Fiziologlar tomonidan odamning vegetativ va harakat funksiyalari o‘rtasida
bog‘liklik aniqlangan.
Jismoniy sifatlar izolyasiyalangan holatda mavjud bo‘lmaydi, ular odamning
mushak faoliyati bilan doimiy o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir jismoniy sifatlar
boshqalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanishi yosh gimnastikachilarni sport
gimnastikasidagi harakat amallariga o‘rgatishga qay darajada ko‘maklashishini
tekshirib ko‘rish qaroriga kelindi.
Uch yil davom etgan eksperimental tekshirishda 80 nafar yosh gimnastika
chilar ishtirok etishdi. Ishning barcha davri davomida mashg‘ulotlar xaftasiga 3
marta o‘tkazildi: birinchi yili ikki soatdan, ikkinchi va uchinchi yillari esa, har biri
3 soatdan.
Birinchi yili mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan mashqlarning 40-50% yosh
gimnastikachilarni yoshiga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning harakat
faoliyatlarini sifat tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Vaqtning ko‘p
qismi
tezkorlik va chaqqonlikni, kamroq qismi esa – egiluvchanlikni va tezkor- kuch
sifatlarni rivojlantirishga sarflandi. Qolgan vaqtning 50-60% 10-12 yashar bolalar
uchun oddiy bo‘lgan harakat amallariga (xoreografik mashqlarga, akrobatikaga,
sakrashlarga, gimnastika asboblardagi mashqlarga) o‘rgatishga sarflandi.
O‘qishning birinchi yilida mashg‘ulotlarning
yillik sikli bosqichlarga
ajratilmadi. U ikkinchi yil uchun tayyorgarlik hisoblandi. Shunga qaramasdan, shu
yil davomida jismoniy tayyorgarlik normativlari bo‘yicha hamda akrobatika,
sakrashlar va gimnastika asboblardagi alohida mashqlar bo‘yicha musobaqalar
ko‘rinishidagi nazorat sinovlari ikki marta o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar uchun tanlangan mashqlar har tomonlama jismoniy
rivojlanishni va shartli reflektorli aloqalarning zahirasini to‘plashni ta’minlashi
kerak edi.
O‘qitishning ikkinchi yili mashg‘ulotlar yillik sikl bo‘yicha tuzilgan bo‘lib,
u, tayyorgarlik (8-9 oy), musobaqa (1 oy) va o‘tish (2oy) bosqichlariga ajratildi.
Tayyorgarlik bosqichida har bir mashg‘ulot vaqtining 40-50% umumiy va
maxsus tayyorgarlikka sarflandi. Bosqichning yakunida
jismoniy tayyorgarlik
normativlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqa bosqichida jismoniy
tayyorgarlik bo‘yicha ish xajmi 20-30 foizgacha kamaytirildi. Vaqtning ko‘p qismi
texnik tayyorgarlikka sarflandi. Nazorat sinovlari natijalarini hisobga olgan holda,
har bir o‘quvchi uchun individual tarzda, mazkur davrda yetarlicha rivojlanmagan
jismoniy sifatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vaqt aniqlandi.
O‘tish bosqichida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bo‘lishgan.
Vaqtning 50-60% umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka (uchdan ikki qismi
umumiy va uchdan bir qismi maxsus tayyorgarlikka), qolgan qismi esa, akrobatik
va gimnastika mashqlarni o‘zlashtirishga ajratildi. O‘quv yilining yakunida jismoniy
tayyorgarlik normativlari bo‘yicha nazorat sinovlari o‘tkazildi.
O‘qitishning uchinchi yili jismoniy va texnik tayyorgarlikning nisbati
bo‘yicha ikkinchi yildagi o‘qishdan farq qilmadi. Jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan
vaqt quyidagi tarzda sarflandi: kuch mashqlari – 30%, tezkor-kuch mashqlari – 30%,
egiluvchanlikka qaratilgan mashqlar – 20% va maxsus chidamlilikni
rivojlantiruvchi mashqlar – 20%. Bunda, o‘quvchilarning
individual morfologik
xususiyatlari hisobga olindi, trenirovkaning u yoki bu bosqichida ortda qolgan
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Tajriba tekshiruvining butun bosqichi davomida jismoniy tayyorgarlik
me’yorlari bo‘yicha 6 ta sinov va o‘quv dasturining mashqlari bo‘yicha 5 ta
musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar va sinovlar natijalarining nisbati har bir
o‘quvchining
jismoniy tayyorgarligi, uning texnik tayyorgarligiga qay darajada
ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini berdi. Harakat amallarini
o‘zlashtirilganligi bo‘yicha davomat va jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlari besh
ballik tizim bilan baholandi.
Agarda, birinchi yili harakat amallariga o‘rgatish natijalari bilan jismoniy
tayyorgarlik o‘rtasidagi aloqa kuchsiz ifodalangan bo‘lsa, o‘qitishning ikkinchi va
uchinchi yillarida u ancha aniq ifodalanadi.
A’lo va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ko‘pchilik o‘quvchilar
sport gimnastikasi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishganligi aniqlandi.
Harakat amallarining shakllanishi jarayonini harakat sifatlariga bog‘liqligi,
jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini ishlab chiqishga undadi.
Ularni yosh
gimnastikachilarni tayyorlash tizimida qo‘llanilishi harakat faolligini yaxshilashga
va jismoniy faoliyatini o‘qish yillari bo‘yicha yaxshilanishiga hamda jismoniy
tayyorgarlikni yosh gimnastikachilarning o‘qish yillari va tayyorgarligini alohida
bosqichlari bo‘yicha yaxshilanishiga yordamlashadi (1-jadval).
Yosh gimnastikachilar normativ talablarini o‘zlashtirishga tayyorgarligi
vaqtida, quyida bayon qilingan maxsus mashqlarni muntazam bajarishlari kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: