1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Foydalanuvchi kontenti. 
Turizm va mehmonxona sohasidagi muhim 
hodisalardan biri foydalanuvchi kontentidir. Foydalanuvchilarning norasmiy 
kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro fikr almashinuv, joylashtirish bo‘yicha 
o‘z fikr va mulohazalarini joylashtirishga mo‘ljallangan veb-jurnallar, sayohat 
kundaliklari va xalq tajribalari, saytlarning onlayn ko‘rinishi bugungi kunda juda 
ommalashib ketdi. Foydalanuvchi kontenti bugungi kunda hamfikrlarning virtual 
jamiyatiga aylanib ulgurdi. Aksariyat mutaxassislar internet-jamiyatlarning 
ahamiyatini tahlil qilish asosida turistik tashkilotlar uchun virtual jamiyatlar turizm 
marketingining ta’sir doirasini yanada kengaytirganligini va tovar va xizmatlarning 
sotuviga, ta’minotchilar tarmog‘ining kengayishiga, sotish kanallari va axborotlar 
sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi degan fikrga kelishdi. Buning natijasida brendning 
shakllanishi, munosabatlar marketingini boshqarish va harajatlarning kamayishiga 
erishish mumkin. Internet reklamaga tenglashmasada foydalanuvchilar kontenti bir 
tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘zaro ishonch va yuqori darajada WOM (mish-
mish tarqatish) samarasiga ega[30, 271]. 
Blog. 
Blog foydalanuvchi tomonidan internet muhitda yaratilgan xronologik 
kundalik bo‘lib, turli tadbirlar, vaziyatlar, voqea hodisalarni qayd etish va muhokama 
qilish uchun qo‘llaniladi. Turistik bloglar foydalanuvchi kontentidagi eng faol va tez 
rivojlanuvchi sohadir. Bunday turdagi saytlar turoperator filiallari, turistik agentliklar, 
provayderlar, turistik destinatsiyalar va marketing tashkilotlari uchun juda muhimdir 
[30, 271]. 
Internet-hamjamiyat. 
Internet-hamjamiyat 
ham 
turistik 
forumlardan 
foydalanish yoki sohaga qiziquvchilar guruhi orqali foydalanuvchilar kontentiga 
bog‘lanish imkonini beradi. Bu turdagi saytlar kundan-kunga foydalanuvchilar, 
biznes-hamjamiyat tomonidan ommalashib bormoqda va o‘z navbatida ayrim 
noqulayliklarga ega bo‘lsada marketologlar e’tiborini ham jalb qilmoqda. Internet-


202 
hamjamiyat iste’molchilar va reklama beruvchilar uchun juda foydali bo‘lib, unda 
foydalanuvchilar o‘z fotosuratlari, yashash joyi, ish joyi, video yoki audio kliplarni 
ham havola etadilar. MySpace, YouTube, Wikipedia va Flickr saytlari foydalanuvchi 
kontentini rag‘batlantiradi va muntazam boyitib turadi. Bunday saytlar reklama 
manbai ham bo‘lib bormoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Virtualtourist.com 
(
www.virtualtourist.com
) saytini keltirish mumkin. Mazkur sayt sayyohlar uchun eng 
katta foydalanuvchilar kontentiga ega bo‘lgan sayt hisoblanadi. Sayt WOM (mish-
mish tarqatish) samarasi orqali barcha ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanish imkoniyatiga 
ega. Kishilar saytda tajriba almashinish, o‘z fotosuratlarini joylashtirish, o‘zlari 
yashayotgan yoki tashrif buyurayotgan joylar to‘g‘risida fikr almashinish maqsadida 
a’zo bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi [30, 272]. Bu mazkur saytlarning qudratli va 
ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi va brendlar, xizmatlarning turlari va yo‘nalishlari 
to‘g‘risida xabarlar bilan ta’minlaydi. Sayt ma’lumotlariga ko‘ra unda: 

220 dan ortiq mamlakat va hududlardan ro‘yxatdan o‘tgan 800000 a’zo; 

Dunyodagi 25000 joylar bo‘yicha 1,4 milliona yo‘lko‘rsatkich;

2,6 million fotosurat; 

2 million joylar; 

85% forum savollari mavjud; 

VirtualTourist saytida har haftalik uchrashuvlar; 

25 million VirtualTourist sayti orqali nikohni qayd etish; 

Har oyda 5 million foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish amalga oshiriladi;

Har 
oyda 
30 
million 
kishi 
saytga 
tashrif 
buyuradi.(
http://members.virtualtourist.com
).
Keyingi vaqtlarda bunday foydalanuvchilar kontentidan 
www.youtube.com

www.facebook.com

www.wayn.com

www.travelblog.org

va 
www.virtualtourist.com
kabi ijtimoiy tarmoqlar ham foydalanmoqda. Ular 
internetdagi eng jadal rivojlanayotgan foydalanuvchilar kontentini o‘z ichiga oladi. 
Turistik bloglar, masalan mualliflarning shaxsiy hayoti va hayotiy voqealariga 
bag‘ishlangan bloglar tor doiradagi va oila va do‘stlarga ixtisoslashgan 
auditoriyalardan iborat bo‘lib, turizm, yashash va tashrif joylari to‘g‘risidagi turli xil 
xabarlarni Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish imkoniyatiga ega. Biroq umumiy 
sayt muhitining aksariyat qismi homiy reklama havolalari hisobiga daromad oladi va 
asosan kundaliklarda qayd etilgan joylarga taalluqli bo‘ladi. Masalan, 
www.travelblog.org
.  
7.6-rasmda keltirilgan TravelBlog.org. saytida turistik axborotlar davlat yoki 
xususiy turistik tashkilotlar nomidan vakolatli va ixtisoslashgan marketing 
agentliklari tomonidan yaratiladi va foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Sayyohlar 
joylar va o‘z tajribalari to‘g‘risida saytda ma’lumotlarini mos reklama beruvchilarga 
qoldiradilar. 



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish