Maniakal-depressiv psixoz
Maniakal-depressiv psixoz (sirkular psixoz) – maniakal va
depressiv buzilishlarning muntazam (sirkular tarzda) qaytalanib
turishi bilan ajralib turadigan endogen kasalliklar guruhiga kiruvchi
xastalik. Kasallik xurujlari o‘rtasida ruhiy sog‘liq batamom tiklanadi.
Kasallik istalgan yoshda – bolalikdan qarilikkacha boshlanishi
83
mumkin, biroq klinik jihatdan eng yorqin ko‘rinishda u odatda 35–55
yoshlarda namoyon bo‘ladi.
Maniakal faza
. Uning klinik ko‘rinishi turli darajalardagi
ko‘tarinki kayfiyatda, ruhiy jarayonlarning tezlashishida, shuningdek
kuchli harakatchanlikda, ya’ni maniakal triadada namoyon bo‘ladi.
Tegishlicha ushbu ruhiy buzilishlarning ko‘rinishlariga qarab
bemorlarning xatti-harakati o‘zgarishi mumkin, ularning jamiyat
uchun xavfli qilmishlar sodir etish ehtimolligi ortadi.
Nisbatan yengil kechuvchi maniakal fazalarda yoki chuqurroq
ruhiy buzilishlardan avval keluvchi boshlang‘ich davrida bemorlar-
ning holati aytarli sababsiz ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish, nekbinlik
(optimizm)ning rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ularga hozirgi kun va
kelajak muammosiz va go‘zal ko‘rinadi. Bemorning kayfiyatida
tetiklik hissi sezilib turadi. Barcha ruhiy jarayonlar (idrok, eslab
qolish, tafakkur) yengil kechadi, bemor o‘z qobiliyat va imkoniyat-
lariga ortiqcha baho beradi. Ko‘tarinki kayfiyat xatti-harakatning
jadallashuvi bilan kechadi va chaqqonlik, tashabbuskorlik, tadbir-
korlik bilan ajralib turadi. Bemorlar kam uxlaydilar, deyarli dam
olmaydilar, charchaganini sezmaydilar. Ularning quvvati cheksizdek.
Bemorlardagi o‘ziga haddan tashqari yuqori baho berish, obyektiv
vaziyatni tanqidiy hisobga olmaslik, faoliyatga intilish ijtimoiy xatti-
harakatlarning buzilishiga va kutilmagan qarorlar qabul qilishi
(ajrashish, ishdan ketish), yengiltaklik bilan qilingan bitimlar va
g‘ayriqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin. Bemorlar o‘zlari
boshlagan har qanday ish muvaffaqiyatli bo‘lishiga bir tomonlama
optimistik ruhda ishonib, ularning fikricha, «aybsiz», aslida esa jinoiy
jazoga loyiq bo‘lgan, real qiyinchiliklarni «oson va oddiy» hal
qilishga yordam beradigan harakatlarni sodir etadilar. Qo‘zg‘aluv-
chanlik surbetlik, yalang‘ochlanish, qo‘pol jinsiy harakatlar,
ochofatlik bilan kechishi va qattiq jazava, betartib tajovuzkorlikkacha
borishi mumkin.
Depressiv fazaga
qarama-qarshi maniakal faza ruhiy buzilish
holatlari – tushkunlik, past kayfiyat, ruhiy jarayonlarning susayishi,
harakatlarning tormozlanishi xosdir. Bunda o‘zini his qilish va o‘z-
o‘zini baholash o‘zgaradi, bemorlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatish
qobiliyati pasayadi.
84
Depressiya rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida ko‘pincha
yurak sohasida siqish, og‘irlik hislari yuzaga keladi, uyqu buziladi,
ishtaha yo‘qoladi. Tonusning pasayishi lanjlik, zaiflik, «dangasalik»
hislari, aqliy va jismoniy faoliyatdagi qiyinchiliklar orqali namoyon
bo‘ladi. Emotsional his-tuyg‘ularning susayishi kuzatiladi, o‘z
o‘tmishi, hozirgi davri va kelajagini baholashda tushkunlik ruhi
ustunlik qiladi. Bemorlar atrofdagilardan o‘zlarining bunday
holatlarini bemalol yashirishlari mumkin.
Depressiv holat chuqurlashganida o‘zini ayblash va qoralash
bilan kechadigan barqaror vasvasa g‘oyalari, ipoxondrik mazmundagi
xonavayron bo‘lish vasvasai rivojlanadi. Vasvasa kechinmalari
bemorlarning gap-so‘zlari va xatti-harakatlarida – ovqatdan va
davolanishdan voz kechish, o‘zini o‘ldirishga urinish kabilarda
namoyon bo‘ladi. Og‘ir depressiya holatlarida vasvasa g‘oyalari
ochiq ko‘rinib turgan bema’ni xususiyatga ega bo‘ladi (bemorlar
o‘zlarini insoniyatning barcha gunohlarida ayblaydilar, o‘z ichki
a’zolarining hammasi chirib ketganligini aytadilar va hokazo).
Bunday bemorlar o‘zlarini turli gunohlarda ayblab, o‘z «kasofati»
nafaqat ularga, balki ularning butun urug‘iga urganligida aybdor deb
hisoblab, nafaqat o‘zlariga, balki yaqinlariga ham azobli va muqarrar
«jazo» kelishini kutadilar. Bunday holatda bemor yaqinlarini
o‘ldirishga borishi mumkin, o‘zini o‘ldirishdan avval o‘z «gunohlari»
uchun azobli o‘limdan xalos qilish maqsadida eng qadrli odamlarini
o‘ldiradi. Ba’zi hollarda bemor o‘zini o‘ldirishga boshqalarga
sezdirmay puxta tayyorgarlik ko‘radi. Boshqa hollarda – o‘zini
o‘ldirishga urinish to‘satdan, qo‘zg‘alish asosida yuzaga keladi.
Maniakal va depressiv fazalarda
sud-psixiatrik baholash
murakkab kechadi, chunki affektiv buzilishlar darajasi psixotik
darajaga yetgan yetmaganligini, bemor o‘z ahvoli va yuzaga kelgan
vaziyatni to‘g‘ri baholash, o‘z harakatlarining ma’no - mazmuni va
oqibatlarini tanqidiy anglash qobiliyatini, uning o‘z xatti-harakat-
larini boshqarish imkoniyatlarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bemor-
ning maniakal qo‘zg‘alish holati odatda o‘zining g‘ayritabiiyligi bilan
darhol atrofdagilar va yaqinlarining e’tiborini tortadi. ekspertizaga
yuboriladilar va yerda aksariyat holatlarida aqli noraso deb topila-
dilar. Depressiv holatda sud-psixiatriya baholashi masalasi o‘zini o‘zi
85
o‘ldirish, ayniqsa «keng miqyosdagi» o‘ldirish munosabati bilan
yuzaga keladi. Bemorlar depressiya holatida o‘zlari sodir etmagan
jinoyatlarga aloqador ekanliklarini aytishlari mumkin. Bemorlar
jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lgan hollarda ham o‘zlarini ayblashlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |