12.3. Tola tozalash bо‘yicha xorijiy tajribalar.
88-rasm. Paxtani jinlash,tola tozalash va toylashni texnologik uskunalarning
joylashuv ketma-ketligi
1.Taqsimlovchi shnek; 2. Jin taminlagichi; 3. Arrali jin; 4,6.Pnevmatik truba;
5.Pnevmatik tola tozalagich; 7.Aeromexanik tola tozalagich; 8.Tola uzatgich; 9.
Kondensor; 10. Tola eltuvchi quti; 11. Gidravlik shibbalagich; 12. Gidravlik press;
13.ssilindr; 14. Tola toyini toylash va о‘rashni avtomatik uskunasi.
156
Aeromexanik tola tozalagich paxtani ikki marta qayta tozalash imkonini
beruvchi maxsus tо‘sqich-yо‘naltirgich bilan taminlangan. Tola ifloslikka qarab ikki
yoki uch marta tozalanishi mumkin.
Tozalangan tola, tola uzatgich (8) orqali toylashssexining yuqori
maydonchasiga о‘rnatilgan kondensorga (9) beriladi.
Kondensor tolani havodan ajratib malum darajada zichlab qatlam holida tola
uzatuvchi novga (10) uzatadi. Tola uzatuvchi novda tolani namlash kо‘zda tutilgan
yani, kondensor va press uskunasi о‘rtasida tolani namlash jarayoni amalga
oshiriladi. Qizdirilgan nam havo qutini tag qismida joylashgan jalyuzali panjara
orqali tolaga beriladi. Nam havo tola orqali о‘tib novni tepa qismiga о‘rnatilgan havo
sо‘ruvchi uskuna orqali chiqib ketadi. Namlash tizimida issiqlik generatori va suv
purkagich kamerasidan foydalaniladi. Tola namligini 2÷3% oshirish mumkin
(89-rasm) .
89-rasm. MQP 400-2000 rusumli arrali tola tazalagich kо‘ndalang qirqimi
1.Tola beruvchi quvur; 2.Yо‘naltiruvchi tо‘sqich; 3.Katta tо‘rli baraban;
4.Tushiruvchi valiklar; 5.Zichlovchi valiklar; 6.Ta’minlovchi valik; 7.Ta’minlovchi
stolcha; 8,9.Kolosniklar; 10.Arralar yig‘indisi (silindr); 11-Ajratuvchi-chо‘tkali
baraban; 12.Chiqindi bunkeri; 13.Ifloslik chiquvchi buramali konveyer;
14.Mashinaning asosi; 15.Umumiy tola ketuvchi quvur.
157
Quti orqali tola gidravlik press qutisiga (12) tushadi. Tola oldin talab etilgan
toy massasi miqdorigacha shibbalanib, sо‘ngra prizma shaklida presslanadi,
bog‘lanadi, plenkali yoki notо‘qima material bilan о‘raladi, og‘irligi aniqlanib tayyor
mahsulot sifatida omborxonaga jо‘natiladi.
Barcha qayd etilgan texnologik jarayonlar avtomatik rejim va boshqaruvda
amalga oshiriladi.
“Sikstin D” tola tozalagichi. Tola tozalash uchun kondensor turidagi
ta’minlash stoliga ega tola tozalagich (90-rasm). Tola tozalagichda paxtani
boshlang‘ich iflosligiga qarab aylanib о‘tuvchi va ulovchi quvur kanallari tizimi
yordamida tolani tozalash rejasini о‘zgartirish mumkin.
“Sikstin D” tola tozalagich konstruksiyasi oldingi ishlab chiqarilgan “Lord
Star” modelidan uncha farq qilmaydi. Tola tozalash qismlari bir xil bо‘lib g‘adir-
budr valik (4), qisuvchi valik (5), ta’minlash stolchasi (6), arrachali baraban (7),
kolosnikli panjara (8) va ajratuvchi chо‘tkali baraban (9) dan iborat.
Ishlash tartibi. Paxta tolasi kirish tuynigi (1) orqali kondensor ichiga kiradi va tо‘rli
baraban (2) yuzasiga yopishadi, tashuvchi havo esa tо‘rli baraban chetidan ventilyator
yordamida chiqariladi. Baraban yuzasidagi tola ajratuvchi valiklar (3) yordamida
ajratiladi va g‘adir-budir valiklarga (4) uzatiladi. Valiklar (4) tolani zichlab qatlam
xolatiga keltirishadi va qisuvchi valik (5) va stolcha (6) yordamida bir tekis
arralissilindr tishlariga (7) uzatadi.
158
90-rasm. Kondensor tipidagi “Sikstin D” tola tozalagichning tashqi
kо‘rinishi va texnologik sxemasi
1.Kirish tuynigi; 2. Katta tо‘rli baraban; 3. Ajratuvchi valiklar; 4 G‘air-budur
valiklar; 5. Qisuvchi valik; 6. Ta’minlovchi stolcha; 7. Arrachali baraban;
8. Kolosniklar; 9. Ajratuvchi chо‘tkali baraban; 10. Tola eltuvchi; 11. Ifloslik
bunkeri; 12.Uskuna qobig‘i.
Baraban tishlaridagi ilashgan tola kolosnik (8) yuzasi bо‘ylab sudrab
о‘tkaziladi. Arralissilindrni markazdan qochma kuchi ta’sirida tola tushirilib
tozalanadi. Ajragan ifloslik kolosniklar orasidan ifloslik bunkeriga (11) tushadi va
vintli konveyer yordamida tozalagichdan chiqariladi. Tozalangan tolani ajratuvchi
chо‘tkali baraban (9) arra tishlaridan olib tola uzatuvchi tuynik (10) tomonga tashlab
beradi. Sо‘ngra umumiy tola eltuvchi quvuriga tushadi.
AQSH paxta tozalash korxonalarida bunday kondensor turdagi tola
tozalagichlarni ikkitasini qо‘shib parallel va ketma-ket ishlatish amalda doimiy
foydalaniladi. Tola tozalagichlarni xarakterli tomonlaridan biri-aylanib о‘tuvchi
kanallar mavjudligi tufayli moslashuvchan rostlash imkoniyatiga ega ekanligi.
Bunday moslanuvchan tizim barcha texnologik jarayonlarda mavjud bо‘lib,
qayta ishlanayotgan paxtani boshlang‘ich kо‘rsatkichlariga qarab u yoki bu
mashinani aylanib о‘tish imkoniyatini beradi.
159
91-rasm. Kondensor turidagi biriktirilgan ikki “Sikstin D” tola tozalagichning
texnologik chizmasi
1.Tola tozalagich “Sikstin D”; 2.Tо‘sqich – yо‘naltirgich; 3.Aylanib о‘tuvchi quvur
kanali; 4.Umumiy havo о‘tkazuvchi; 5. Tola eltuvchi.
Tola tozalashni mavjud tizimiga birinchi bosqich etib pnevmatik tola
tozalagich kiritilgan (91-rasm). Tozalash samaradorligi yuqori bо‘lmasada (5-10 %)
tolani titilganligi (tola va eltuvchi havo aralashmasi) aerodinamik tozalagichdan
keyin yuqori bо‘lganligi sababli keyingi aerodinamik usulda tozalanadigan tola
tozalagichlarda yaxshi sharoit yaratiladi.
Ishlash tartibi. Tola - havo oqimi xarakatini о‘zgarishiga asoslangan bо‘lib,
quvur qayrilishida inersiya kuchi ta’sirida tozalanadi.
Lekin, bunday tola tozalash kompleksining tozalash samaradorligi 50% dan
oshmasligi tо‘g‘risida axborot mavjud.
Ta’kidlash kerakki, ingichka tolali paxta navlarini tozalash tizimi (firma
“Kontinental Igl”) tо‘rt marta tozalash imkoniyatiga ega bо‘lib 1 va 2- bosqichlarda
qoziqchali barabanlar (“Impakt”) va 2- va 4- aerodinamik tola tozalagichlarda
tozalanadi. Tola tozalagich “Impakt” quyi qatorda joylashgan oltita tishli diskli
160
barabanlardan va ularni yuqori qismida joylashgan ettita qoziqchali barabanlardan
tashkil topgan.
“Lyummus” firmasi mashinasozlik korxonalari tomonidan taklif etilgan
ta’minlash stoli bilan jihozlangan tola tozalagichlar, о‘zini konstruksiyasi tuzilishi
bо‘yicha “Sikstin D” tola tozalagichiga о‘xshab ketadi. Faqat arrachali baraban
о‘rniga tozalash seksiyasiga uruvchi baraban о‘rnatilgan. Ta’minlovchi stolcha ishchi
zonada nisbatan kо‘proq aylana shaklida bо‘ladi. Tozalangan tola batareya
kondensoriga uzatiladi va nov orqali toylashga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |