2.3. Texnogen omillar o‘simliklarga ta’sirining oqibatlari
Tabiiy tizimlar va agroekotizimlar ham bioekotexnosferaning ajralmas qismi
bo‘lib, biotizimlar kabi ular ham o‘zlarini kichik-kichik qismlari, hududiy va
global holatda texnogen omillarning ifloslovchi ta’sirini sezadi va mahsulot hosil
bo‘lishi hamda energiyani almashishida katta salbiy o‘zgarish jarayonlari yuzaga
keladi. Bu holat agroekotizimlar komponentlarini sifat va miqdor turg‘unligining
o‘zgarishi bilan ekinlar mahsuldorligining pasayishiga olib keladi. Natijada qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishning doimiyligi buziladi.
Masalan, rangli metallurgiya korxonasi atrofida gaz-changni atmosferaga
intensiv chiqishi natijasida o‘simlik qoplamining tuzilishi buzilgan, hattoki
o‘simliklar yo‘qolib 5.10 km maydonda texnogen cho‘l hududi hosil bo‘lgan,
tuproq, er usti va er osti suvlari zaharlangan. Rossiyaning Norilsk tog‘ kon-
metallurgiya kombinatidan 60-70 km narida fitotsenozning tabiiy holati va tarkibi
sezilarli darajada o‘zgargan (Lozanovskaya va boshq.,1998).
Ayrim olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, juda kam miqdorda (1/1000)
margumush, qo‘rg‘oshin va rux bo‘lgan tuproqda 600 m atrofida yomg‘ir
chuvalchanglari bo‘lmaydi. 1500 metrda ularning soni juda oz bo‘lib, shu
kimyoviy elementlar tuproqni «o‘liklashtirar» ekan (CHernikov, 2000; CHekeres,
2000).
Quyidagi jadvalda atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni qishloq
xo‘jalik ekinlarining mahsuldorligiga ta’siri ko‘rsatilgan (%; Balatskiy, 1979, 4 -
jadval):
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, atmosferani ifloslovchi manbaga yaqin joyda
qishloq xo‘jalik ekinlarining mahsuldorligi 15,2% dan (roj) 62,6% gacha (kanop)
kamaygan. Ifloslangan yem-xashak bilan oziqlangan sigirlar o‘rtacha 19,8% kam
sut bergan, ularning semirishi esa 19,4-37,5 ga pasaygan.
4 –jadval
Atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni qishloq xo‘jalik ekinlarining
mahsuldorligiga ta’siri
Ekinlar
nomi
CHiqindi manbasidan uzoqligi, km
2-3
5
Bug‘doy
18,7
9
,
4
R
oj
15,2
7,6
Arpa
24,4
12,2
Suli
31,3
15,5
Jo‘xori
25,0
12,5
Kartoshka
35-47
18-24
Lavlagi
25-62
13-31
Kanop
62,6
31,3
Yo‘ng‘ichq
a
33,1
16,6
Beda
37,8
18,9
Quyosh nuri madaniy o‘simliklar fotosintez jarayoni organik moddaning hosil
bo‘lishi va shu jarayonda texnogen ifloslovchi moddalar (gaz, chang, zarrachalar,
suyuq moddalar) bevosita va bilvosita o‘simliklar yaprog‘i, guli, ildizi, guli,
mevasi orqali o‘tib, ular hosil qilgan mahsulotlar tarkibida bo‘ladi. Ifloslovchi
moddalarning ta’siri yo ko‘rinadi (yaproq sarg‘ayishi, qurishi, dog‘lar hosil
bo‘lishi, mevaning to‘kilishi), yoki ko‘rinmaydi (o‘simlik hujayra-to‘qima
suyuqlik va boshqa organlari tarkibida bo‘lib, o‘simlik tanasining ichki
biokimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi, natijada o‘simlik (tanasi, mevasi, hosili)
hayvon va inson tanasi zaharli modda tutuvchi biomanbaga aylanadi.
Zaharli kimyoviy texnogen moddalar Rb, As, F, S0
2
, SO
3
, turli birikmalar HF,
SiF
4
, HCl o‘simliklarni kuchli zaharlaydi (yaproqlar to‘kiladi, mevalar qotib
sharbatsiz bo‘lib qoladi). Zaharli gazlarning o‘simliklarga ta’siri ularning
konsentratsiyasiga va ta’sir qilayotgan vaqtga bog‘liqdir. Yuqori konsentratsiyani
uzoq vaqt ta’sir qilishi eng xavfli hisoblanadi. Zaharli gazlardan S0
2
, HF, HCl kabi
don ekinlari, pista, qovoq, tarvuz, kartoshka va dorivor o‘simliklarga kam ta’sir
qilsa, yem-xashakli, dukkakli, danakli mevalar, yong‘oq, uzum, qulupnay
kabilarga juda kuchli ta’sir qiladi. Shu zaharli gazlardan nina bargli daraxt va
butalar tez zaharlanib, ninalarini to‘kib, qurib qoladi. Masalan, S0
2
o‘simliklar
naviga, ekilgan vaqtiga, rivojlanish davri, yorug‘likning intensivligi, havo harorati
va tuproqning namlik darajasiga qarab turlicha ta’sir qiladi. Har qanday holatda
ham oltingugurt
birik
malari fotosintez jarayoni, xlorofill miqdori va mahsulotini
kamaytiradi, ya’ni S0
2
, ning 0,1 mg/m
3
havodagi miqdori loviya hosilini 30% ga
kamaytiradi. Jo‘xori barglaridagi mezofil to‘qimalari SO
2
, ni yutishda fotosintez
hamda uning o‘sish jarayonlarini kamaytiradi.
O‘simlik tanasida S0
2
to‘planishi bilan hujayralarda suvning to‘planishi,
shakar moddalar, mineral moddalar (K, Ca) kelishi va pH ning darajasi pasayadi.
Ko‘pchilik olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, S0
2
ning 70% darajasi
arpa yaproqlariga tushsa, shu yaproqlarda oltingugurt kislotasi hosil bo‘ladi.
Oltingugurt oksidining fitotoksik konsentratsiyasi havoda 50-90 mkg/m
3
atrofida bo‘lib, o‘simliklardan faqat kartoshka S0
2
ning yuqori (250 mkg/m
3
)
konsentratsiyasiga chidamlidir (CHekeres, 2000).
Qishloq xo‘jadik o‘simliklari uchun eng xavfli toksikant - bu ftordir. Uning
gazsimon birikmalari (HF, SiF
4
, H
2
SiF
2
, CF) hamda qattiq zarrachalar va
aerozollari (NaF, CaF
2
, Na
3
AlF
6
, AlF
3
, Na
2
SiF
6
) ham uchraydi. S0
2
atmosferadagi
miqdori ifloslanmagan agroekosistemalar uchun 1.10
-4
mg/m
3
atrofida bo‘lib,
uning yuqori kimyoviy aktivligi suvda eruvchi formasidir. Ftor birikmalari
tuproqdaga organik va noorganik komponentlar, elementlar bilan reaksiyaga kiradi
va tuproq majmualari tomonidan tez shimiladi. Tuproqning fizik–kimyoviy biologik
tarkibida sezilarli salbiy o‘zgarish yuzaga keladi, uning hosildorligi pasayadi, olingan
hosil ekologik jihatdan insonlar, hayvonlar uchun zararli bo‘ladi. Tirik organizmlar
to‘qimalarida S0
2
konsentratsiyasi 1,5-2,0 mm/kg dan ortganda tanada
intoksikatsiya - zaharlar ko‘payishi, qizil-qo‘ng‘ir rangli dog‘lar hosil bo’lishi,
o‘simlik rivojlanishi, aktiv o‘sishi buziladi. Shuning uchun ftor chiqaruvchi
korxonalardan 3 km uzoq joylarda dehqonchilik ishlarini olib borish, ftor tasir
qilgan yem-xashakka toza o‘t, somonlarni aralashtirib chorva mollarga berish ftor
miqdorini kamaytiradi, hayvonlar mahsuloti ancha toza bo‘ladi.
Agroekotizimlarga salbiy ta’sir qiladigan texnogen omillardan, yana biri azot
birikmalari bo‘lib, ular ma’lum miqdordan ortgandan keyin agroekotizim
komponentlariga salbiy ta’sir qiladi. Yuqori haroratli yonishdan azot oksidi
(N0)
atmosferaga chiqadi, u tezda oksidlanib dioksid azotga
(N0
2
)ga
aylanadi.
Ma’lumki, o‘simliklar tomonidan qabul qilingan azot oksidlari metabolizm
jarayonlarida:
N0
2
-
N0
3
,-N0
2
, -HN
4+
-
aminokislotalar - oqsillar hosil bo‘ladi,
lekin assimilyasiyada hosil bo‘lgan azot oksidlaridan nitritlar (
N0
2
-
) juda zaharli
bo‘lib, turli fizologik jarayonlarning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Ba’zi o‘simliklarga
ammiak to‘planib, hujayralarning buzilishiga olib keladi. O‘simliklarning
to‘qimalarida esa 65% gacha dioksid azot to‘planishi mumkin.
O‘simliklarning azot birikmalari ta’siridan zararlanishi katta sanoat
korxonalari atrofida, magistral avtomobil yo‘llarining chetida kuzatiladi,
ekinlarning hosili pasayadi, o‘simlikning ekologik omillar ta’siriga chidamliligi
yo‘qoladi, kasallikka tez beriladi. Shuni ham aytish kerakki, yuqori darajada
ifloslangan hududlarning o‘simliklarida O
3
,SO
2
, N
O
2
kabi zaharlovchi gazlarga
nisbatan chidamlilik qobiliyatlari ham yuzaga keladi. Ayniqsa, bunday holatni
yaylov o‘tloqlarida kuzatish mumkin.
O‘simliklarga texnogen ta’sirning yana bir tomoni, N
O
2
, SO
2
gazlar
o‘simliklardagi abssiza kislotasi (tinchlik gormoni) miqdorining o‘sishini
tezlashtiradi. Bu kislota o‘simliklarning qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamlilik
qobiliyatini oshiradi, tanadan yer osti mevalarga moddalarning oqib kelishini
tezlashtiradi.
Sanoat va avtotransport manbalaridan chiqadigan va ta’sir qiladigan zaharli
gazlarga o‘simliklar quyidagi yo‘llar bilan moslashadi, ya’ni:
1.O‘simliklar kserofitizatsiyalashadi, tanasida kutikulalar qalinlashadi, tuklar
miqdori ortadi va natijara zaharli gazlarning o‘simlikka o‘tishi kamayadi.
2.Fiziologik moslashish jarayonida o‘simliklar biokimyoviy yo‘l bilan
zararsizlantiradi va to‘plab, akkumulyasiya qilib, moddalar aylanish jarayonida
(kation-anion holda) tanadan chiqarib yuboradi.
3.Tabiiy tanlanish - texnogen - kimyoviy omillar ta’sir qiladigan hududlarga
chidamli o‘simliklar to‘rlarini o‘z-o‘zidan yoki sun’iy yo‘l bilan ko‘payishi
ta’minlanadi
O‘simliklarga
salbiy
ta’sir
qilib, ularning
o‘sish
, rivojlanishi,
hosilining pasayishiga
olib
keladigan turli toksikant gazlarni
atmosferaga chiqaradigan manbalar
—
kombinatlar,
zavodlar,
korxonalarning
ishlab
chiqarish faoliyatlarini nazorat qilish, doimiy
monitoring
o‘rnatish
yo‘li
bilan
gazsimon chiqindnlar miqdorini
kamaytirish, atmosferani ifloslovchi gazsimon, suyuq va
qattiq
chiqindilarni zamonaviy uslublar bilan aniqlash, ishlab
chiqarishda
chiqindisiz texnologiyani joriy qilish
yo‘li bilan agroekosistemalar
doimiyligi
va xosildorligini saqlash va ekologik toza mahsulot
olish mumkin.
Shu y
erda biosferani
ifloslovchi qattiq, suyuq,
gazsimon moddalarni
aniqlovchi uslublar
va
qo‘llaniladigan
asboblarni keltirib
o‘tamiz
(5
-
jadval)
5 -jadval
Biosferani
ifloslovchi qattiq, suyuq,
gazsimon moddalarni aniqlovchi
uslublar
va
qo‘llaniladigan
asboblar
Uslublar
Kerakli
asboblarning nomlari
Gravimetrik
Maxsus laboratoriya
Titrimetrik
Maxsus
laboratoriya
Spektrometriya
Kolrimetr. Siektrofotometr
Ulrafiolet spektrofotometriya
UF-spektrofotometr
Atom-absarbpion spektroskopiya
AA-
spektrofotometr
Gaz xromatografiya
Gazli xromagotograf
Voltamperometriya
Impulsli polyarograf, doimiy tokda
Spektrofluorimetriya
Spektrofluorimetr
Suyuk xromatografiya
Suyuq xromatograf
Polyarografiya
Polyarograf
Infraqizil spektroskopiya
Infrakizil spektrometr
Mikrobiologik
Mikrobiologik asboblar
Medik-biologik
Ilon va hasharotlar zaharini aniqlaydigai asboblar
Xalq tabobatining uslublari
O‘simlik
, hayvon moddalarining sharbati, massasi,
yog‘i
Ko‘pchilik
agrokimyo laboratoriyalari, zavod va tabiatni
muhofaza qilish tashkilotlarida ifloslovchi moddalar tarkibini
aniqlashga y
etarli imkoniyatlar yo‘q, shunday bo‘lsa ham texnogen
omillarning tiriklikka ta’sir qilishini unutmaslik kerak
Nazorat uchun savollar:
1.Texnogen omil deganda nimani tushunasiz?
2. Atmosfera va oqova suvlardagi ifloslovchi moddalar va ularning miqdori?
3.Ekologik xavfli ishlab chiqarish obe’ktlari qaysi sohalar hisoblanadi?:
4.Ifloslovchi moddalar guruhlari va ularning manbalarini ayting?
5.Texnogen omillar ta’sirining oqibatlari nimalardan ibort?
6. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari eng xafli toksikant qaysi element va uning qishloq
xo‘jalik ekinlariga ta’siri nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |