Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

6. Ibtidoiy mifologiya
. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e‟tiqodlari majmuasi, 
ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og„zaki ijodda 
aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga 
sabab bo„lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning 
ma‟naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas 
bog„liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma‟naviy hayotida 
totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo„lsa, 
mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo„jizalar 
kuchiga ega bo„lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. “Madaniy 
qahramon”larning ismlari afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki 
yangilikda mujassam bo„lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklni 
o„rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni 
tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o„rin egallagan. 
Ya‟ni yer va osmon, quyosh va oy, o„simlik va hayvonot va nihoyat odamning 
yaratilishi to„g„risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta‟siri yaqqol 
namoyon bo„lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya‟ni o„z 
qiyofasini o„zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o„zida odam va hayvon 
shaklidagi monstr deb hisoblashardi. 
Ibtidoiy mifologiyada hayot va o„lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar 
orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-
qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini 
qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy 
jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga 
imkon yaratadi. 
7. Neolit davridagi diniy tasavvurlar.
Neolit revolyusiyasi odamlarning 
turmushini, ularning ta‟sir etadigan barcha sohalarni tubdan o„zgartirdi. Odam 
o„simliklarni o„stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o„rgandi. Va bu 
odamni o„troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo„lga o„rgatgan 
hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o„rgandi. Bu nafaqat go„sht, 
balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga 
yangi muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar 
saqlash uchun mo„ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni 
tayyorlashga o„rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu 
jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu 
farq davrga nom berdi Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar 
davri). 
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar 
zich va ko„pchilik guruhlar bilan o„rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi 
hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar 
o„rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta‟minlash, tug„ilish va bolalarni tirik qolishi 
va o„sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko„payishi yangi yerlarni 
o„zlashtirishga, hayot tarzini o„zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi 
imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish 
kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer fasllarining sikllarini bilish - 


15 
bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg„iru 
shamolga yangi qiziqishini paydo bo„lishiga sabab bo„ldi. Bu degani qudratli 
ruhlarga bog„liqlik sezilarli va ko„zga tashlanadigan bo„lib qoldi. Iltijo va 
qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to„g„risidagi 
tasavvurlar keskin o„zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig„inish ob‟ekti 
asta-sekin o„ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar 
tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan 
mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik 
tasavvurlar ham o„zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog„liq bo„lmagan 
holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar 
avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir 
sig„inilgan tangrida aks etishiga olib keldi. Aksar tangrilarning ko„rinishi hayvon, 
qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo„lar edi. Bu mifologik 
qahramonlarning yuqorida aytib o„tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan. 
Fetishizmning sokin xarakteri o„zgardi, tangrilarning qudratli butlari, 
mehroblar yoki cherkovlar yoniga o„rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. 
Ba‟zan butlar o„rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi 
foydalanildi. 
Fetishizmning 
rivojlanishida 
bu 
haykal 
va 
qurilmalar 
ibodatxonalarning ramzi bo„lib xizmat qildi. 
Afsun ham o„zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va 
omadli ov bilan ta‟minlash, ruhlar yordamida o„z maqsadiga yetishishning ibtidoiy 
usullari o„rniga yangi, puxta o„ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa 
diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida 
qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday 
yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo„lgan, hamda unga 
asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu 
istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari neolit 
davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. 
Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo„rqqan holda uning yaxshi niyat 
munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun qurbonlik) tabiat kuchlari 
ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida 
keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam 
keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu 
yerda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir 
shamanga munsub bo„lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o„laroq, folbinlik 
yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim 
shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini 
qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini 
anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur‟a tashlashdan to murakkab chiziq, 
yorug„ nuqta va chiziqlarni qo„shilishigacha bo„lar edi.
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar 
1.
Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz? 
2.
Dinning paydo bo„lishi haqida tadqiqotchilar qanday fikrlar bildirishgan? 
3.
Fetishizm dinning qanday ko„rinishi? 
4.
Animizm qanday e‟tiqodga asoslanadi? 


16 
5.
Shomonlik deganda nimani tushunasiz? 
Seminar uchun mavzular 
1.
Dinning paydo bo„lish masalasi. 
2.
Dining e‟tiqodlar va urf-odatlarning uyg„unlashuvi. 
3.
Ijtimoi hayot tarzining diniy e‟tiqodlar shakllanishiga ta‟siri. 
4.
Sehrgarlik faoliyati va ularning turlari. 
5.
Hayvonlarni muqaddaslashtirish e‟tiqodi. 
6.
Jonsiz narsalarga sig„inish shakllanishi. 
7.
Ruh haqidagi tasavvurlar. 
8.
Ibtidoiy dafn marosimlari. 
Adabiyotlar 
1.
Jo„raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998. 
2.
Men A. Istoriya religii. M., 1994. 
3.
Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M., 1973. 
4.
Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix 
uchebnix zavedeniy. pod obsh.red. I.N. Yablokova. M. 1995. 
5.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie 
religii. M., 1996. 
6.
Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M., 1996. 
7.
Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. 
Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997. 
8.
Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1997. 
9.
Krivelev I.A. Istoriya religii. M., 1989. 
10.Levi-Bryul. Pervobitnoe mishlenie. M., 1930. 
 
“Umrning butun ma‟nosi 
mavhumlikni to„xtovsiz zabt 
etish, 
tobora 
va 
hamisha 
ko„proq bilishga intilishdir”. 
E

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish