadi.
Kuzatish natijalari hisobga olinadigan qatorlardagi kasal va sog‗lom
o‗simliklarni sanab chiqib,hamma variantlardagi o‗simliklarning so‗lish
kasalidan zararlanish darajasi aniqlanadi, buning uchun o‗simliklarni
necha foiz kasallanganligi hisoblab chiqiladi.
O‗rganilayotgan omillarning (o‗g‗it, kimyoviy modda, sug‗orish va
boshqa) samaradorligi kasal o‗simliklar foizining kamayishi, sifatidagina
emas, balki kasallikning zarar yetkazuvchanligini pasayishi sifatida ham
foydalanish mumkin.
Hamma variantlarda so‗lish kasalligi keltirgan zararni aniqlash uchun
birinchi, ikkinchi va uchinchi marta hisobga olinganiga qadar kasallangan
20 dona o‗simlik ajratiladi. Paxta terimiga tushish oldidan har bir
variantdan 20 donadan solishtirilmaydigan sog‗lom o‗simlik ham
ajratiladi. Kasal va sog‗lom o‗simliklarning hosili har tup o‗simlikdagi
ko‗saklarni sanab chiqish yoki har qaysi o‗simlikning hosilini alohida
ajratib terish yo‗li bilan belgilanadi. So‗ngra kasal va sog‗lom
o‗simliklarning har tupidagi ko‗saklarning o‗rtacha miqdori yoki
hosilining vazni hisoblab chiqariladi. Tajribaning xar qaysi variantlaridagi
ko‗saklar soni yoki hosilning vaznini ko‗rsatadigan foizlarning tafovuti
tajribaning o‗sha variantdagi so‗lish kasalligining qancha zarar
yetkazganligini ifodalaydi. Tajriba variantlaridagi zarar yetkazuvchanlik
84
foizlari o‗rtasidagi farq u yoki bu omil so‗rish kasalligining rivojlanishiga
qanday ta‘sir qilganligini ko‗rsatadi.
Tekshirilayotgan faktor g‗o‗zaning gommoz yoki ildiz chirishi
kasalligiga qanday ta‘sir etishini o‗rganishga bag‗ishlangan tajribalarda
tekshirish ishlari bir necha davrga bo‗linishi mumkin.
Kimyoviy moddalarning texnik samaradorligini baholash kichik
maydonlarda dala tajribalari o‗tkazish yo‗li bilan bajariladi. Buning uchun
tajriba variantlarining maydoni besh metr uzunlikdagi bitta qatordan iborat
bo‗lib, uyalar oralig‗i 25 sm bo‗ladi, har qaysi variant to‗rt marta
qaytariladi.har uyaga 10 donadan chigit ekilib, unib chiqgach, maysalar
yaganalanmaydi. Maysalar to‗la unib bo‗lganidan keyin 10-12 kun o‗tgach
urug‗ barglarining gommoz va ildiz chirish kasali bilan zararlanganligi
hisobga olinadi. Oradan 10-12 kun o‗tgach kasallik yana hisobga olinadi.
Bu safar urug‗ barg gommozi, chingbarg gommozi hisobga olinadi.
Ikkinchi marta hisobga olish vaqtida o‗simliklarning hamma ortiqchasi
yulib tashlanadi. Urug‗ barg gommozi va ildiz chirish kasalliklari bilan
kasallanishiga doir ikkala hisobot natijalari yakunlanib, kasallanishi foizi
hisoblab chiqariladi.
Gommoz bilan kasallangan o‗simliklar o‗suv davrida uch marta
hisobga olinadi. Bunda hisobga olish maydonlaridagi o‗simliklargina
hisobga olinadi. Yaganalash oldidan urug‗ barg gommozi bilan
kasallangan maysalar hisobga olinadi.
- gullash oldidan esa barg gommozi va poya gommozi bilan og‗rigan
maysalar hisobga olinadi;
- ko‗saklar ochilishi oldidan, ko‗sak gommozi bilan og‗rigan
o‗simliklar hisobga olinadi. Bu vaqtda ikkita uyani tashlab, uchinchi
uyadagi o‗simliklar hisobga olinadi.
Agrotexnik tajriba bilan bir qatorda, xo‗jaliklarda ishlab chiqarish
tajribalari ham qo‗yiladi. Bu turdagi dala tajribalari variantida maydoni 0,5
dan 1 gektargacha kattalikda bo‗lishi mumkin. Tajriba 2 – 3 qaytariqda
amalga oshiriladi. Har ikkala turdagi dala tajribalarida ham kuzatish ishlari
bir xil muddatda amalga oshiriladi. Har gektarda 200 tadan hisobga olish
maydonchasi ajratiladi. G‗o‗za qator oralari 60 sm bo‗lganida har 43
qatordagi o‗simliklar hisobga olinadi. Har bir maydonchada 5 tadan uya
bo‗lib, bu uyalardagi sog‗ va kasal o‗simliklarning hammasi hisobga
olinadi.
Ekinning bu kabi tekshirish ishlarini zarur bo‗lishiga qarab,
yoppasiga yoki ma‘lum joylar tanlab o‗tkaziladi.
85
Yoppasiga tekshirish ishini ayrim xo‗jaliklarda o‗tkazish mumkin.
Bunday tekshirishdan asosiy maqsad g‗o‗zada kasallik tarqalganligini
aniqlash, o‗simlikning zararlanish protsentini bilish va bu materiallar
asosida shu xo‗jalikda kasallik oqibatida nobud bo‗lgan hosilni belgilash
hamda g‗o‗za kasalligiga qarshi olib borish uchun tegishli tadbirlar
ko‗rishni rejalashtirishdan iboratdir.
G‗o‗zaga (vartetsilloz) vilt tarqalganligini aniqlash uchun yoppasiga
tekshirish ishi har 3 – 4 yilda bir marta o‗tkaziladi, chunki dalalarni bu
kasallik bilan zararlanishi yildan-yilga o‗zgarib turadi. Birinchi marta
o‗tkazilgan tekshirish bilan navbatdagi tekshirish o‗rtasidagi kasallikning
dinamikasi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lishi kasal o‗simlikni hisobga
olish metodtkasining bir xilda bo‗lishiga rioya etmoq kerak. Kuzatish
uchun tegishli reja tuzilgandan keyin amaliy ravishdagi tekshirish ishlari
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dalada kasallikga chalingan o‗simlikni
hisobga olish paytida bir gektar yer shaxmat tartibida 10 bo‗lakga
ajratiladi. Buning uchun yerning katta-kichikligidan kat‘iy nazar uvat
tomonidan beshinchi qatorning boshida birinchi hisobot maydonchasi
begilanadi. Mana shu qatorda bo‗ladigan navbatdagi maydon bir-biridan
50 m. masofada joylashadi. Navbatdagi qatorga o‗tgandan keyin eng
so‗nggi hisobot maydonchasidan boshlab, navbatdagi qatorga qadar 50
metr qoldiriladi. Har qaysi hisobot maydonchasidan 10 donadan o‗simlik
belgilanadi, bular orasida kasal hamda sog‗lom o‗simlik bo‗lishi kerak.
Dala tajribalarida vilt kasalligini hisobga olishni osonlashtirish
maqsadida boshqa usuldan xam foydalanish mumkin. Buning uchun
hamma variantning hisobga olish qatorlaridan bitta namuna uchun 10 dona
o‗simlik birlashtirilib, jami 20 dona namuna ya‘ni 200 dona o‗simlik
kuzatiladi. Kuzatilgan o‗simliklardagi kasallangan o‗simliklar zarari ish
darajasiga qarab jami o‗simliklar soniga nisbatan foiz bilan aniqlanadi.
Tajribaning 1 qaytariq va 1 variantida kuzatilganda jami 200 ta
o‗simlikdan 20 dona o‗simlik kasallanib, shu kasallangan o‗simliklardan
4 tasi kuchli kasallangan bo‗lsa, shu variantning vilt bilan kasallanishi
darajasi quyidagicha aniqlanadi.
200 – 100%
20 – X
%
10
200
100
*
20
Х
kasallangan bo‗lib, kasallangan o‗simliklarning jami o‗simliklarga
nisbatan qancha miqdori esa kuchli kasallanganligini aniqlaymiz.
86
200 – 100%
4 – X
X=
0
.
2
200
100
*
4
Demak, 20% o‗simlik kuchlik kasallangan ekan.
Olingan ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun quyidagi jadvaldan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |