1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

“Qattiq” PR(Hard relations) –
qiziqishlarni rag‘batlantirish va auditoriyani 
faol tarzda jalb qilish tadbirlariga yaqin bo‘ladi. Bunday kampaniya qisqa muddatli 
maqsadlar – tashqi ta’sirga mo‘ljallangan, qichqiruvchi e’lonlar yordamida 
jamoatchilikni darhol harakatga keltirish uchun mo‘ljallangan ta’sir o‘tkazishga 
qaratiladi.
“Yumshoq” PR-kampaniya (Soft relations)
– faqatgina tashkilotning 
loyihasi yoki dasturi to‘g‘risidagi ma’lumotni ma’lum qilishni emas, balki bu loyiha 
atrofida qulay muhit yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu ko‘pincha, his-
tuyg‘ularga tegib o‘tadigan, chuqur undovchi sabablarni qo‘zg‘atadigan emotsional 
ta’sir ko‘rsatish strategiyasidir. Bunday PR-kampaniya auditoriyaga ta’sir 
o‘tkazishning o‘rtacha muddatlariga mo‘ljallangan bo‘ladi. U asta sekin salohiyatli 
auditoriyaning kayfiyatini o‘zgartiradi, uni birlashishga chaqiradi, bu esa o‘z 
navbatida, avval loyihaga bo‘lgan qiziqishga, unda ishtirok etish istagiga, so‘ngra esa 
unda ishtirok etishga va tashkilotning doimiy sherigiga aylanishga olib keladi.
Jadalligi bo‘yicha: 
bir tekis, o‘sib boruvchi, pasayib boruvchi
.
Iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish strategiyasi bo‘yicha:
Zalpli – 
qiziqishning “yarq etishiga” faqatgina zalpli kampaniya yordamida 
erishish mumkin, biroq bunday qiziqish “bir zumda yo‘qqa chiqadi”; 
Pulsatsiyalanuvchi – 
hech qachon “qiziqish cho‘qqisi” ga erisha olmaydi, 
biroq, o‘rta va uzoq muddatli kelajakda yaxshi yutuqlarga erishadi.
Mo‘ljallanishi bo‘yicha: 
imidjli, rag‘batlantiruvchi, turg‘unlashtiruvchi
.
6.3. PR ning maqsad va vazifalari, funksiyalari, tamoyillari va marketing 
kommunikatsiyasidagi asosiy yo‘nalishlari 
PR marketing kommunikatsiyasi vositasi sifatida munosabatlar marketingini 
shakllantiradi

PR tadbirkorlik sub’ektlarining jamoatchilik tashkilotlari va butun 
jamiyat a’zolari bilan o‘zaro ishonch va hamjihatlikka erishish maqsadida 
hamkorlikda faoliyat olib borishidir. 
PRning maqsadlari quyidagilardan iborat: 

maqsadli auditoriyada tashkilotning (uning yetakchisining) ma’lum bir 
timsolini shakllantirishga;

firmaga nisbatan maqbul munosabatlarni shakllantirishga; 

boshqa tashkilotlarda ishonchli sherik timsolini shakllantirishga; 


151 

potentsial auditoriyada muayyan (aniq) taklif (dastur, voqea-hodisa yoki 
aksiya, yangi xizmatlar) to‘g‘risida bilimlarning ma’lum bir darajasini 
shakllantirishga; 

takliflar – dasturlar, xizmatlar, voqea-hodisalar va hokazolarga qiziqish va 
ehtiyojni shakllantirishga; 

doimiy auditoriyaning ma’lum bir maqsadli guruhini tashkilotning sherigiga 
aylantirishga intilishga; 

maqsadli auditoriyada tashkilotning muayyan (aniq) taklifiga nisbatan 
bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 
Shundan kelib chiqqan xolda marketing kommunikatsiyalarida PR–
texnologiyasi asosida yechimini topadigan bir qator vazifalar mavjud. Bular: 

firmaning jamoatchilik orasidagi ijobiy imidjini shakllantirish; 

matbuot, radio va teleko‘rsatuv vositasida kuzatish orqali jamoatchilikning 
firma haqidagi fikrini aniqlash va unga baho berish; 

firma va uning ko‘p sonli auditoriyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni 
yaxshilashga qaratilgan usullar tizimini ishlab chiqish; 

firma va uning ko‘p sonli auditoriyalari o‘rtasidagi kommunikatsiya 
jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish; 

kishilarning turli qarashlari va qadriyatlarini o‘rganish orqali firmaning 
ijobiy korporativ madaniyatini shakllantirish; 

firma xodimlari o‘rtasidagi vaziyatni muntazam ravishda tahlil qilib borish 
va ularni takomillash va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 

nizoli va inqirozli vaziyatlarda chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 

bozorga yangi tovar va xizmatlar kiritilishi to‘g‘risida illyustratsiyalar 
chiqarish; 

OAVda maxsus PR–aksiyalar, tijorat tadbirlari, ko‘rgazma va yarmarkalar 
to‘g‘risida muntazam yoritib borish; 

korporativ mahsulot va xizmatlarni siljitishni rag‘batlantirish shakllari va 
usullarini ishlab chiqish; 

firma xodimlarining omma oldiga chiqishlariga tayyorgarlik ko‘rish. 
PR integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining ajralmas qismi 
sifatida ma’lum funksiyalarga ega. PRning marketing kommunikatsiyasidagi 
quyidagi funksiyalarini mavjud:. 
– 
axborot funksiyasi –
maqsadli auditoriyalarga firma haqida uning holati 
to‘g‘risida axborot berish; 
– 
imidj yaratish funksiyasi
– keng jamoatchilik fikrida firmaning mavjud va 
o‘zgarib turadigan qiyofasini shakllantirish; 
– 
boshqaruv funksiyasi
– jamoatchilik fikri asosida firmaning bozordagi 
mavqeini tartibga solish; 
– 
kommunikativ funksiyasi
– firmaning boshqa firmalar, jamoat tashkilotlari, 
hududiy tuzilmalar, turli tashkilotlar bilan aloqasi va hamkorligini ta’minlashni 
ko‘zda tutadi; 


152 
– 
yashovchanlikni ta’minlash funksiyasi
– firmaning jamiyat uchun naf 
keltirishini asoslash va ishontirish maqsadida turli tadbirlar, tantanali sanalarni 
o‘tkazib turish. 
– 
tahliliy–prognoz funksiyasi
– bo‘layotgan voqea hodisalarni dinamikasini 
o‘rganish maqsadida axborot siyosati(strategiyasi va taktikasi)ni ishlab chiqish; 

ijtimoiy–insoniy funksiyasi
– tashqi hamkorlar, haridorlar va iste’molchilar 
o‘rtasida ishonch, kelishuv va hamjihatlik muhitini shakllantirish. 
Ikki 
tomonlama 
kommunikatsiyani 
amalga 
oshirish, 
munosabatlar 
marketingnining asosiy markazda ekanligi PRning muayyan tamoyillarga 
asoslanishini taqozo etadi. Firmaning PR bo‘yicha menejeri mavjud masalalarning 
yechimini topishda qanday yo‘l tutishni va bunda qaysi yo‘nalishda faoliyatni olib 
borishni bilishi zarur. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish