ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
154
4. Individual ta’lim, ilmni uzatish va uyda ta’lim olishning integratsiyasi. Bular barchasi
Imom Buxoriyning “Ilm kitobi” asarida keltirilgan oʻqitish usulida mujassamlashgan (28-bob:
“Navbat bilan ilm olmoq”). Ushbu usulning mohiyati shundaki, ikki oʻquvchi navbat bilan individual
mashgʻulotlarga qatnashadi. Bir kun bir oʻquvchi muallimga qatnashsa, ikkinchi kun ikkinchisi
qatnaydi. Oʻsha kuni mashgʻulotdan soʻng birinchi oʻquvchi, oʻzi oʻzlashtirgan oʻquv materialni
ikkinchi oʻquvchiga tushintiradi. Ikkinchi kun esa individual mashgʻulotda ikkinchi oʻquvchi
qatnashadi, shu kuning oʻzida mashgʻulotdan soʻng, oʻtilgan oʻquv materialini birinchi oʻquvchiga
tushuntiradi. Bu oʻqitish kursi toʻla tugaganigacha davom etadi.
Mazkur oʻqitish uslubi “oʻqib turib – oʻqitaman,” oʻzida individual oʻqitish, ilmni uzatish va
mustaqil ishni samarali tarzda qamrab oladi. Bu yoʻl bilan olingan ta’lim sifatli va mustahkam boʻladi.
Chunki individual mashgʻulotlar jarayonida muallim bilan olingan ilm (bilim)lar, ularni uzatish
jarayonida mustahkamlanadi.
5.
O
ʻ
qitish va tarbiyaning o
ʻ
zaro bog
ʻ
liqligi.
Sharqda barcha davrlarda ta’lim va tarbiya qoʻsh
jarayon xuddi bir tanganing ikki tomoni sifatida qaralgan. Natijasida oʻqimishli inson tarbiya deganda,
ilmni egallangan sifatida qabul qilingan. Albatta bilim darajasi hammada ham bir xil boʻlavermaydi
(tanganing qiymati koʻrsatilgan yuz tomoni kabi), tarbiyaga esa jamiyatda mavjud boʻlgan xulq-atvor,
ahloq me’yorlari, madaniyat, ma’naviyatidan kelib chiqqan bir xil talablar qoʻyiladi (tanganing orqa
tomoni hammasi uchun bir xil boʻlgani kabi).
Imom Buxoriy ta’limotida, odamlarda poklik, halollik, adolatparvarlik, hushmuomalalikni,
kamtarlik, aytgan soʻzi ustidan chiqish, kabi fazilatlarni shakllantirishga ham alohida etibor berilgan.
Pedagogik jarayonni inson faoliyatining bir sohasi sifatida qaralishi mumkinligini hisobga oladigan
boʻlsak, yuqorida keltirilganlar Imom Buxoriyning “Ilm kitobi”, “Adab kitobi”, “Ijozat soʻramoq”
kitobi asarlari mazmunidan kelib chiqadi.
Ta’lim jarayonida tarbiyaga qay darajada e’tibor berilganligini berilgan savolga talaba zudlik
bilan javob berishi ham odobsizlik deb baholashdan xulosa chiqarish mumkin. (15-bob: “Ilm kitobi”).
Bundan yuqoriroq e’tiborni tasavvur qilish ham mumkin emasdir. Hozirgi kunda mazkur tamoyillar
barcha zamonlarda ham uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etishda uning nazariy asoslaridan biri sifatida
xizmat qilib kelishi namoyon boʻlmoqda.
Xotimada ta’kidlash mumkinki, Imom Buxoriy ta’limoti asosida shakillangan tamoyillar va
oʻsha davrda paydo boʻlgan “Beshikdan qabrgacha ilm izla”, “Ilmni oʻrganish har bir musulmon erkak
va ayol uchun farzdir”, “Ilm- fanni munosib va nomunosiblarga taqdim etish lozim, fanning oʻzi oʻzi
haqida qaygʻurishga qodir nomunosibga qololmasligi uchun” kabi chaqiriqlar XXI asr axborot
jamiyatning uzluksiz ta’limi tizimi uchun ham oʻta muhim boʻlib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |