Nazorat savollari
1.Tajriba dalasiga ko‘yiladigan andoza ta’lablar?
2.Tajriba dalasining tipikligi deb nimaga aytiladi?
3.Bir farqlilik prinsipi deb nimaga aytiladi?
4.Dala tajribasida uchraydigan asosiy xatoliklar
43
DALA TAJRIBALARINING TURLARI VA
XUSUSIYATLARI
Dala tajribalari dehqonchilikning turlari masalalari yuzasidan
o‗tkaziladigan tadqiqot ishlarining asosiy uslubi hisoblanadi. Dala tajribasi
o‗tkazishda ko‗zda tutilgan asosiy maqsad turli xildagi tabiiy va xo‗jalik
sharoitida ekilayotgan qishloq xo‗jalik ekinlariga va tajriba sharoitida
o‗rganilayotgan faktorlarga nisbatan ilmiy agrokimyoviy va iqtisodiy baho
berishdan iboratdir.
Dala tajribalari o‗zining oldiga qo‗yilgan maqsadiga va mazmuniga
qarab asosan ikki guruhga bo‗linadi:
1.
Agrotexnik.
2.
Nav sinash.
Agrotexnik dala tajribalarining asosiy maqsadi har xil faktorlarning
o‗simliklarning hayotiga, sharoitiga va ularni o‗simliklarning hosildorligi
hamda hosilning sifati ko‗rsatkichlari ta‘siriga aniq baho bo‗ladi. Ushbu
guruhga kiradigan dala tajribalariga tuproqga ishlov berishni, mineral va
organik o‗g‗itlarning me‘yorini, begona o‗tlarga, hashorat va kasalliklarga
qarshi kurashni o‗rganish kabilar kiradi.
Nav sinash o‗rganiladigan dala tajribalarida esa, bir xil sharoitda har
xil navlar sinab ko‗riladi. Yaratilgan yangi navlar shu mintaqa sharoitida
sinalib, shu sharoit uchun mos keladigan hamma agrotexnik tadbirlar
o‗rganiladi. Shuni hisobga olib, har bir mintaqada alohida ajaritilgan nav
sinash maydoni mavjuddir.
Agrotexnik maqsadda olib borilayotgan tajribalar o‗rganilayotgan
faktorlarning (omil) soniga qarab ikki xil bo‗ladi:
1.
Bir faktorli (oddiy).
2.
Ko‗p faktorli (murakkab).
Agar dala tajribasida o‗simlikning o‗sish va rivojlanishiga faqat bitta
omilning ta‘siri o‗rganiladigan bo‗lsa, bu turdagi dala tajribalarini bir
faktorli yoki oddiy tajriba deb ataladi. Bunda alohida mineral o‗g‗it ta‘siri
yoki gerbitsidning me‘yori kabi bitta omilning o‗simlikning o‗sish va
rivojlanishiga ta‘siri o‗rganiladi.
Dala tajribasida o‗simliklar hayotiga ikki yoki undan ortiq omilning
ta‘siri o‗rganiladigan bo‗lsa, bu turdagi tajribalarni ko‗p omillili yoki
murakkab tajribalar deb ataladi. Bunday tajribalar ko‗p hollarda bitta
tajribaning o‗zida bir yo‗la bir necha omilning ta‘sirini o‗rganish
imkoniyatini
yaratadi.
Undan
tashqari
kuzatuvchining
ishini
yengillashtiradi, ikkinchi tomondan ko‗p ishlar, maydon iqtisod qilinadi.
44
Lekin solishtirilayotgan yoki nazorat qilinayotgan variantlar sonining
ortishi hisobiga talab qilinadigan maydon ham, bir variantlik tajribaga
nisbatan ko‗p talab qilinadi.
Ko‗p omillik tajribalar.
1. standart (azotsiz)
standart (azotsiz)
2. azot 1 doza
ko‗chat qalinligi 80 000 (tup) ga
3. azot 1 doza
ko‗chat qalinligi 120 00 (tup) ga
4. azot 1 dona
ko‗chat qalinligi 100 000 (tup) ga
5. azot 2 doza
ko‗chat qalinligi 80 000 (tup) ga
6. azot 2 doza
ko‗chat qalinligi 100 000 (tup) ga
7. azot 2 dona
ko‗chat qalinligi 120 000 (tup) ga
Yuqoridagi ko‗rsatilgan tajriba tizimida asosan ikkita omil (azot va
ko‗chat qalinligi) o‗rganilmoqda. Ko‗p faktorlik dala tajribasining kulay
tomoni birvarakayiga bir necha omillarning ta‘siri o‗rganilib, bizning
misolimizda 80, 100, 120 ming tup ko‗chat qalinligiga azotning qaysi
dozasi yaxshi natija berishligi aniqlanadi. Lekin ko‗p faktorli dala
tajribalarining qiyinchilik tug‗diradigan joyi shundaki, birinchi tomondan
ko‗p maydon talab qilsa, ikkinchi tomondan tajribada yo‗l qo‗yiladigan
xatoliklar miqdori ham ortib ketishi mumkin. Sababi maydon kattalashgan
sari tajribaning tipikligi, ya‘ni bir xillik xususiyati kamaya boshlaydi.
Ushbu qonuniyat matematik baholash jarayonida tasdiqlanadi. Bu
turdagi dala tajribasi uchun imkoni boricha maydonni tekkis, tuproq va
iqlim sharoiti bir xil bo‗lgan maydon tanlansa yo‗l qo‗yilayotgan xatoliklar
miqdorini kamaytirish mukin.
Dala tajribalarida ikki omil o‗rganilayotgan vaqtda, har bir alohida
faktor hisobiga oshgan qo‗shimcha hosil ikki faktorni birgalikda ta‘sirini
o‗rganilganda olingan qo‗shimcha hosildan kam bo‗lsa, bu turdagi faktor
yig‗indisini foydaliligi musbatli deb, aksincha bo‗lsa u holda hammasi
foydasiz yoki manfiylik xarakterli deb yuritiladi. Agar alohida faqat o‗g‗it
hisobiga 10 s/ga, sug‗orish hisobiga 5,0 s/ga, ikkala faktorni birga qo‗llash
evaziga esa 20,0 s/ga qo‗shimcha hosil olinsa, 20-(10+5) = + 5,0 s/ga
foydali faktorli tajribaga misol bo‗ladi. Faqatgina o‗g‗it hisobiga 10,0
s/ga, ko‗chat qalingili evaziga 8,0 s/ga: ikkala faktorni birga qo‗llash
evaziga esa 15,0 s/ga, qo‗shimcha 15-(10+8) = - 3,0 s/ga ko‗chat qalinligi
evaziga 8,0 s/ga, ikkala faktorni birga qo‗llash evaziga esa 15,0 s/ga,
qo‗shimcha 15 s/ga - (10+8) = - 3,0 s/ga hosil olinsa, bu faktorli dala
45
tajribalarini foydasiz faktorlik tajriba deyladi. O‗rganilayotgan
faktorlarning turiga qarab, bir-biriga bog‗liq yoki bog‗liq bo‗lmagan
faktorlar ham bo‗ladi. Mineral o‗g‗it bilan suv bir-biriga bog‗liq. Sababi,
o‗g‗itlar suvda erib, kation va anionlarga parchalangandan keyingina
o‗zlashtiriladi. Shuning uchun o‗g‗itlarni sug‗orish bilan birga olib borish
kerak.
Ko‗p omillik dala tajribalarida agar ikkita faktorni ta‘siri
o‗rganilayotgan bo‗lsa, bu holatda tajribada kami to‗rtta variant bo‗lishi
shart. Undan kamaysa ko‗p faktorlik bo‗lib hisoblanmaydi. Ya‘ni oddiy bir
faktorlik tajriba bo‗lib agar o‗g‗it bilan tuproqqa chuqur ishlav berish kaba
faktorlar o‗rganilayotgan bo‗lsa, bu holatda tajriba sxemasi quyidagicha
bo‗ladi:
1.
Oddiy xaydov (0-35) – o‗g‗itsiz.
2.
Chuqur haydov (0-35+35-45) – o‗g‗itsiz.
3.
Oddiy haydov + o‗g‗it
4.
Chuqur haydov + o‗g‗it
Shundagina faktorlarning ta‘siridan olingan qo‗shimcha hosil va shu
faktorning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkoniyatiga ega bo‗linadi.
Dala tajribalari faqatgina bir joyda bajarilsa yagona tajriba deb, agarda bir
xil mazmunlik dala tajriba xar xil tabiiy iqlim sharoitida tajriba deb ataladi.
Dala
tajribalariga
o‗zining
bajarilish
maqsadiga
hamda
davomiyligaga qarab asosan uchga bo‗linadi.
1.
Qisqa muddatlik.
2.
Ko‗p yillik
3.
Uzoq muddatlik.
Qisqa muddatlik dala tajribalari juda ko‗p maqsadlarda olib boriladi
va tajribalar asosan 3-10 yilgacha davom ettiriladi. Ushbu turdagi dala
tajribalari kuzatuvchining o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga qarab faqatgina
bitta maydonda (statsionar) yoki bir necha maydonga ko‗chib ham
(nestatsonar) olib boriladi.
Kup yillik dala tajribalari esa bir yoki ko‗p faktorlik bo‗lib, ularning
davomiyligi 10 yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin.
Nihoyat, oxirgi davomiylikdagi, o‗zoq muddatlik dala tajribalariga
bir maydonda 50 yildan ortiq bajariladigan tajribalar kiradi. Bu turdagi
dala tajribalarini olib borishdan asosiy maqsad, uzoq yillar davomida
o‗zgarishi mumkin bo‗lgan faktorlarni: tuproq unumdorligini, mineral
o‗g‗itlarning ta‘sirini va qayta ta‘sirini o‗rganish maqsadida olib boriladi.
Ko‗p yillik va uzoq muddatlik dala tajribalaridan olingan ma‘lumotlarning
46
aniqlik darajasi ham yuqori bo‗ladi. Ko‗p yillar davomida kuzatiladigan
dala tajribalari asosan imliy-tekshirish institutlarining bazalarida yoki
o‗quv tajriba xo‗jaliklarida tashkil qilinib, uzoq yillar davomida ilmiy
tekshirish ishlari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, katta fundamental va
kompleks masalalarni hal etish uchun imkon beradi.
Uzoq muddatlik tajribalari hozirgi kunda mavjud bo‗lib, uzoq yillardan
buyon kuzatib kelinmoqda. 1912 yillardan beri Petrovskiy (xozirgi
Temiryazev nomli qishloq xo‗jalik akademiyasi) akademiyasida ko‗p
faktorlik uzoq muddatlik dala tajribasi olib borilmoqda. Bu yerda
monokultura, mineral o‗g‗itlar me‘yori, almashlab ekish kabi kompleks
muammolar hal etiladi. Uzoq muddatli daoa tajribalari Angliyaning
Rotamsted tajriba stansiyasida 1843 yildan boshlab, fransiyaning Grinon
tajriba stansiyasida esa 1875 yildan, Amerika Qo‗shma Shatatining Illino
universitetida 1876 yildan, Germaniyaning Galls shahrida esa 1878 yildan
boshlab har xil ekinlarning me‘yorida esa 1798 yildan boshlab har xil
ekinlarning me‘yori va almashlab ekish sxemalari o‗rganilmoqda.
Mustaqil Respublikamizning Andijon viloyati Asaka tumanida O‗rta
Osiyo paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Andijon filialida 1936 yilda
o‗zlashtirilgan maydon bo‗lib, bu maydonda ham uchta bo‗lakka bo‗lib,
yuqorida aytilgan muammolar o‗rganilmoqda. Ba‘zi fermer xo‗jaliklari
ham shu xo‗jalik sharoitiga mos holda yangi navlar, ilg‗or tajriba yutuqlari
yoki yaxshi ko‗rsatkich bergan, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‗lgan
variantlar katta maydonlarda kuzatish ishlari olib boriladi. Bu turdagi
tajribalarni iqtisodiy yoki ishlab chiqarish sharoitidagi dala tajribasi
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |