www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 5
Adabiyotlar
1.
Asqarov I. B. Qo‘ziyev Sh. S. Elektron ta‘lim resurslari bazasini yaratishda
texnologiyalashtirishning nazariy va metodik asoslari. Nam.DU ilmiy axborotnomasi,
Namangan 2019-yil 3-son, 324-328 betlar.
2.
Alimov A.A. Improving the Training the Future Teachers of Special Disciplines
in Uzbekistan Eastern European Scientific Journal.-Germany, 2016. №1. –P.113-
116. (13.00.00. №1)
3.
Abduraimov Sh.S. Kasb ta‘limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini taminlashda
tarmoqlararo integratsiyaning pedagogik mohiyatlarini takomillahstirish. Pedagogika
fanlari nomzodi dissertatsiyasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya
aftoreferati Toshkent 2017, 24-45 betlar.
4.
Роберт И.В. Концепция комплексной, многоуровневой и многопрофильной
подготовки кадров информатизации образования. - М.: ИИО РАО, 2005.
5.
ABDULKHAEV Z. E. Protection of Fergana City from Groundwater //Euro Afro
Studies International Journal. – 2021. – №. 6. – С. 70-81.
6.
Fayzimatov B. N., Xusanov Y. Y. PROBLEMS OF GLASS SURFACE
QUALITY FORMATION FOR MECHANICAL PROCESSING //Scientific-
technical journal. – 2018. – Т. 22. – №. 2. – С. 35-39.
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 6
ONA TILI FANIDA
GAP BO‘LAKLARINING NAZARIY ASOSLARI
Navoiy viloyati Nurota tumani, 52-umumiy o'rta ta'lim maktabi,
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Rajabova Sayyora Abdiraximovna,
Annotatsiya:
Ushbu maqola ona tili fanida mavjud bo‘lgan gap bo‘laklari
mavzusiga oid ma‘lumotlar batafsil bayon etilgan bo`lib, unda gap bo‘laklari
mavzusida ilmiy izlangan olimlarning fikr-mulohazalari, ko‘rsatgan natijalari
to`g`risida so`z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Tilshunoslik, sintagmatik, gap bo‘laklari, subyektiv, predikativ, dativ,
kommunikativ, genetiv.
Tilshunoslikda gap nutq birligidir. Shuning uchun, uning sintaktik tahlili nutq
lingvistikasi qonun – qoidalari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Nutq
lingvistikasi qonun-qoidalari esa endigina ilmiy asoslana boshladi. Shu sababli ular
orqali sintaktik tahlilda o‘z aksini topishi lozim bo‘lgan gapning struktur butunligini
tashkil etayotgan bevosita ishtirokchi elementlarning tildan nutqqa ko‘chirilishi va bu
jarayonda ularning qay tarzda sintaktik faollik olishi, sintagmatik zanjirning
voqelanishidagi ulushi masalalarini izohlab bo‘lmaydi.
Gap bo‘laklari nazariyasiga asoslanuvchi an‘anaviy sintaktik tahlilning zaif tomonlari
haqida ba‘zi tilshunoslar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishgan bo‘lishiga qaramay,
bu sohada hali keskin o‘zgarishlar sodir etilganicha yo‘q. Rus tilshunosi Z.D.Popova
mazkur masala bobida quyidagilarni yozadi: «Традиционное учение о членах
предложения содержало в себе такие противоречия, которые постоянно
побуждали синтаксистов к его пересмотру». Tilshunoslikda gap nutq birligidir.
Shuning uchun, uning sintaktik tahlili nutq lingvistikasi qonun – qoidalari bo‘yicha
amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |