1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Elektron marketing kompleksi. 
Elektron marketing marketing kompleksi 
imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ta’kidlash joizki, marketing-miksning aksariyat 
elementlari nazariy jihatdan asoslangan bo‘lib, ular o‘rtasida hozirgacha yetarli 
darajada aloqadorlik mavjud emas va korxona faoliyat yo‘nalishlarini to‘liq qamrab 
olmagan. Internetda har bir element o‘ziga xos ahamiyat va xususiyat kasb etadi. 
Internet marketing faoliyati uchun nafaqat sotish kanali yoki marketing 
kommunikatsiyasi, shuningdek, yangi bozor hamdir.
Internetda marketingning muhim jihatlaridan biri marketing kompleksining 
konvergensiyasidir. Masalan, Internetda veb-sahifalarning dizayni va navigatsiyasi 
bir vaqtning o‘zida “4P” ni ifodalaydi. Marketing kompleksining konvergensiyasi 
kelgusida veb-sahifalarni yaratish, qayta yuklash va uni boyitib borilishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Marketing kompleksining konvergensiyalashuvi 4 yo‘nalishda amalga oshadi: 
1.
Mahsulotlar konvergensiyasi
. Audioyozuvlar, vizual mahsulotlar, jurnal 
maqolalari internetda raqamli shakldaligi bois ularni aynan bir turdagi yoki muayyan 
amaliy dasturlar paketi yordamida qayta ishlash mumkin. Ushbu mahsulotlarning 
aynan moddiy nusxasini esa bir nechta texnik vositalar bilan qayta ishlash talab 
etiladi. Shu bois, raqamli formatga o‘tish natijasida mahsulotlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning moddiy shakli o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan, elektron 
kataloglarning joriy etilishi natijasida qog‘oz shakldagi kitob kataloglari 
foydalanishdan chiqib ketdi. Raqamli shaklning qulayligi bois an’anaviy bosma 
shakldagi kitoblar ham shu bosqichda turibdi. 
2.
Jarayonlarning konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish turli jarayonlarda 
amalga oshirilgan funksiyalarni aynan bir jarayon yordamida bajarish imkoniyatini 
yaratadi. Masalan, marketing tadqiqotlarini olib borishda ma’lumotlarni yig‘ish, 
ularni qayta ishlash, iste’molchilarni guruhlash, bozorni segmentlash, tovarlarni 
tasniflash va boshqa vazifalarni turli shaxslar, bo‘linmalar amalga oshirgan. Elektron 


194 
shaklga o‘tish natijasida birgina operatsiya yordamida ishlab chiqarish, marketing, 
sotish, iste’mol va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish yagona jarayondan iborat 
bo‘lib qoldi. Bunda marketing, sotish, iste’mol va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq axborotlarni qidirish, qayta ishlash va tarqatish nafaqat uzluksiz, balki 
parallel ravishda ham amalga oshiriladi. 
3.
Infratuzilma konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish natijasida telefon 
kompaniyalari, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldoshli antennalar korxonalarning asosiy 
raqiblariga aylandi. 
4.
Bozor muhitining konvergensiyasi
. Elektron bozor ilgari alohida bo‘lgan 
mintaqaviy va milliy bozorlar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotib yubordi. Natijada 
korxonalarning geografik va tarmoq monopoliyasiga barham berildi, bozorga kirib 
borishdagi to‘siqlar ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib bormoqda. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish