108
tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy tarraqqiyotning etakchi yo’nalishlarini belgilash,
iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida
tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga
chiqarishi kerak»
49
.
«Ijtimoiy siyosat jamiyatdagi tengsizlikni haddan tashqari oshib ketishiga yo’l
qo’ymasligi kerak. Ijtimoiy siyosat daromadlarni tartiblash
va ijtimoiy yordam
uyushtirish orqali jamiyatdagi ijtimoiy uyg’unlikni, ya’ni turli guruhlarning
hamjihatligini ta’minlaydi. Bu bilan ijtimoiy nizolarning oldi olinadi,
ijtimoiy
tinchlik-xotirjamlik esa iqtisodiy o’sish uchun sharoit hozirlaydi
»
50
.
Adolat
tamoyillariga asoslangan holda, ijtimoiy siyosat jamiyatdagi
turli sohalar va
munosabatlar o’rtasidagi tenglikni ta’minlaydi.
Davlatning daromadlar siyosati ijtimoiy siyosatining muhim bo’g’ini bo’lib,
mazmunan daromadlarning taqsimlanishini tartiblashga qaratilgan siyosatdir. Bu
siyosatda byudjet transfertlari kabi vositalar qo’llaniladi. Daromadlar siyosati
qariyalarni pensiya bilan ta’minlashni ham ko’zlaydi. Shu o’rinda ikki xil pensiya
tizimi ishlaydi.
Birinchisi, “avlodlar birdamligi” tizimi bo’lib, bunga ko’ra
ishlayotgan fuqarolar daromadining bir qismi olinib, qariyalarga davlat pensiyasi
sifatida beriladi.
Ikkinchisi, jamg’arilgan pensiya tizimi bo’lib, har bir fuqaro
ishlayotgan paytidagi daromadining bir qismini jamg’armasiga o’tkazish orqali
pensiya pulini o’zi to’plab boradi.
Pensiya jamg’armasidagi fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
majburiy va ixtiyoriy jamg’arma badallari ularni davlatning
moliyaviy ishtiroki
asosida shakllanuvchi, muayyan jamg’arma tashkil etgan aholi toifalariga
to’lovlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun mo’ljallangan
mustaqil
pul jamg’armalari sifatida ta’riflash imkonini beradi. Pensiya ta’minoti tizimining
ob’ektlari – davlat va nodavlat pensiya ta’minoti idoralari, pensiya jamg’armalari,
pochta bo’limlari, bank muassasalari, ish beruvchilar va pensionerlar (nogironlar,
boquvchisini yo’qotgan oilalar). Davlat pensiya tizimining sub’ektlari – davlat, ish
49
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. Asarlar to’plami. 3-jild. –T.: 1996. –
B.178.
50
O’lmasov A. Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Sharq. 2006. –B.477.
109
beruvchilar va pensionerlar (nogironlar, boquvchisini yo’qotgan oilalar),
ish bilan
band faol aholi, pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlarni amalga oshiradigan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar. Mazkur sub’ektlar o’rtasida
eng asosiy masala -
aholining moddiy ne’matlar yaratayotgan qismi bilan jamiyatning mehnatga
layoqatli
bo’lmagan
a’zolari
o’rtasidagi
iqtisodiy
manfaatlarni
mutanosiblashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: