12
Ish xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa savollar ham qo‘yilishi
mumkin, masalan, ilgari o‘tkazilgan xulosalarning, ilgari psixiatriya
kasalxonalarida aniqlangan kasallik tashxislarining asosliligi,
ayblanuvchining o‘zini kasal qilib ko‘rsatish imkoniyati va hokazo.
Amaliyotda savollarni noto‘g‘ri qo‘yish hollari ham tez-tez
kuzatiladi. Masalan, fuqaroning vafot etganidan
keyin qoldirgan
vasiyati tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida sud
tomonidan tayinlangan ekspertiza chog‘ida sud ajrimida uning
vasiyatni imzolash paytidagi emas, balki o‘limidan avvalgi aqli
rasoligi masalasi qo‘yiladi; ayblanuvchiga nisbatan esa uning jinoyat
sodir etish paytidagi emas, balki ungacha bo‘lgan aqli rasoligi
masalasi qo‘yiladi.
Ruhiy kasallik jinoyat sodir etganidan keyin boshlangan hollarda
ekspertlar oldiga kasallik qanday xususiyatga egaligi (vaqtinchalik
yoki surunkali) ayblanuvchi ushbu kasallik tufayli sud
oldida turishi
va jazo o‘tashi mumkinmi yoki yo‘qmi, degan savol qo‘yiladi. Aqli
noraso deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, jinoyat sodir etganidan
keyin kasal bo‘lib qolgan shaxslarga nisbatan ham ekspertlar oldiga
ularga qanday tibbiy choralar qo‘llanishi mumkinligiga oid savol
qo‘yilishi kerak.
Agar guvohlar yoki jabrlanuvchining ruhiy jihatdan sog‘lomligi
masalasida shubha yuzaga kelsa, ekspertlar oldiga ushbu ko‘rsatuvlar
ruhan sog‘lom kishinikimi yoki ruhiy bemornikimi, degan savol
qo‘yiladi.
Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari va kasalliklari tufayli jinoyat ishi
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar va hodisalarni to‘g‘ri idrok
eta olmaydigan va ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera olmaydigan
shaxslar guvoh sifatida so‘roq qilinmaydilar. Ularning ko‘rsatma-
lariga kasal odamning ko‘rsatmalariga bo‘lganidek munosabatda
bo‘lish lozim.
Psixiatr ekspertlar oldiga mutaxassisning tushuntirishlarini talab
qiladigan boshqa, masalan, kasallikning
boshlanish vaqti, uning
keyingi kechish xususiyati, tuzalish imkoniyatlari haqidagi aniqlik
kirituvchi masalalar ham qo‘yilishi mumkin.
Psixiatr ekspertlar oldiga ularning vakolatiga kirmaydigan
savollar, masalan, jinoyat motivlari, jazo choralari haqida, yoki
13
ayblanuvchi aqli noraso deb hisoblansa, institutda o‘qishni davom
ettira oladimi, degan savollar qo‘yilishi mumkin emas. Ekspert oldiga
qo‘yilgan barcha masalalar aniq, tushunarli bo‘lishi va imkon qadar
tasdiq yoki inkor javobi olinadigan tarzda ifodalanishi lozim. Agar
tergovchi psixiatriya sohasida yetarli bilimga ega bo‘lmagani bois
ekspertga taklif etilayotgan savollar ro‘yxatini tuzishda qiynalsa, u
dastlab psixiatr bilan maslahatlashib olishi mumkin.
Tergovchi ayblanuvchiga uning huquq va majburiyatlarini
tushuntirib, ekspertiza tayinlash
haqidagi qaror, shuningdek ekspert
xulosasi bilan tanishtirishga majbur. Agar bemorning ruhiy holati
bunga imkon bermasa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash haqidagi
qaror ham, ekspert xulosasi ham ayblanuvchiga e’lon qilinmaydi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylari ma’muriyati mahkumlarni sud-
psixiatriya ekspertizasiga yubora turib, odatda ekspertlar oldiga
mahkum ruhiy holatiga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilish joylarida
bo‘lishi va jazo o‘tashi mumkinmi, degan savol qo‘yadi. Bu
shaxslarni tekshirish ko‘pincha ruhiy kasallik alomatlari ularda ilgari
ham aniqlanganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda kasallikning
boshlanish vaqtini aniqlash muhim, chunki shaxsning
jinoyat sodir
etish paytidagi ruhiy holatini baholash shu bilan bog‘liq. Ekspertlar
arxivdagi jinoyat ishining materiallari, ish joyidan olingan
tavsifnomalar, mahkumlarda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishidan
avvalroq ruhiy kasallik alomatlari bo‘lgani haqidagi tibbiy
guvohnomaga ega bo‘lgan hollarda mazkur savolga ijobiy javob
olinishi mumkin.
Agar sud-tergov organlari takroran huquqbuzarlik sodir etgan
mahkumlarni psixiatriya ekspertizasiga yuborsalar, ushbu shaxslar-
ning oxirgi ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan aqli rasoligi va ilgari
chiqarilgan hukm bo‘yicha jazo o‘tay olishi haqidagi masala
qo‘yiladi. Ayblanuvchini javobgarlikka
tortishdan avval boshlangan
surunkali ruhiy kasallik mavjud bo‘lganida ekspertlar nafaqat
qo‘yilgan savollarga javob berishlari, balki subyektning o‘z
harakatlari uchun hisob berish va birinchi ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etgan vaqtda ularni boshqarib turish qobiliyatini baholashlari
ham kerak.
14
Sud-psixiatriya amaliyoti tajribasi ekspertiza o‘tkazish chog‘ida
ko‘pincha ish uchun muhim va ekspertiza qilinayotgan shaxsning
ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo ular bo‘yicha tergovchi va
sud savol qo‘ymagan holatlar uchrab turishidan dalolat beradi.
Bunday hollarda ekspertlar o‘z xulosalarida ana shu savollarga javob
berishga haqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: