2-Qism: Tengdoshlarning bosimi
Bunday
hollarda
asosan
tengdoshlar
bir-birlariga
ta’sir
o’tkazishga harakat qilishadi (do’stlar yoki biron bir ijtimoiy guruh
vakillari).
Yoshlar o’rtasida do’stlari tomonidan e’tirof etilish va ma’lum
guruhga mos bo’la olish hissi tabiiy holdir. Ayniqsa o’smirlik
yoshida
inson uchun do’stlarining fikri uning hayoti uchun javobgar bo’lgan
kattalarnikidan ham muhimroqdir.
Lekin siz o’zingizni do’stlaringiz ketidan ma’lum ishlarni bajarishga
majburlamang.
Nosog‟lom munosabatlar
Sherigingiz sizni qo’rqitadigan, jismoniy va psixologik zo’ravonlik
bilan
tahdid qiladigan yoki jismoniy zo’ravonlik ko’rsatadigan munosabatlar nosog’lom
munosabatlar bo’ladi.
Agar shunday holat yuz bersa, o’zingiz ishonadigan
kishi bilan bu haqida
maslahat qilishingiz yoki tegishli organlarga xabar berishingiz kerak. Har qanday
zo’ravonlik jinoyatdir!
Agar siz hozir xavf ostida bo’lsangiz, militsiyaga qo’ng’iroq qilishingiz yoki
xavfsizligingizni ta’minlaydigan kattalarga murojaat qilishingiz kerak.
Jinsiy zo‟ravonlik
Jinsiy zo’ravonlik yoki jinsiy munosabatlarga majburlash bolalarni yoki 18
yoshga to’lmagan yoshlarni yolg’on ishlatib yoki majburlab
kattalar bilan yoki
boshqa yoshlar bilan jinsiy munosabatlarda qatnashishiga aytiladi. Bolalarga
pornografik jurnal yoki video ko’rishni taklif qilish ham jinsiy zo’ravonlik
hisoblanadi.
Bunday majburlash erkaklar yoki ayollar tomonidan sodir qilinishi shu bilan
birgalikda ular har doim ham kattalar bo’lmasligi mumkin.
Bundan tashqari, oila
a’zosi yoki oilaning do’sti kabi bolani yaxshi biladigan odam ham bo’lishi
mumkin.
Bolalarni majburlaydigan odamlar pedofillar yoki jinsiy jinoyatchilar deb
ataladi. Bunday odamlar odatda jabrlanuvchining
ishonchini qozonib olishga
harakat qiladilar.
Jinsiy zo’ravonlik va majburlash jinoyat hisoblanadi va qonun bilan
jazolanadi.
Agar hozirda xavf ostida bo’lsangiz, militsiyaga qo’ng’iroq qilishingiz yoki
o’zingiz ishongan katta yoshdagi insonlarga murojaat qilishingiz kerak.
Jinsiy zo’ravonlik oqibatlari juda jiddiy va uzoq muddatli bo’ladi.
Agar siz
bunday zo’ravonlikning qurboni bo’lgan bo’lsangiz, bu haqda gapirish juda qiyin
bo’lishi mumkin. Biroq, bu mudhish zo’ravonlikning oqibatlari bilan kurashilmasa,
u yanada ko’proq og’riq va azob-uqubatlarga olib kelishi mumkin.
Mashg‟ulot:
o’quvchilar 2 guruhga ajratiladi. Ularga
jadval tarqatiladi va
to’ldirishlari so’raladi.
1 guruh
Tushunchalar
Sizningcha bu tushuncha qanday
ma‟noni anglatadi?
Qo‟shimcha
ma‟lumot
Jismoniy zo’ravonlik
2guruh
Tushunchalar
Sizningcha bu tushuncha qanday
ma‟noni anglatadi?
Qo‟shimcha
ma‟lumot
Psixologik zo’ravonlik
Yakuniy qism: “Mehr xati” yozish. Mavzuni yakunlash.