www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 89
e‘tibor berish kerak?
3. Gimnastik arqonga tortilib chiqish va tushish tartibini so‗zlab
bering.
4. Akrobatik mashqlarni o‗rgatishda qanday tartibga amal qilinadi?
5. „Kozyol― ustidan sakrashdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari
amalga oshiriladi?
Uyga vazifa:
Mashqlar bajarish
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 90
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING HUSNIXATLARINI
YAXSHILASHGA ERISHISHNING SAMARALI USULLARI
Surxondaryo viloyati Termiz shahar 8-maktabning boshlanģich sinf
òqituvchisi
Bekmatova Dilafruz Xolmatovna
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
husnixatlarini
yaxshilashga erishish, hamda ularni to`g`ri yozishga o`rgatishning turli qonun-qoidalari
haqida so`z yuritildi.
Kalit so„zlar:
Husnixat,
xattaxta, ―To‗g‗ri o‗tir‖ plakati, alifboning yozma shakli,
yozuv qurollari, rangli bo‗rlar, ruchka, yozuv daftari.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat
mashg‗ulotlari uchun zarur bo‗lgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga
o‗rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan
bir marta yozilgandan so‗ng uning ustida qayta yozishga yo‗l qo‗yilmagan, bu yozuv
qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo‗lgan. Bolalarga yuqoridagiga o‗xshash
ayrim yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatilgani bilan ularning ko‗zi bilan qog‗oz orasidagi
masofaning to‗g‗ri saqlanishiga e‘tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish
ham ta‘qiqlangan. Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
o‗quvchiIaming savodxonligini oshirishdir. O‗quvchilaming savodxonligini oshirishda
toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug‗ rus pedagogi K.D.Ushinskiy husnixat
darslariga alohida e‘tibor berib, ―dastlabki orfografik malakalar husnixat darslarida
tiklanadi‖, - degan edi.
Yozuvning gigiyenik talablari. Gigiyenik talablarga kо‘га maktab jihozi o‗quvchining
bo‗yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‗quvchining bo‗yiga to‗g‗ri kelmasligi umurtqa
pog‗onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‗ra olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlaming natijasiga kо‗га o‗quvchi bir - biridan bo‗yi-bo‗yicha 10 sm ko‗p
bo‗lmagan holda farqlansa, ulari bir xil o‗lchamdagi maktab jihoziga o‗tkazish
mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‗quv yilining boshida
uning bo‗yini o‗lchash va bo‗yiga mos maktab jihoziga o‗tqazish kerak. O‗quvchilari
Do'stlaringiz bilan baham: |