54
2.2 - rasm. 4216.3708 - 02 markadagi starterni detallari - vaz 2107
1 - starterni oldingi qopqog‟i; 2 - uplotnitel; 3 - erkin aylanish muftasi va shestnrnali
uzatish; 4 - richak ; 5 - to‟siq; 6 - torti shpilkasi; 7 - shtok; 8 - starterni tortish relesi;
9 - sozlash shaybasi; 10 - yakor valini qopqog‟i; 11 - qotirish halqa; 12 - starterni
orqa qopqog‟i; 13 - shetka ushlagich; 14 - starterni qobig‟i; 15 - starterni yakori; 16 -
yuritmani o‟qi; 17 - to‟htatadigan halqa ; 18 - zichlovchi halqa; 19 - shesternya
aylanishini cheklovchi halqa.
2.3 - rasm. 5722.3708 markadaga starter detallari - vaz 2107
1 -
orqa qopqoqni qotirish gaykasi; 2 - starterni orqa qopqog‟i; 3 - cho‟ka uzelini
qotiruvchi vint; 4 - prujina; 5 - cho‟tka ushlovchi qism; 6 - stator (magnitali); 7 -
yakor; 8 - tayanch shayba; 9 - val yakorni tayanchi; 10
- reduktorni markaziy
shesternyasi; 11 - reduktorni planetarshesternyasi (satellitli); 12 - uzatish vali; 13 -
ichki tishli reduktorni tashqi shesternyasi; 14 - zichlagich halqasi; 15 - uzatish valini
tayanchi; 16 - tayanch shayba; 17 - uzatuvchi valni himoya halqasi; 18 – uzatuvchi
mufta richagini himoya halqasi; 19 - shayba; 20 - uzatuvchi richak muftasi; 21 -
uzatuvchi
richak tayanchi; 22 - uzatish richagi; 23 - uzatkich; 24 - uzatkichni
aylanishini cheklovchi halqa; 25 - cheklovchi halqani zichlovchi; 26 - starterni
tortish relesi; 27 - tortish
relisini qotirish vinti; 28 - qaytaruvchi prujina; 29 -
uyg‟otuvchi (serdechnik); 30 - orqa qopqoq.
55
2.4-rasm. 4216.3708-02 markadagi starterni elektr ulanish sxemasi - vaz 2107
1 - generator; 2 - akkumulyator batareyasi; 3 - starter; 4 - starterni qo‟shish relesi; 5 -
qotirish bloki (montaj blok); 6 - yondirish qulifi (zamok zajiganiya)
Oddiy starter ikkita elektromagnit yakor, yakor chulg‟ami, kollektor, cho‟tka
va plunjerlidan tuzilgan. Agar tok yakorning yuqori qismidagi o‟tkazgichlardan
rasmda ko‟rsatilgandek yo‟nalishda yuborilsa (o‟tkazgichlar rasmda krestlar bilan
ifodalangan), unda o‟tkazgichlarni magnit kuch chiziqlari chap tomonga itaradi.
Yakorning o‟ng tomonida magnitning magnit kuch chiziqlari o‟tkazgichlar atrofida
hosil bo‟ladigan magnit kuch chiziqlari bilan bir xil yo‟nalishda bo‟ladi. Natijada
magnit maydoni yig‟indisi hosil bo‟ladi. Yakorning chap tomonida o‟tkazgichlar va
elektromagnitning magnit kuch chiziqlari qarama-qarshi tomonga yo‟nalganligi
uchun u zaryadsizlangan magnit maydonini hosil qiladi. Magnit maydoni yig‟indisi
hosil bo‟lishi natijasida yo‟nalishi chap qo‟l qoidasi bo‟yicha
aniqlanadigan
itaruvchi kuch paydo bo‟ladi. O‟tkazgichlarning itarishi yakorning aylanma
xarakatiga aylanadi.
Agar yarokning pastki qismidagi o‟tkazgichdan rasmdagi yo‟nalish bo‟yicha
(bu o‟tkazgichlar nuqtalar bilan ko‟rsatilgan) tok o‟tkazilsa, unda bu o‟tkazgichlar
yarokdan o‟ng tomonga itariladi.
Tok yo‟nalishi o‟zgartiril maganda yakorь
180
ga burilgach to‟xtaydi, chunki uning yuqorigi va pastki qismlaridagi
o‟tkazgichlar bir tomonga itariladi. Yakor aylanib ketishi uchun o‟tkazgichlardagi
tok yo‟nalishini o‟zgartirish kerak. Bu kollektor yordamida bajariladi. O‟tkazgich
uchlari kollektor plastinkalariga ulangan bo‟lib, yakor chulg‟amini hosil qiladi. Agar
plastinkalardan biri manfiy cho‟tka ostida bo‟lsa, unda plastina musbat cho‟tka
ostiga kelib qoladi. Natijada yakor aylanishi uchun zarur bo‟lgan o‟tkazgichlardagi
tok yo‟nalishi o‟zgaradi.
2.5-chizma. Starterni ulash sxema.
56
A - tortish sim cho‟lg‟ami; B - ushlab turuvchi sim cho‟lg‟ami; 1 - starter; 2 -
akkumulyator batareyasi; 3 - generator; 4
- rele-rostlagich blokgi; 5 - quluf; 6 -
starterni ulash relesi.
Barcha o‟zgarmas tok generatorlari qaytaruvchanlik, ya‟ni ular o‟zgarmas tok
elektr dvigatellariga aylanish xususiyatiga ega ekanligini ta‟qidlab o‟tish lozim.
Biroq statyor tok miqdoriga bog‟liq bo‟lgan katta aylanuvchi momentga ega bo‟lishi
kerak. Zamonaviy startyorlar dvigatelni ishga tushirish vaqtida 200-800 A tok
iste‟mol qiladi va bunda yakor chulg‟ami shunday tokni o‟tkaza olishga
mo‟ljallangan bo‟lishi kerak. SHuning uchun starter yakori chulg‟ami o‟ramlarining
ko‟ndalang kesimi generator yakori chulg‟ami o‟ramlarining ko‟ndalang kesimiga
nisbatan ancha katta bo‟lishi lozim.
Zamonaviy starterlar uchta agregat: o‟zgarmas tok elektr dvigateli, boshqarish
mexanizmi va yuritish mexanizmidan iborat. Ishlash usuliga qarab ular bevosita
boshqariladigan starter va masofadan boshqariladigan startyorga ajratiladi. Bevosita
boshqariladigan starterlarda haydovchi ulash richagini qo‟l yoki oyoq (ba‟zi
tiplarida) bilan bosadi. Agar starter va akkumulyator haydovchi yaqiniga joylashgan
bo‟lsa, bunday boshqarish qulay. Aks holda, tortqi
va boshqarish mexanizmi
sharnirlari yeyilishi natijasida ishonchsiz ulanadi. Masofadan boshqariladigan
starterlar keng tarqalgan. Haydovchi startyorni yo o‟t oldirish kalitini burab yoki
uchirgich knopkasini bosib ishga tushiradi. Starter elektromagnitaviy ishga tushirish
relesi orqali ulanadi. Masofadan boshqarishda dvigatel ishlab turganda startyorni
ulash mumkin emas.
Yuritish mexanizmining ishlash usuliga qarab starterlar mexanikaviy
ulanadigan va elektromagnitaviy ulanadigan starterlarga bo‟linadi. Mexanikaviy
ulanadigan starterda uning shesternyasi dvigatel shesternyasi bilan (maxovik
gardishi orqali) ulash richagi (bir vaqtda zanjirga startyorni ulaydigan)
yordamida
tishlashtiriladi. Elektromagnitaviy ulanadigan starterda shesternya starterga
o‟rnatilgan elektromagnit tortish relesi ta‟sirida tishlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: